NASLCHILIK

NASLCHILIK — q. x. hayvonlari zotlarini takomillashtirishga qaratilgan tashkiliy-zootexnik tadbirlar majmui. Insoniyat hayvonlarni xona-kilashtirgan davrlardan beri davom etib keladi. Naslchilikning asosiy vazifasi mavjud q. x. hayvonlari, parrandalari, asalari, baliklar va ipak qurti zotlarini muttasil takomillashtirish, mahsuldorligini oshirish, nasldorlik sifatlarini yaxshilash, yangi tiplar, zot guruhlari, liniyalari, oilalari, zotlari, krosslari, partenoklonlarini yaratishdan iborat.

Naslchilik ishlari Naslchilik zavodlari, Naslchilik xoʻjaliklari, Naslchilik fermalari va oddiy xoʻjaliklarda olib boriladi. Naslchilik ishida qoʻlla-niladigan asosiy usul urchitish uchun eng yaxshi erkak va urgʻochi hayvonlarni tanlash va ularni saralash (juftlash)dir. Oʻzbekistonda «Naslelita» il-miy-i. ch. birlashmasi qoramol, noqorakoʻl qoʻylar, yilqi, echki, asalari; Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi in-ti va «Oʻzbek qorakoʻli» kompaniyasi qorakoʻl qoʻylari va tuya (bir oʻrkachli yoki ikki oʻrkachli)lar; «Oʻzbaliq» kor-poratsiyasi va Akvakultura i. t. in-ti baliq zotining zogʻora baliq, oʻtxoʻr baliklarning zotlari boʻlgan karp, doʻng peshona, oq amur; «Oʻzbek ipagi» uyush-masi va Ipakchilik i. t. instituti 20 tadan ziyod ipak qurti zotlari, Oʻzbekiston parrandachilik ilmiy markazi parranda zotlarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy tajribalar hamda Naslchilik ishlarini olib boradi. «Naslxizmat» respublika naslchilik uyushmasi Naslchilik ishlari boʻyicha barcha xizmatlarni muvofiqlashtiradi. Davlat naslchilik korxonasi xoʻjaliklardagi qoramol zotlarini takomillashtirishda qatnasha-di va ularni eng yaxshi mahsuldor bu-qalar avlodlarining sifat boʻyicha ba-holangan urugʻlari bilan taʼminlaydi.

Respublikada Naslchilik ishlariga Qishloq va suv xoʻjligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi rahbarlik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi N. ishlariga oid har qanday munosabatlar 1995-y. 21 dek. da qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining «Naslchilik toʻgʻrisida» qonuni bilan tartibga solinadi.

Izatulla Eshmatov.


Lotin alifbosida maqola: NASLCHILIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Bahrom Nazarov - Rin narin
CHORVACHILIK
QORAKOʻLCHILIK VA CHOʻL EKOLOGIYASI INSTITUTI
QOʻYCHILIK
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты