MUQARNAS

MUQARNAS (arab.) — meʼmoriy bezak turi; ravokli kosa (uya)chalarning ustma-ust joylashishidan xrsil boʻladigan murakkab shakl. Meʼmorlikda asosi 4,6,8 burchak boʻlgan mexrob, taxmon, tokcha va b. ning tepa qismini gumbaz, yarim gumbaz koʻrinishiga keltirishda, binolar devori bilan shifti oraligʻi, ustunlar boshasch va b. ni bezatishda keng qoʻllaniladi. Dastlab sodda shaklga ega boʻlgan, keyinroq murakkab koʻrinishga kirgan hamda bezak maqsadlarida ishlatila boshlangan. Muqarnas ishlanadigan joyiga qarab har xil murakkablikda boʻladi. Egri sirtga ega boʻlgan ravoqchalarning uchlari oldinga chiqarilib, yuqori qator uchun tayanch xrsil qilinadi. Tarvda bu ravoqchalar koʻpincha teng tomonli uchburchakni beradi, 2 va undan ortiq ravoqchalar turli burchaklar ostida oʻzaro birikib kosachalar hosil qiladi. Muqarnasning pastdan koʻrinishi va chizmasi girihga oʻxshaganligidan uni hajmi girih (girihning choʻzilgani) deb ham ataladi. Girih qatiy qonunga asoslanganligi uchun taqsim asosini tashkil etgan yulduzlar va b. handasiy shakllarni naqqosh oʻz ixtiyori bilan oʻzgartira olmaydi; mujassamotni teng boʻlaklarga boʻlib, shundan bir boʻlagiga takrorla-nuvchi nusxa (taqsim) chizadi. Keng maʼ-noda Muqarnas shakli jihatidan bir necha koʻrinishga ega: sharafa, Muqarnas (tor maʼnodagi), kalla M. va iroqi M. Sharafa ravokli kosachalar qatorlari gorizontal yoʻnalish boʻyicha takrorlanishidan hosil boʻladi. Tor maʼnodagi Muqarnasning oʻzi ikki koʻrinishga ega: ravokli kosachalar qatorlari vertikal oʻq atrofida ichkariga qaratib 180° (peshtoq, tokcha va b. da) va 360° (gumbazda) aylantirilishi natijasida hosil qilinadi. Sharafalar qatorlari bilan gumbaz va yarim gumbaz qatorlari oʻrtasida farq bor, yaʼni sharafada kosachalar qatori oʻzgarmaydi, gumbaz va yarim gumbaz qatorlarida kosachalar oʻlchamlari oʻzgarmagan holda kosachalar soni pastdan yuqoriga tomon kamayib boradi. Kosachalar qatorlari tashqi tomonga qaratib vertikal oʻq atrofida 360° aylantirilishi natijasida kalla Muqarnas (bosha) hosil qilinadi. Muqarnasning eng murakkab turi — iroqi Muqarnas ; M. ning boshqa turlarida ravokli kosachalar tomonlari vertikal (tik) tarzda shakllansa, iroqi Muqarnasda qiya boʻlgan holda shakllanadi. Iroqi Muqarnas nisbatan keyinroq 16—17-a. larda tarqalgan.

Oʻzbekiston hududida Muqarnas ilk bor Tim qishlogʻidagi Arab ota maqbarasi (997-y.)da qoʻllanilgan. Gʻiyosiddin Koshiy «Muftahul qisob» asari (15-a.) da Muqarnasni aniq va ravshan taʼriflagan; uning soʻzicha, Muqarnas «uya(kosacha)lar pogʻona (qator) laridan tashkil topgan yopmadir…, u adlaʼ (yaʼni qirra)lardan hosil boʻladi…». Bu bilan Koshiy Muqarnasning ikki asosiy alomati — qirra (ravoqcha)lar va pogʻona (qator)larini koʻrsatib bergan. Muqarnas temuriylar davri meʼmorligida keng qoʻllanilgan. Buxorodagi Mir Arab, Abdulazizxon, Samarqanddagi Ulugʻbek madrasalarida, Amir Temur maqbarasi, Shohizinda ansambli va b. da Muqarnasning ajoyib namunalari yaratilgan.

Muqarnas zamonaviy binolar meʼmorligida ham qoʻllanadi. Mas, Toshkent kuranti, Navoiy meampu va b. binolarda Muqarnasdan foydalanilgan. Toshkentdagi Xotira maydonidagi kalla Muqarnas, Alisher Navoiy, Shahidlar xotirasi xiyo-bonlaridagi gumbazlar ostidagi sharafalar, Samarqanddagi Imom Buxoriy meʼmoriy majmui va b. koʻp binolarda Muqarnas anʼanalari davom ettirilmoqda.

Xayrulla Poʻlatov, Shuhrat Reyembayev.


Lotin alifbosida maqola: MUQARNAS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
TOSHKENT
XALQ IJODI
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты