OVOZ

OVOZ — 1) ovoz aʼzolari yordamida chiqariladigan, balandligi, kuchi va tembri har xil boʻlgan tovush (odam va oʻpkadan nafas oluvchi hayvonlarda). Ovoz hiqildoqda xrsil boʻladi: oʻpkadan chiqayotgan havo oqimi, bir-biriga tegib turgan Ovoz boylamlari oraligʻidan oʻtib uni tebratadi, natijada nozikkina Ovoz hosil boʻladi, soʻngra buni yuqori rezonatorlar (ogʻiz boʻshligʻi, halqum, burun va yondosh boʻshliqlari) kuchay-tirib berib, Ovoz oʻziga xos ohang (tembr) oladi. Oʻpkadan chiqayotgan havo oqimining kuchiga, jips turgan Ovoz boylamlarining koʻrsatayotgan qarshiligi va ularning tebranish amplitudasiga qarab, Ovoz kuchli yoki kuchsiz, shuningdek, tebranishining uzunligi va chas-totasiga qarab baland yoki past boʻlishi mumkin.

Ovoz paydo boʻlishida ishtirok etadigan aʼzolarning hammasi sogʻlom boʻlsa, Ovoz yengil va bemalol eshitiladi. Turli kasalliklar, xususan, hiqildoq, bu-runhalqum yoki burun kasalliklarida Ovoz oʻzgaradi, baʼzan manqa boʻlib qoladi. Yurak, bronxlar, markaziy nerv sistemasi kasalliklari va yuqumli kasalliklarda ham Ovoz oʻzgarishi mumkin. Ovoz koʻpincha, sovqotish, angina, yuqori nafas yoʻllari yalligʻlanishi, laringit, traxeit va bronxitdan ke-yin oʻzgaradi. Hadeb baqirib gapira-verish ham Ovoz buzilishiga sabab boʻladi. Chekish va ichkilikka ruju qilish, shuningdek, tish yoʻqligi yoki yasama tishning notoʻgʻri koʻyilganligi va b. xam Ovoz «sifati»ga taʼsir etadi. Odatda, yoshlarda oʻtish davrida boʻladigan ovoz oʻzgarishida alohida ehtiyot choralariga rioya qilish zarur. Ovozni asrashda eng muhimi organizmni chiniqtirishdir. Ovoz oʻzgarganda, albatta, mutaxassis vrachga murojaat etish lozim;

2) musiqada — odamning aniq balandlik va uzoq sadolanishga ega tovushi (q. Xonanda ovozi); koʻp ovozli musiqa asarining muayyan kuy yoʻli; partituradan alohida koʻchirib yoziladigan xor yoki orkestr guruqi ijro yoʻli.


Lotin alifbosida maqola: OVOZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
HALQUM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты