NARX PARITETI

NARX PARITETI — bir tovar narxining boshqa tovar narxiga nisbati. Narx pariteti bir tovarning boshka tovarga qanday miqdorda tenglashuvini, bir tovarni sotishdan tushgan pulga qancha boshqa tovar berilishini bildiradi. Narx pariteti oʻzgarishi bozor holatiga bogliq boʻlganida unga talab-taklif nisbati, xarajatlar, narx b-n raqobatlashuv taʼsir etadi. Davlat narxning ortishi yoki pasayishini cheklab qoʻyganda bu bozor holatidan kelib chiqmaganligi sababli Narx paritetida sunʼiy siljish roʻy beradi. Narx pariteti oʻzgarishiga inflyatsiya taʼsir etadi. Iqtisodiyot uchun eng maqbuli Narx paritetining bozor holatiga qarab oʻzgarishidir, chunki bu talab-taklifning oʻzgarishini, bozor nimani talab qilishini, nimani i. ch. nafli boʻlishini bildiradi.


Lotin alifbosida maqola: NARX PARITETI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



NARX
INFLYATSIYA
TALAB VA TAKLIF
IQTISODIYOT NAZARIYASI
BOZOR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты