MOʻMINOVA

MOʻMINOVA Shahnoza (1949.21.8, Toshkent) — kulol, zamonaviy kulollik sanʼatining taniqli namoyandasi. Oʻzbekiston BA akad. (1990). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1974). Toshkent politexnika in-ti (1974—95) va Respublika rassomlik bilim yurti (1995—98) da dare bergan, ayni vaqtda, Toshkent keramika z-di ijodiy guruhida ishlagan; 1996-y. dan Respublika bolalar ijodiyoti markazida studiya rahbari. Moʻminova ijodi kompozitsiya va nafis rang koloritini nozik his eta olishi b-n diqqatga sazovor; chinni kompozitsiyalari, moʻjaz shaklli asarlari milliy ohanglarni zamonaviy talqin etish mahorati bilan ajralib turadi: «Koʻza» (1975), «Voha» (1995), «Sharq ayollari», «Uchrashuv» (1997), «Tong» (1999) va b. 1974-y. dan respublika va xorijiy mamlakatlardagi yirik koʻrgazmalarda faol ishirok etadi (jumladan, AKD], Turkiya, Germaniya va b. da shaxsiy koʻrgazmalari muvaqqiyatli oʻtkazilgan).


Lotin alifbosida maqola: MOʻMINOVA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GERMANIYA
FRANSIYA
TOSHKENT
TURKIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты