MUQOVASOZLIK

MUQOVASOZLIK, muqovachilik, sahhoflik — kitob, jurnal va b. ni muqovalash kasbi; matbaa jarayonlaridan biri. Muqovalash kitob blokini ishlash (juzlangan daftarlarni tikish, yelimlash, presslash, uch tomonidan tekislab kesish), muqova gʻilofini tayyorlash (gʻilofni yigʻish, ungatasvir va matnni tushirish) va muqovani kitob bloki bilan biriktirish kabi jarayonlardan iborat. Bu jarayonlar potok liniyalarda mashinalar yordamida amalga oshiriladi.

Muqovasozlik qad. soha boʻlib uning yuzaga kelishi yozuv va qogʻozning ixtiro qilinishi bilan bogʻliq. Oʻrta Sharqda oʻrama qoʻlyozmalar oʻrnini kodeks (yaʼni alo-hida juzlangan va muqovalangan) qoʻlyozmalar egallashi b-n bogʻliq xrlda rivojlangan. Islom dinigacha boʻlgan tarixiy manbalarga koʻra muqovaga qimmatbaho xom ashyolar (charm, parcha, shoyi, javohirlar) ishlatilgan. Oʻrta Osiyo uchun namuna vazifasini oʻtagan muqovali arab kitoblari (7— 11-a. lar) qatʼiy koʻrinishga ega boʻlib, bosma usulida oddiy xandasiy naqshlar b-n bezatilgan. Sharada eng qimmatli qoʻlyozma kitoblarga qoʻshimcha qopqoqli charm muqova ham ishlangan. Gʻarb qoʻlyozma kitoblariga esa alohida qulf vazifasini oʻtovchi ilgak-bezak sifatida yaratilgan. Ayrim muqovalarda kitobni, yozuvni ulugʻlovchi sheʼriy parchalar zarb etilgan. 16-a. da Vizantiya muqovalari Sharq va Gʻarbda umumiy boʻlgan turunj (medalyon) mujassamotli muqova uchun namuna vazifasini oʻtagan. Moʻgʻullar istilosidan keyin Temuriylar hukmronligi davrida Muqovasozlik rivojlandi, muqovani bezash usuli yanada takomillashdi, 15—16-a. larda yuksak darajaga koʻtarildi: turunjli mujassamotlar nafis naqsh bezagi, oʻyma guli hamda boʻyoqlarining uygʻunligi bilan boyitildi; boʻyama oʻsimliksimon naqshli muqovalar yuzaga keldi, ular yorqin boʻyoqlarda ishlanib, lok bilan jilo berildi. Bu koʻrinishdagi muqova barcha tarixiy, badiiy adabiyotlar muqovalarida oʻz ifodasini topgan. 15—16-a. larda jidd naqshlari ustiga oltinkumush yugurtirilgan. Bu davrda yaratilgan ajoyib charm muqovalar (jumladan, Alisher Navoiy devon va dostonlari qoʻlyozmalariga ishlangan charm muqovalar) Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida mavjud.

18—19-a. lar Oʻrta Osiyo M. ida qoʻlyozmalar muqovasi ikki qalin karton qopqoq hamda tekis tubdan (baʼzan quyi qopqoqqa biriktirilgan va qoʻlyozmani tashqi taʼsirdan saqlovchi qoʻshimcha qopqoqsan) tuzilgan. Muqovaning gʻilofini tayyorlashda turli (qoʻy, echki, ot, eshak va b.) teri qoplamalardan foydalanilgan, ular rangdorligi bilan ajralib turgan. 17-a., ayniqsa, 18-a. da Buxoro, Qoʻqon xonligida Muqovasozlikda aralash muqo-valar (charmdan qopqoqning yon tomonlarini birlashtiruvchi adip sifatida foydalanilgan), Xiva xonligida qora rangli sipo charm muqovalar, shuningdek yarim charm muqovalar ham keng ishlatilgan. Bu soxada ijod etgan koʻplab sahhoflar nomi saqlanib qolgan. Muqova qoplamasi uchun sirti loklangan oʻsimliksimon naqshli papyemashe (magʻzi soxta), guldor mato, ayrim hollardagina yogʻoch (chinor), quyma kumushdan (moʻtabar kitoblar, mas, Qurʼ-onda) foydalanilgan. Muqovaga kitob nomi yozilmagan, ularga naqshli bezak (vertikal oʻq boʻylab joylashtirilgan turunjlarning turlicha mujassamoti) va sodda aylanma chiziqli hoshiyalar ifodalilik baxsh etgan. Muqovalardagi «lola» naqsh orasiga usta nomi va yaratilish tarixi bitilgan. Rasmlar bosma usulida bajarilgan yoki tasvir yaratilib ustidan lok yuritilgan. Buxoroda zardoʻzlik bilan bezatilgan muqovalar ham uchraydi. 19a. oxiri —20-a. boshlarida qoʻqonlik muqovasozlarning ishlari mashhur boʻlgan: ustalar misdan oʻziga xos bezakli maxsus shaklli «muhr» qoliplar tayyorlagan; muqo-va qopqogʻi va muqovaning ichki tomoni ham shu qoliplarda bezatilgan, qopqoq sirti muqova qopqogʻining bezak shakliga moslab tuzilgan. Forzasning jimjimador «buta», oʻsimliksimon va handasiy naqshlari «abrbandi» usulida bezatilib, baʼzan forzaslar bezagida muqova bezagidagi hoshiyalar takrorlangan.

Muqovasozlik ishi 1930 – y. largacha hunarmandlik usulida davom etgan. Shu usulda tayyorlangan Navoiy asarlari va b. qoʻlyozma kitoblar hozirgacha saqlangan. Kitobat sanʼatinp qayta tiklashga boʻlgan urinishlar samarali yakunlandi: 70—80-y. larda qoʻlyozma kitob yaratish anʼanasi, shu jumladan, muqova, muqova bezagi, anʼanaviy Muqovasozlik ham qayta tiklandi.

Abdumajid Madraimov.


Lotin alifbosida maqola: MUQOVASOZLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ISLOM
YOZUV
TOSHKENT
KITOB
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты