NASRULLO QUSHBEGI

NASRULLO QUSHBEGI (19-a. oʻrta lari — 1918, Karmana) — mangʻitlar davrida nufuzli saroy arbobi, qoʻshbegi. Amir Abdulahad, hukmronligi davrida avval Shahrisabz hokimi, soʻngra saroyda xizmat qilgan. Buxoroda 1910-y. yanvar voqealariaan keyin Ostanaqul qoʻshbegi oʻrniga qoʻshbegi ( bosh vazir) qilib tayinlangan. Said Olimxon qukmronligi davrida Nasrullo qushbegi mamlakatda amirdan keyingi nufuzli shaxs sifatida mamlakatning asosiy ishlari bilan shugʻullangan. Rus tilini yaxshi bilgani uchun amir no-midan Rossiya imperiyasining Buxorodagi siyosiy agenti bilan bevosita muloqotlar oʻtkazgan, bir necha marta Rossiyaga borgan.

Nasrullo qushbegi Buxorodagi jadidchilik harakatiga xayrixoxlik bilan qaragan. Amir Olimxon tomonidan Buxoroda islohotlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmon qabul qilinishida muhim rol oʻynagan (1917-y. 7 apr.). Lekin Buxoroda 1917y. aprel namoyishidan keyin Olimxon Nasrullo qushbegini jadidlarni qoʻllabquvvatlaganlikda ayblaydi va uni lavozimidan olib tashlab, oʻrniga mutaassib Nizomiddin Urganjiyni qoʻshbegi qilib tayinla-di(1917y. 15apr.). N. q. Karmanaga joʻnatiladi va mahbuslikda saqlanadi. U Kolesov voqeasidan keyin amir Olimxonning farmoniga binoan, 17 kishilik oilasi va butun qarindoshurugʻlari bilan birga oʻddirilgan.

Ad. h Ayniy S, Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, M., 1926; Fitrat, Amir Olimxonning hukmronlik davri, T-, 1992; Xoʻjayev F., Buxoro inqilobining tarixigamateriallar, T., 1997; Muhammad Ali Baljuvoniy, Tarixi nofeiy (Foydali tarix), T., 2001.

Qahramon Rajabov.


Lotin alifbosida maqola: NASRULLO QUSHBEGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
AMIR TEMUR
JADIDCHILIK
TOSHKENT
TEMURIYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты