NAYMAN

NAYMAN, naymanlar — oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz, noʻgʻoy va oltoy xalqlari tarkibiga kirgan kabila uyushmasi. Rus etnografi A. D. Grebenkinning 19-a. 70-y. larida bergan maʼlumotiga koʻra, oʻzbek Nayman Zarafshon vodiysi (63 ta qishlogʻida), Fargʻona vodiysi, Xorazm vohasi, Qoraqalpogʻiston, Qashqadaryo va Surxondaryoning Termiz tumanida koʻngʻirotlar bilan birga yashab kelishgan. Keyinchalik dastlab Afgʻonistonning Balx viloyatiga, soʻngra Zarafshon vodiysiga koʻchib ketishgan.

Oʻzbek Nayman lari 19-a. oxirida 3 ta yirik uruqqa boʻlingan: qoʻshtamgʻali, sadirbegi, uvaxtamgʻali. Bulardan tash-qari, Naymanda bir qancha urugʻ boʻlimlari ham mavjud boʻlgan: agran, ayronchi, badir, biya, bogʻanali, boltali, bukalay, burunsov, jagalboyli, jostovon, jilonli (ilonli), jumaloq bosh, olti ota, olti oʻgʻil, oq tunli, segiz uruv (sakkiz urugʻ), sarinayman, turtul (toʻrt oʻgʻil), toʻrttamgʻali, urguch, ukrash, changali, choʻmichli, gʻozoyoqli, qoragadoy, qorasirak, qargʻali, qiltamgʻali, kultamgʻali va b. Narpay tumanidagi Nayman: poʻlatchi, ulus, zarman, kichkildik, osnayman. Achchili nayman, kattaki, nayman, toʻrgʻoq nayman, uyshun naymanlarga qam boʻlingan.

Oʻzbek Nayman avlodlarini boshqa qavmlar tarkibidan ham uchratish mumkin. Mac, oʻzbek-saroylarining eng yirik toʻrt urugʻidan biri naymansaroy deb nomlangan. Shuningdek, qipchoqsaroyda chorkusa nayman, qoʻshtamgʻali saroy va qoʻngʻirot saroyda ham Nayman tarmogʻi bor. Hattoki oʻzbek kenagaslari va juzlari tarkibida ham Nayman shoxobchasi uchraydi. Bu holat oʻzbek qavmlarining etnoge-nezi mushtarakligidan, oʻzaro etnogenetik va etnomadaniy aloqalardan dalolat beradi.

N. Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Boshqirdiston, Tatariston va Moʻgʻuliston hududlarida ham yashaganlar.

Nayman larning kelib chiqishi munozarali. Bir guruh olimlar (I. N. Berezin, V. V. Bartold, B. Ya. Vladimirsov va b.) N. ning etnogenezini moʻgʻullar bilan bogʻlaydilar. Ular «nayman» soʻzining etimologiyasini (moʻgʻulcha «sakkiz», «sakkiz qabila») oʻz fikrlariga dalil qilib koʻrsatadilar. Ikkinchi bir guruh esa (N. A. Aristov, X. Xovorst, S. A. Amanjolov va b.) esa Naymanni turk deb hisoblaydilar. Qad. Sharq qoʻlyozmalarida hamda Urxun yozuvlarida «sakkiz oʻgʻuz» qabilasi ittifoqi tilga olinadi. Ular yashagan yerlarni 10-a. oʻrtalarida kidanlar ishgʻol etganlar. Sakkiz oʻgʻuzlar kidanlar tomonidan tobe etiladi, kidanlar ularni Nayman deb atay boshlaganlar. Demak, Nayman aslida turkiy xalqlardan boʻlganlar. Nayman 8-a. oʻrtalarida Baykal koʻlining jan. da yashaganlar. 9-a. oʻrtalarida ular Urxun daryosining yuqori qismidan to Tarim va Qora Irtishgacha boʻlgan yerlarni egallaydilar. Keyinchalik Nayman egallab turgan yerlarning chegarasi Xonboy va Oltoy togʻlarigacha yetgan. Ular sharqsa, kerayitlar, shim. da qirgʻizlar, gʻarbda qangʻlilar, jan. da esa uygʻurlar bilan chegaradosh boʻlganlar. 12-a. ning oʻrtalarida Nayman kuchayib, Markaziy Osiyoda oʻz hukmronliklarini oʻrnatdilar. Nayman davlati 13-a. boshigacha, yaʼni moʻgʻullar istilosiga qadar mavjud boʻlgan. Nayman larning oxirgi xoni — Tayanxonning poytaxti Jarshiznaur degan (Qoraqurumga yaqin) joyda joylashgan.

1204-y. da Naymanning katta bir qismi moʻgʻullarga tobe boʻladi. Moʻgʻullarga itoat etmagan Nayman esa Balxash koʻlining gʻarbidagi choʻllarda, jan. da Olakoʻl boʻylarigacha boʻlgan yerlarda, Sirdaryo boʻylarida, Ulugʻtogʻ hamda Ishim daryosi boʻylarida yashaganlar. Sirdaryo boʻylaridagi Naymanning katta qismi keyinchalik Xorazmga va Movarounnahrga koʻchib kelib oʻrnashganlar. Ular asta-sekin oʻtroqlashib, yerlik xalqlarga aralashib ketganlar.

Qozogʻiston choʻllarida koʻchib yurgan Naymanning bir qismi Shayboniyxoniing Movarounnahrga qilgan yurishlarida faol qatnashgan. 15-a. ning oxiri — 16-a. ning boshlarida ular hoz. Oʻzbekiston hududlariga koʻchib oʻrnashgan. Naymanning Dashti Qipchoqda qolgan kismi esa qozoq, qoraqalpoq va noʻgʻoylar tarkibiga kirgan. Naymanning deyarli koʻpchiligi 13-a. boshlarigacha xristian dinida boʻlgan. Ularning bir qismi esa qora kidanlar taʼsirida budda dinini ham qabul qilganlar. Ammo Nayman eʼtiqodida ibtidoiy dinlarning, xususan shamanizm qoldiklari kuchli boʻlgan. 13 — 14-a. lar davomida Naymanlar islomdi-nini qabul qilganlar.

Oʻzbek Naymanning koʻpchilik qismi Zarafshon vodiysida (Pastdargʻom va Narpay tumanlarida) oʻtroq holda yashab, koʻpincha dehqonchilik bilan mashgʻul edi. Ular tomli (paxsa, choʻpkori) uylarda yashaganlar. Oʻtroq Naymanning boylari chorvachilik bilan ham shugʻullanganlar. Jom choʻli, Oʻrtachoʻl, Zirabuloq togʻida yashovchi Naymanning asosiy mashgʻuloti chorvachilik hisoblangan. Bular koʻpincha qorakoʻl qoʻylari, togʻ va togʻ bagʻirlarida yashaganlari esa jaydari qoʻylar, qoramol, tuya va ot saklaganlar. Chorvador Nayman oʻtovlarda yashaganlar. 19-a. ning oxiri — 20-a. ning boshlarida oʻzbek Nayman ham boshqa qabilalar kabi oʻtroq oʻzbeklar tarkibiga singib, mazkur xalqning shakllanishida faol qatnashganlar.

Ad.:Rashidaddin., Sbornik letopisey, t. 1., vыp. 1., M. – L., 1962; Norboyev Nayman, Oʻzbek elining qabila va urugʻlari haqida, T., 1997.

Ochil Boʻriyev.


Lotin alifbosida maqola: NAYMAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
QORAQALPOGʻISTON
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
QASHQADARYO VILOYATI
QIRGʻIZISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты