NAVARRA

NAVARRA — oʻrta asrlarda Pirenei ya. o. da poytaxti Pamplona boʻlgan qirollik (905—1512). Ilk tarixi kam oʻrganilgan. 9-a. oʻrtalarida Navarra grafligi arablar va franklar oʻrtasidagi kurash natijasida mustaqillikka erishgan. Navarraning 1-qiroli Sancho Garsiya (905 — 925-y. lar hukmronlik qilgan) boʻlgan. Sancho III Buyuk davrida (1000—1035) Navarra oʻz hududiga Leon, Kastiliya, Aragon, shuningdek, Ispaniya va Fransiyadagi basklar yerlarini qoʻshib olgan. Sancho III ning vorislari davrida Navarra oʻzining avvalgi hududining deyarli hammasidan ajralgan. 1076—1134-y. larda N. Aragonga tobe boʻlgan. 1234—84 va 1328—1512 ylarda Navarra dagi qirollik taxtini fransuz graflari, 1285—1328-y. larda fransuz qirollari egallashgan. Navarra iqgisodiy qoloq davlat hisoblangan. 1512-y. N. ni Ferdinand Aragonskiy bosib olgan, natijada N. Ispaniyaga qoʻshib yuborilgan. Quyi Navarra esa 1589-y. gacha rasman mustaqil qirollik boʻlgan, shundan soʻng (N. qiroli Genrix Navarrskiy Fransiya taxtiga Genrix IV nomi bilan chiqqach) Fransiya tarkibiga qoʻshilgan.


Lotin alifbosida maqola: NAVARRA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
ISPANIYA
XITOY
BUYUK BRITANIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты