NAFAS QISISHI

NAFAS QISISHI, hansirash nafas olish tezligi, chuqurligi va maromining buzilishi, odatda, havo yetishmasligi bilan kechadi. Fiziologik va patologik xillari tafovut qilinadi.

Fiziologik Nafas qisishi jismoniy ish qilayotganda organizmning kislorod ehtiyoji oshishi natijasida paydo boʻladi. Nafasning chuqurlashuvi vatezlashuvi tufayli organizmga oʻpka or-qali kiradigan kislorod miqdori Nafas qisishi qla 2— 3 barobar koʻpayadi. Ayni vaqtda organ izmdan nafas bilan ortiqcha karbonat angidrid gazi ham chiqiriladi. Havodagi kislorod miqdori odatdagidan ancha kam boʻladigan balandlikka koʻtarilganda, tashqi muhit t-rasi oshganda va sh. k. hollarda Nafas qisishi roʻy beradi. Odam oʻz ixtiyoriga koʻra, yaʼni ongli ravishda nafasning tezligi va chuqurligini oʻzgartirishi mumkin.

Patologik Nafas qisishi q — ayrim kasallik holatlarida yuz beradi. Markaziy Nafas qisishi nafasning idora qilinishi buzilganda (q. Nafas) yoki bosh miyadagi nafas markazi zaharlanganda, organizm, Mas, uxlatadigan dorilar yoki narkotik moddalardan zaharlanganda sodir boʻladi. Oʻpkaga aloqador Nafas qisishi koʻkrak qafasi shikastlanganda, oʻpka kuchli zaharlanganda (oʻpka yalligʻlanishi, sil, bronxiol astma, oʻpka emfizemasi va b.) kuzatiladi. Nafas qisishining bu turi nafas chuqurligi va tezligining buzilishi, aksari nafas chiqarishning qiyinlashishi, teri va shilliq qavatlarining koʻkarib ketishi (q. Sianoz), boʻyin venalarining boʻrtib chiqishi, yuz koʻkarishi bilan oʻtishi mumkin. Oʻpkadan boʻladigan Nafas qisishi hatto ozgina jismoniy harakat qilganda ham kuchayadi. Yurakka aloqador Nafas qisishi yurak kamchiligida roʻy beradi, bunda teri koʻkarib ketishi, oyoq-qoʻllar sovuq qotishi mumkin. Jismoniy ish qilganda bunday Nafas qisishi keskin kamayadi. Odatda, boʻgʻilib qolishgacha olib keladigan Nafas qisishi bronxial astma va yurak astmasida kuzatiladi. Nafas qisishi avj olganda bemorning koʻkragini qisib turgan kiyimini yechish, nafas olishini yengillatish uchun oʻrniga oʻtkazib qoʻyish, u yotgan xona derazasini ochib, zudlik bilan tez yordam chaqirish kerak. Oʻpkaga bogʻliq holda Nafas qisishi bilan kechadigan kasalliklarning oldini olishda organizmni muntazam chiniqtirish, jismoniy mashqlar va nafas gimnastikasi bilan shugʻullanish, nafas yoʻllarining yuqumli va allergik kasalliklarini oʻz vaqtida davolatish, toʻgʻri ovqatlanish, semirishga yoʻl qoʻymaslik lozim.


Lotin alifbosida maqola: NAFAS QISISHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
OʻPKA
NAFAS
OVQATLANISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты