MUHAMMADJONOV Abdulahad Raqimjonovich

MUHAMMADJONOV Abdulahad Raqimjonovich (1928.26.12, Toshkent) — sharqshunos va arxeolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000). Tarix fanlaridri (1973), prof. (1989). Oʻrta Osiyo untini tugatgan (1951). 1956-70 y. larda Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya intida katta ilmiy xodim, sektor mudiri va 1970-y. dan Arxeologiya in-tining sektor mudiri, 1980—83 y. larda direktori. Oʻzbekiston FA vitse prezidenta (1996— 98), Oʻzbekiston FA Tarix in-ti direktori (1996—98). 1998—2003-y. larda Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida bosh ilmiy xodim. 1998-y. dan Uzbekiston milliy untida prof. Ayni vaqtda 1997-y. dan «Uzbekistonda ijtimoiy fanlar» jur. ining bosh muharriri. Uning ilmiy ishlari Urta Osiyoda sugʻorma dehqonchilik, irrigatsiya, gidrotexnika hamda dehkrnchilik vohalarini vujudga kelishi va taraqqiyoti tarixiga bagʻishlangan. M. Buxoro, Toshkent sh. lari qad. tarixi, ayniqsa, ularning yoshini ilmiy asoslashga muayyan hissa qoʻshgan.Vatanimiz tarixiy toponimiyasi boʻyicha ilmiy asarlar va maqolalar nashr etib, tarixiy manbashunoslik boʻyicha yangi ilmiy yoʻnalishga asos soldi.

Ac: Oʻzbekistonning qadimgi gidrotexnika inshootlari, T., 1997; Naselyonnыye punktы Buxarskogo emirata, T., 1999; Uzbekiston tarixi, T., 2003; Qadimgi Toshkent, T., 2002.


Lotin alifbosida maqola: MUHAMMADJONOV Abdulahad Raqimjonovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TARIX
TOSHKENT
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты