OBISHIR GʻORLARI

OBISHIR GʻORLARI — mezolit davriga oid gʻorlar. Fargʻona viloyati hududidagi Soʻx daryosining qad. oʻzani Obishir soyning oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya in-tining Fargʻona paleolit otryadi 5 ta gʻorni tekshirgan (1966). Obishir-1 va Obishir-5 da qazish ishlari olib borgan. Ularning sanasi mil. av. 8-ming yillikka oid. Obishir-1 ning eni 25,5 m boʻlib, bal. 12 m. Gʻordan tosh qadama pichoklar, mikroplastinkalar, parmalar, bigizlar, qirgʻichlar, nuk-leuslar topilgan.

Obishir-5, Obishir-1 dan 200 m gʻarbda. Uning eni 8 m, bal. 10 m. Gʻorda 3 ta madaniy qatlam mavjud. Quyi qatlam antik davrga oid, qalinligi 1 — 1,20 sm. Undan soʻng qalinligi 30—40 sm lik mezolit davriga tegishli qatlam boshlanadi, unda tosh qurollar va hayvon suyaklari koʻplab uchraydi. Uchinchi qatlam ham shu davrga taallukli boʻlib, qalinligi 3—4 m. Bu yerda tosh qurollar nisbatan ancha kam. Obishir-5 gʻori yashash uchun qulay boʻlganligidan unda qadimda odamlar yashagan.


Lotin alifbosida maqola: OBISHIR GʻORLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
TARIX
YER
PALEOLIT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты