NASOS

NASOS — suyuqlikni bosim ostida soʻrish va haydash, gazlarni siqish yoki siyraklantirish, sochiluvchi jismlarni soʻrish va haydash uchun ishlatiladigan qurilma (gidravlik yoki pnevmatik mashina, apparat yoki asbob). Suyukdiklarni bosimsiz harakatlantirish uchun moʻljallangan qurilmalar suv koʻtarish mashinalari deb ataladi. Nasosning asosiy parametri — maʼlum vaqt ichida (vaqt birligida) haydaladigan suv, gaz yoki havo miqdori. Baʼzan Nasoslar uchun bosim (R va Ya), isteʼmol quvvati N va f. i. k. ham muhim.

Qadimda ham Nasos yaratishga urinilgan. Mac, qadimgi Oʻrta Osiyo hududida charxpalaklar yordamida suv chiqarishgan. Yunon mexanigi Ktesibiy oʻt oʻchirish uchun moʻljallangan birinchi Nasosni ixtiro qilgan. 18-a. boshlariga qadar, asosan, suv koʻtarish mashinalari ishlatilgan. Bugʻ mashinasi yaratilgandan soʻng ularning oʻrnini asta-sekin Nasos egallay boshladi. 18-a. oxirlarida porshenli Nasos tarraqiyoti jadallashdi. 19-a. oʻrtalarida porshenli bug N. lari keng ishlatila boshladi. Shu davrda parrakli Nasos xam paydo boʻddi. 20-a. 20—30-yillaridan boshlab, baʼzi sohalarda porshenli Nasos oʻrniga markazdan qochma, ro-torli Nasoslar ishlatila boshladi.

Nasos taraqqiyotining ikkinchi yoʻnalishi aylanuvchi (rotorli) Nasos yaratilishidan boshlanadi. 17-a. boshida yaratilgan ikki rotorli Nasos hozirgi tishli gʻildirakli Nasosga oʻxshaydi. Key-inchalik rotorli Nasosning boshqa xillari paydo boʻldi. Nemis muhandisi S. Xins 1920-y. markazdan qochma quril-ma deb atalgan birinchi soʻruvchi uyur-ma Nasosni taklif qildi.

Suyuklikni haydashda markazdan qochma kuchdan foydalanish gʻoyasini 15-a. da Leonardo da Vinchi ilgari surgan. 17-a. boshida fransuz muhandisi Blankano suv chiqaradigan oddiy markazdan qochma Nasosni yasagan. Issiqlik dvigateli va elektr dvigateli paydo boʻlgandan soʻng markazdan qochma Nasos kengroq qoʻllanila boshladi. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida parrakli va burilma kurakli Nasoslar yaratildi.

Suyuklikni bosim ostida haydashning uchinchi yoʻialishi — N.-apparatlar yaratishdan iborat boʻladi. Yunonistonda qizdirilgan havo yoki suv bugʻi yordamida idishdagi suvni siqib chiqaradigan qurilma yaratilgan. Suvni haydashda siqilgan xavodan foydalanish gʻoyasi 20-a. da amalga oshirilgan. N.-apparatlarning xillaridan biri — suv oqimli Nasos ; uni ingliz olimi D. Tompson 1852-y. da taklif qilgan. U suv va havoni soʻrish uchun ishlatilgan. Keyinchalik suvli ejektor, bug-suvli ejektor va b. tarzidagi Nasoslar yaratildi, quduqlardan suv chiqaradigan gidropnevmatik suv chiqargich taklif kilindi. 20-a. boshlarida magnitgidrodinamik Nasos larning yaratilishi N.-appratlarni takomillashtirish yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Atom energetikasining taraqqi-yoti munosabati bilan 20-a. 50—60-y. laridagina bunday Nasoslar keng qoʻllanila boshladi.

Nasos, asosan, parrakli, uyurma va hajmiy xillarga, bular esa yana bir necha turlargaboʻlinadi. Parrakli Nasos dvigateli gʻildirakni aylantirganda parraklari suyuqlik oqimiga taʼsir qila-di va uni harakatlantiradi. Parrakli Nasosning markazdan qochma, diagonal va (oʻqaviyoʻq boʻylab haydaydigan) xillari bor. Bular suyuklikni soʻrish xususiyatiga ega boʻlmagani uchun ularni yurgizib yuborishda soʻrish trubasi va gʻildirakka suyuqlik quyiladi. Parrakli Nasos 1 — 2500 m suv ustuniga tent bosim kerak boʻlgan joylarda ishlatiladi. F. i. k. — 90 — 92%. Uyurma Nasosda dvigatel energiyasi uyurma hosil qiladi; uyurma suyuklikni ilashtirib, harakatla-nishga majbur qiladi. Uyurma Nasos qovushoqligi kam suyuqliklarni hay-dash uchun quvvati bir necha kVt dan oshmaydigan statsionar va koʻchma qurilmalarda ishlatiladi. Bosimi parrakli Nasosga qaraganda 2—10-marta ortiq, f. i. k. – 25 – 50%.

Hajmiy Nasosda suyuqlik Nasosning berk boʻshligʻidan quvurlarga porshen (plunjer), shesternya, vint, kulachok va b. taʼsirida oʻtkaziladi. Nasosga kirayotgan va undan chiqayotgan suyuqlikning solishtirma energiyalari farqi bosim deyiladi. Hajmiy Nasosning porshenli (plunjerli), membranali, rotorli va b. xillari bor. Proshenli Nasosda suyuqlik ish kameralari hajmining oʻzgarishi hisobiga harakatlanadi. Rotorli Nasos shesternyali, plastinkali va b. xillarga boʻlinadi. Nasoslar suv taʼminoti tizimlarida, neft chiqarish, neft maxsulotlari va gazlarni haydashda, kema va gidropress qurilmalarida, avtomobillarda, binolarni shamollatishda hamda texnikaning boshqa sohalarida keng qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: NASOS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OʻT OʻCHIRISH TEXNIKASI
YER
XITOY
TOSHKENT
PAXTA TERISH MASHINALARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты