NARKOTIK OʻSIMLIKLAR

NARKOTIK OʻSIMLIKLAR — tarkibida odamning markaziy nerv sistemasiga taʼsir koʻrsatadigan har xil sinfga kiruvchi organik moddalar (alkaloid, efir moyi, organik kislotalar, glikozidlar, saponin va b.) mavjud oʻsimliklar. Koʻpchilik Narkotik oʻsimliklardan olinadigan moddalar tibbiyot va vete-rinariyada davolash va ogʻriqsizlantirishda ishlatiladi. Taʼsir qiluvchi moddalari, asosan, alkaloidlar. Koʻpchilik Narkotik oʻsimliklar zaharli va ulardan olinadigan preparatlarning koʻp kabul qilinishi giyohvandlikka olib keladi. Narkotik oʻsimliklarning koʻpchiligi yuksak oʻsimliklarga kiradi. Koʻp turlari Jan. Amerika tropiklarida, Shim. Amerika va Markaziy Osiyoda uchraydi. Ularning ayrimlari dorivor ekinlar sifatida ekib oʻstiriladi (afyunli koʻknor, hind nashasi, maxorka, tamaki, xin daraxti, koka butasi), ayrimlari zaharli oʻsimliklar boʻlib, yovvoyi holda oʻsadi (bangidevona, afsonak, maral-quloq, shuvoqning baʼzi turlari). Yana q. Giyohvandlik vositalari.

Xolima Otaboyeva.


Lotin alifbosida maqola: NARKOTIK OʻSIMLIKLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DORIVOR OʻSIMLIKLAR
YER
Tushda daraxtlar | Тушда дарахтлар
Tushda daraxtlar | Тушда дарахтлар
TIBBIYOT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты