MOʻGʻUL YOZUVI

MOʻGʻUL YOZUVI — uygʻur alifbosi asosida yaratilgan yozuv (q. Uygʻur yozuvi). M. yo. ning dastlabki yodgorliklari 13-a. ga mansub: Chingizxon toshidagi yozuv (1225), elxon Argʻunning maktubi (1289). Yozuvning yoʻnalishi yuqoridan pastga, qatorlar chapdan oʻngga qarab oʻqilgan. Belgilari polifonik xususi-yatga ega, yaʼni bir belgi bir necha to-vushni ifodalagan. Baʼzi belgilar, soʻzdagi oʻrniga qarab, 2 yoki 3 xil shaklga ega boʻlgan. Alifbo 20 ta asosiy va 8 ta qoʻshimcha harflardan iborat. Ularning hammasi uygʻur alifbosidagi 14 ta asosiy belgining hosilalari hisoblanadi. Moʻgʻul yozuvi oʻzining paydo boʻlgan davridan boshlab, undagi belgilarning polifonik xususiyati tufayli, barcha moʻgʻul qabilalari uchun umumiy yozuvga aylanib, 16 — 17-a. lar oraligʻida unga ayrim oʻzgarishlar kiritilgan. Moʻgʻul yozuvi Buryatiya (Rossiya Federatsiyasi)da 1931-y. gʻacha, Mongoliyada 1945-y. gacha (rus alifbosiga oʻtilguncha) qoʻllangan.


Lotin alifbosida maqola: MOʻGʻUL YOZUVI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YOZUV
ROSSIYA
TOSHKENT
YER
BURYATIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты