OBYEKTIV

OBYEKTIV — optik asbob yoki fotoapparatning obyektning teskari tasvirini hosil qiladigan qismi; bir necha linza yoki koʻzgulardan iborat boʻladi. Quyidagilarga boʻlinadi:

1) koʻrish trubasi va teleskop O. lari; tasvirni kichraytirib beradi;

2) mikroskop O. lari; tasvirni kattalashtirib beradi;

3) fotografik va proyek-sion Obyektiv lar; oʻz tuzilishi va ajrata olish qobiliyatiga qarab, ham kichraytirib, ham kattalashtirib beradi. Muhim koʻrsatkichlari: fokus masofasi (tasvirning masshtabini ifodalaydi), koʻrish maydoni bur-chagi, nur kirish tirqishi, yorugʻlik kuchi (nur kirish tirqishi diametrining fokus masofasiga nisbati) va ajrata olish qobiliyati.

Obyektivlar tuzilishiga koʻra, linzali (refraktor, dioptriklar), koʻzguli (reflektor, katoptriklar) va koʻzgulinzali; ajrata olish xususiyatiga koʻra, universal, teleobyektiv, yorugʻligi kuchli, keng (tor) burchakli va b. xillarga boʻlinadi. Obyektgacha masofaga koʻra, ularni maʼlum (aniq) bir masofada joylashgan buyumning tasvirini hosil qiladigan Obyektiv (mikroskop Obyektiv, proyeksion Obyektiv); chek-siz uzoklikda joylashgan buyumning tasvirini hosil qiladigan Obyektiv (kurish trubasi Obyektivi, teleskop Obyektiv va kupchilik fotografik Obyektivlar)ga bulish mumkin.

Teleskoplarda linza va koʻzgulinzali Obyektivlar qoʻllaniladi. Refraktorlarsa 2 linzali Obyektiv lardan, astrograflaraa osmon yoritqichlarining su-rati olinadigan, 3 va 4 linzali Obyektiv lardan foydalaniladi.

Astronomik Obyektiv larga Yer sunʼiy yoʻldoshlarinn kuzatish sistemasida qoʻllaniladigan Obyektivlar (yoʻldosh kame-ralari) va atmosferaning yuqori qatlamlaridagi jismlar (mas, meteorlar) ning harakatini suratga olishda ishlatiladigan Obyektivlar ham kiradi. Bu O. lar oʻz koʻrsatkichlari boʻyicha bir tomondan astrograf O. lariga oʻxshasa, ikkinchi tomondan fotografik Obyektiv larning baʼzi turiga oʻxshaydi.

Fotografik (kinoga olish va reproduksiyalashda qoʻllaniladigan) Obyektivlar buyum tasvirini aniq hosil qilish bilan boshqa Obyektiv lardan farq qila-dy. Ishlatilishiga qarab, ular havas-korlik va kasbga oid fotografiyada; kinematografiyada qoʻllaniladigan, televizion, reproduksion, flyuoro-grafik, astrografik va b. ga boʻlinadi. Mikroskop Obyektivlari boshqa Obyektiv lardan buyumga juda yaqin turishi bilan farq qiladi. Bunday Obyektiv larning eng takomillashgani planaxromat va pla-napoxromatlardir. Xossalari ji-hatidan fotofafik O. ga yaqin boʻlgan spektral asboblar O. lari; lazerlar bilan ishlatiladigan O. lar va b. O. ning alohida guruhiga kiradi.

Fotoapparat obyektivi (chapda); mikroskop obyektivi sxemasi.


Lotin alifbosida maqola: OBYEKTIV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
REFRAKTOR
MIKROSKOP
TELESKOP
YORUGʻLIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты