NARKOZ

NARKOZ (yun. narkosis — karaxtlik) — sunʼiy yoʻl bilan (baʼzi kimyoviy moddalar va b. omillar taʼsirida) hosil qilinadigan chuqur uyqu holati, bunda kishi hech narsani sezmaydi, ixtiyoriy xarakat qila olmaydi, es-hushi butunlay yoki qisman yoʻqoladi. Tibbiyotda xirurgik operatsiya vaqtida ogʻriqsizlantirish (anesteziya) maqsadida qoʻllanadi. Amerikalik xirurg Uorren birinchi bor efir N. i bilan operatsiya qilgan (1846). Dastlab Narkoz uchun faqat efir va xloroformszm foydalanib ke-lingan. Kime fanining rivojlanishi tufayli Narkoz xrlatini paydo qiladigan turli xil moddalar kashf etildi.

Narkozni vujudga keltiradigan narkotik moddalarning bemor organizmiga yuborilish usuliga qarab ingalyatsion (nafas yoʻllari orqali), noingalyatsion (nafas yoʻllaridan boshqa yoʻllar b-n) va kombinatsiyey Narkoz (narkotik moddalar ikki va undan koʻp usul bilan yubo-rilganda) farq qilinadi. Ingalyatsion Narkozda efir, flyuotan, siklopropan va b. moddalarning bugʻi xidlatiladi, bunda maxsus apparatlardan foydalaniladi. Narkotik moddalarni kislorod bilan aralashtirib yuborish nafas yoʻllarini har xil asoratlardan saqlaydi. Venaga yuborib paydo qilinadigan Narkozda, asosan, uyqu dorilari — barbiturat kislota hosilalari ishlatiladi. Bu usulning afzalligi shundaki, bemor tez uxlab qolib, hech nimani sezmaydi. Suyak ichiga, toʻgʻri ichakka, teri ostiga, muskul orasiga qilinadigan Narkoz kamdan-kam qoʻllanadi.

Koʻpincha vena N. i bilan ingalyatsion Narkoz birgalikda amalga oshiriladi. Bunda Narkoz berish narkotik moddalarni venaga yuborishdan boshlanadi, bemor uxlab qolgach, ingalyatsion Narkoz berishga oʻtiladi. Narkoz vaqtida nafasni vaqtincha toʻxtatib turadigan dori-darmonlar va nafas olishni bajaradigan maxsus Narkoz apparatlarining qoʻllanilishi Narkoz berayotgan vrach — narkotizator (aneste-ziolog)ga bemor organizmining barcha funksiyalarini idora etish imkoni-yatini beradi. Shu tufayli oʻpka, yurak, yirik tomirlar va bosh miyani bema-lol operatsiya qilish mumkin. Turli kimyoviy moddalar yuborib paydo qilinadigan Narkozdan tashqari maxsus koʻrsatma bilan elektronarkoz qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: NARKOZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
KIMYO
TIBBIYOT
XITOY
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты