NAZARIYA — bilimning biror sohasiga oid asosiy gʻoyalar tizimi; voqelik qonuniyatlari va undagi muhim aloqalar haqida bir butun tasavvur beradigan bilim shakli. Nazariya borliqning muayyan sohasiga oid boʻlgan tajribalardan umumlashtirilgan maʼlumotlar asosida kelib chiqadi. Ilmiy bilishda Nazariyaning asosiy vazifasi tajribalar bergan dalillarni izohlash, shu bilan birga, narsa va hodisalarning mohiyatiga chuqurroq kirib borish, yuzaga keladigan yangi narsa va hodisalarni oldindan koʻra olishdan iborat. Har qanday Nazariya ilmiy bilishning natijasi sifatidagi bilish shakli boʻlsada, lekin uni tugallangan, oʻzgarmas, mutlaq bilim deb qaramaslik kerak. Nazariya bilish jarayonidabiz toʻplagan bilimlarning natijasigina emas, balki yangi bilimlar hosil qilish yoʻlidagi boshlangʻich asosdir. Nazariya hamma vaqt amaliyot bilan uzviy boglik boʻladi va shundagina u harakat va rivojlanishning quroliga aylanadi. Nazariyaning boshlangʻich shakli gipotezalmr. Amaliyotda gipotezaning toʻgʻri, haqiqat ekanligi isbotlansa, shu asosda yangi Nazariya yuzaga kelishi mumkin. Ilmiy bilish jarayonida kishilarning ilmiy Nazariyalar bilan qurollanganligi unga ilmiy oldindan koʻrish — ilmiy bashorat qilish imkoniyatini beradi. Bu esa, oʻz navbatida, yangi qonuniyat va yangi Nazariya larning shakllanishiga olib keladi.