NAMIBIYA

NAMIBIYA (Namibia), Namibiya Respublikasi (Republic of Namibia) — Afrikaning jan.-gʻarbiy qismida joylashgan davlat. Mayd. 825,4 ming km2. Aholisi 1,8 mln. kishi (2002). Poytaxti — Vindxuk sh. Maʼmuriy jihatdan 13 tuman (district)ra boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Namibiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1990-y. 9 fev. da qabul qilingan, unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1990-y. dan Sem Nuyoma). Konstitutsiyaga binoan u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi, yana bir muddatga qayta saylanishi mumkin. Ammo konstitutsiyaga 1998-y. da kiritilgan tuzatishga muvofiq Sem Nuyoma uchun prezident lavozimida boʻlish muddatini cheklash bekor qilindi. Konun chiqaruvchi hokimiyat — ikki palatali parlament (Milliy assambleya va Milliy kengash). Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Prezident bosh vazir va hukumat aʼzolarini tayinlaydi.

Tabiati. Namibiyaning qirgʻoq chizigʻi tekis. Yer yuzasining aksari qismi bal. 900—1500 m yassitogʻlik boʻlib, daryo vodiylari va tektonik botiklar mavjud. Eng baland joyi 2600 m (Brandberg togʻi). Yassitogʻlikning sharqiy va shim. chekkalari qiya, gʻarbiy chekkasi esa sohil boʻyi tekisligi — Namib choʻliga tik tushgan. Namibiyaning markazi va jan. dagi keng bukilma quyi kembriy yotqiziqlari b-n toʻlgan. Foydali qazilmalardan mis, germaniy, qoʻrgʻoshin-vanadiy, marganes, qalay, volfram konlari bor. Oltin, kumush, uran rudalari, oltingugurt, rux, sohildan va dengizning sohilga yaqin qismidan olmos xdm qazib olinadi.

Iklimi tropik, juda quruq. Eng issiq oyi — yanv. ning oʻrtacha t-rasi 18— 27°, eng salqin oyi — iyulniki 12—16°. Yillik yogʻin sohilda 10—15 mm, shim.sharqida 500 — 700 mm. Koʻpgina daryolarida faqat yomgʻir yoqqan vaqtda suv oqadi. Yirik daryolari: Oranj, Zambezi va Kunene. Namibiya hududining koʻp qismida tropik choʻl va qizgʻish qoʻngʻir tuproq. Namib choʻlida oʻsimlik juda siyrak. Yassitogliklar kserofit butazorlar bilan qoplangan. Balandroq joylar chala choʻl va choʻl savannasidan iborat. Hayvonlardan endemik kemiruvchilar, hasharotxoʻrlar, naytish yashaydi. Viverralar, kiyik, sirtlon uchraydi. Hayvonlarningayrim turlari faqat milliy bogʻlar va qoʻriqxonalarda saqlanib qolgan, milliy bogʻlarning eng kattasi — Etosha milliy bogʻi.

Aholisi. Namibiya tub joy aholisining aksari qismi bantu tillari oilasiga mansub elatlardan iborat. Gottentot, togʻlik damara va bushmenlar ham yashaydi. Yevropaliklar aholining 7%ni tashkil etadi. Rasmiy tili – ingliz tili. Axrlining 90% xristianlar, qolgan qismi mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Shaxar aholisi 25%. Yirik shaharlari: Vindxuk, Uolfish-Bey, Sumeb, Kitmansxup, Ochivarongo.

Tarixi. Qadim zamonlarda Namibiya hududida ovchilik va yovvoyi daraxt mevalarini terish bilan shugʻullanuvchi bushmenlar, koʻchmanchi chorvachilik bilan shugʻullanuvchi gottentotlar hamda togʻlik damaralar yashagan. Taxm. 16-a. dan Namibiya hududiga bantular (gerero, ambo, kavango, yeye, tsvana va b.) kirib kela boshladi. Gererolarning asosiy mashgʻuloti chorvachilik boʻlgan. 18-a. oxirlarida ularni dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanuvchi ambolar jan. ga surib yubordi. Namalar bilan togʻlik damaralar (gottentotlarning bir guruhi) esa mamlakat jan. da oʻrnashib oldi. 19-a. boshlarida Kap mustamlakasidan koʻchib kelgan orlamlar koʻpgina gerero qabilalarini oʻzlariga boʻysundirib oldi. Hoz. Namibiya sohiliga dastlab 1484-y. da portugal dengizchilari kelib tushganlar, shundan soʻng bir necha asrgacha yevropaliklar bu yerlar b-n deyarli qiziqmaganlar. Faqat 1802-y. dan inglizlar Oranj daryosidan shim. roqda oʻzlarining dast-Vindxuk shahri koʻchalarida. labki missiyalarini tuzdilar. 1878-y. da Buyuk Britaniya Okaxanjada qalʼa qurib, Uolfish-Bey atrofini oʻz mulki deb eʼlon qildi. 1884-y. da Germaniya N. hududini Germaniya Jan.-Gʻarbiy Afrikasi (JGʻA) nomi bilan oʻzining protektoratiga aylantirdi. Mus-tamlakachilar oʻz hukmronligini oʻrnatishda afrikalik qabila boshliqlarining oʻzaro adovatidan foydalan-dilar. Gottentot, mbanderu va koua qabilalari mustamlakachilarga eng koʻp qarshilik koʻrsatdilar. 1 – jahon urushi davri (1914—18)da JGʻAni Janubiy Afrika Ittifoqi (JAI) bosib oldi. Urushdan keyin u Millatlar Ligasi ixtiyoridagi mandatlar tarkibiga ki-ritildi. 1920-y. da JGʻAni boshqarish mandati JAIga berildi. Shu vaqtdan JAIdagi irqiy tartiblar JGʻAga ham joriy boʻldi. 1925-y. da JGʻAda Qonun chiqaruvchi assambleya tuzilib, deputatlikka faqat oq tanlilar saylandi. 2-jahon urushi (1939—45)dan keyin barcha mandat hududlari BMTning xalqaro vasiyligi tarkibiga kiritilishiga qaramay, JAI (1961-y. dan – JAR) JGʻAni BMT vasiyligiga berishdan bosh tortib keldi. 1949-y. da esa bu hududni JARning viloyati deb eʼlon qildi. 1946-y. dan JGʻA masalasi BMTning turli organlarida muhokama qilinib, JARning JGʻAga nisbatan mustamlakachilik siyosati qoralandi.

1966-y. da Bosh Assambleya qabul qilgan rezolyutsiyada JGʻA xalqining oʻz taqdirini oʻzi hal qilish va mustaqillikka boʻlgan huquqlari qayd qilin-di, JGʻAni boshqarish uchun JARga berilgan mandat bekor qilinib, bundan keyin bu hududni boshqarish BMTga yuklatildi. 1967-y. da JGʻAni boshqarish uchun BMTning maxsus Kengashi tuzildi va komissar tayinlandi (ammo 1990-y. gacha Namibiyani JAR boshqardi). 1968-y. da BMT Bosh Assambleyasi JGʻA xalq-ining istagini hisobga olib, JGʻA no-mini Namibiya deb atash toʻgʻrisida qaror qabul qildi va BMTga aʼzo davlatlarni namibiyalik vatanparvarlarga yordam berishga daʼvat etdi.

1960-y. da tuzilgan SVAPO , (Jan.Gʻarbiy Afrika xalq I tashkiloti) tub joy aholining milliy ozodlik harakatiga boshchilik qildi. 70-y. larning oxirlaridan bu tashkilotning faolligi kuchaydi. U N. ga darhol mustaqillik berilishini va demokratik xalq hukumati tuzilishini talab qildi. Nihoyat, 1990-y. 21-martda Namibiya mustaqil deb eʼlon qilindi va N. Respublikasi deb yuritila boshladi. Namibiya — 1990-y. dan BMT va Afrika Birligi tashkiloti aʼzosi. 1991-y. 25 dek. da OʻzR suverenitetini tan olgan. Milliy bayrami — 21 mart — Mustaqillik eʼlon qilin-tan kun (1990).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Jan.-Gʻarbiy Afrika xalq tashkiloti (SVAPO), partiya, 1960-y. da asos solingan; Turixalle demokratik alyansi, partiya, 1977-y. da tuzilgan; Demokratlar kongressi, partiya, 1999-y. da tashkil etilgan; Birlashgan demokratik front, 1989-y. da tuzilib, 1993-y. da partiyaga aylantirilgan. Namibiya ishchilari milliy ittifoqi kasaba uyushma birlashmasi, 1971-y. da tuzilgan.

Xoʻjaligi. Namibiya konchilik sanoati rivojlangan agrar mamlakat. Konchilik sanoati Namibiya iktisodiyotining negizidir. Yalpi ichki mahsulotda konchilik sanoati 21,6%, q. x. va baliqchilik 15,4%, qayta ishlash sanoati 6,2%ni tashkil etadi. 20-a. ning 90-y. larida har yili salkam 800 ming karat olmos, 1600 kg oltin, 90 t dan ziyod kumush, 72 ming t rux, 33 ming t mis, 35 ming t qoʻrgʻoshin, shuningdek, koʻp miqdorda uran rudalari, kalay, marganes, volfram, vanadiy, oltin-gugurt qazib olindi. Rangli metallurgiya korxonalari qurilgan. Yiliga oʻrtacha 1 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Vindxuk, Sumeb va UolfishBeyda yirik issiklik elektr st-yalari bor. Kunene daryosida 320 MVt kuvvatga ega boʻlgan GES qurilgan.

Konchilikka bogʻliqboʻlmagan i. ch. sanoati unchalik yaxshi rivojlanmagan. Chetdan keltirilgan qismlardan mashina va uskunalar yigʻadigan z-dlar, yogʻochsozlik korxonalari, baliq uni va konservalari ishlab chiqariladigan z-dlar, tyulen yogʻini qayta ishlaydigan f-ka, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari mavjud.

K-x. da mexanizatsiyalashgan yirik tovar fermer (asosan, chorvachilik) xoʻjaliklari ustun. Qorakoʻlchilik asosiy oʻrinni egallaydi. Qoramol xam boqiladi. Mamlakat hududining 46% oʻtloq va yaylovlar bilan band. Yerlarning atigi 1% sunʼiy sugʻorishsiz ekin ekishga yaroqli. Bugʻdoy, makkajoʻxori, tariq, supurgi, sabzavot yetishtiriladi. Dengiz boʻyi aholisi baliqchilik bilan shugʻullanadi.

Temir yoʻllar uz. 2,4 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 41,9 ming km, shundan qattiq qoplamali yoʻllar — 4,5 ming km. Dengiz portlari: Uolfish-Bey, Lyuderis. Vindxuk yaqinida xalq-aro aeroport bor. Oʻz mahsulotining eksport qilinadi. Sanoat va isteʼmol tovarlariga boʻlgan ehtiyojning 80% import hisobiga qondiriladi. Chetga mineral xom ashyo (olmos, uran, turli metallar), chorvachilik mahsulotlari (goʻsht, goʻsht konservalari, baliq) chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-us-kuna, keng isteʼmol mollari, qurilish materiallari keltiradi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: JAR, Buyuk Britaniya, AQSH. Pul birligi — N. dollari.

Zamonaviy tibbiyot va maorif tizimlari endigina yoʻlga qoʻyila boshladi. Vindxukda Texnika kolleji bor. Il-miy muassasalari: Vindxukda Ilmiy jamiyat, Meʼmorlik in-ti, Uolfish-Beyda Ekologiya tadqiqoti departamenti, Vindxukda q. x. departamenti. Vindxukda xalq kutubxonasi, Arxiv va uning kutubxonasi, Davlat muzeyi, Svakop-mund va Lyuderis sh. da muzey bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Namibiyada nashr etiladigan asosiy gaz. va jur. lar: «Algemayne saytung» («Umumiy gazeta», nemis tilida chiqadigan kundalik kechki gaz., 1915-y. dan), «Namib tayme» («Namib vaqti», ingliz, nemis, afrikaans va por-tugal tillarida haftada 2-marta chikadigan gaz., 1958-y. dan), «Namibian» («Namibiyalik», ingliz tilida chika-digan gaz., 1985-y. dan), «Nyu ira» («Yangi davr», ingliz tilida haftada 2-marta chiqadigan hukumat gaz.), «Republikeyn» («Respublikachi», afrikaans, ingliz va nemis tillarida chiqadigan kundalik gaz., 1977-y. dan), «Namibiya tudey» [«Bugungi Namibiya», ikki haftada 1-marta Luanda (Angola)da chika-digan jur., 1977-y. dan], «SVAPO informeyshn bulletin» («SVAPO axborot byulleteni», oyiga 1-marta chikali). Namibiya axborot agentligi (NAMPA) 1987-y. da tashkil etilgan. Namibiya radioeshittirish korporatsiyasi, radioeshittirish va telekoʻrsatuv mahkamasi, 1979-y. da tuzilgan.

Xalq sanʼati. Namibiya hududidan qad. qoya rasmlari topilgan. Ular maʼdan boʻyoqlar b-n yoki oʻyma usulda bajarilgan. Bir necha ming yillar avval bushmenlar va ularning ajdodlari chizgan bu rasmlarda xilma-xil hayotiy voqealar (ov va jang manzaralari, diniy marosimlar, afsona qahramonlarining ishlari) tasvirlangan. 1907-y. da Brandberg togʻi yaqinidagi Maak gʻoridan topilgan qoya naqshi jahonga mashhur boʻlib, mil. av. 2-ming yillikning oʻrtalariga mansubligi aniklandi va u «Oq ayol» deb nomlandi. Namibiyada anʼanaviy turar joylar ibtidoiy (doira shaklidagi devorlari oʻt, shox-shabba, hayvon terilari bilan yopilgan) chaylalardan iborat. Chayla oʻrtasiga ustun qoʻyilib, tomi poxol bilan yopiladi. Namibiyada badiiy xunarmandchilik (kulolchilik, kashtachilik), metalldan qurol, zeb-ziynat (taqinchoq va h. k.) yasash keng tarqalgan.


Lotin alifbosida maqola: NAMIBIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA
YER
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты