N

N — oʻzbek kirill alifbosining oʻn beshinchi harfi; til oldi, burun, sonor, portlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. Soʻz boshi (nay, novda, non), oʻrtasi (anor, gʻuncha, qanot) va oxiri (bogʻbon, oʻtin, tugun) da kela oladi. N tovushi ayrim soʻzlarda, soʻz birikmalari orasida b tovushi oldidan talaffuz qilinganda, m tovushiga aylanadi (tanba > tamba, manba > mamba, sunbula > sumbula, oʻn besh > oʻm besh), lekin bu hodisa imloda aks etmaydi. N tovushi sof oʻzbekcha soʻzlarda soʻz boshida uchramaydi. N harfi g harfi bilan birga, n+g tarzida til orqa, burun, portlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi; bu tovush soʻz oʻrtasi (singil, dengiz, tingla) va oxiri (ong, teng, doʻng) dagina keladi.

N harfi Avesto, Oʻrxun-Yenisey, soʻgʻd, turkiy (uygʻur) yozuvlarida, shuningdek, arab va lotin alifbolari asosidagi oʻzbek yozuvida oʻziga xos koʻrinishlarga ega.


Lotin alifbosida maqola: N haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



L
D
ALISHER NAVOIY
K
Rayhon - Sunbula


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты