ODAM

ODAM — barcha jonzodlarning eng yuqori pogʻonasida turadigan mavjudot, ijtimoiy jarayonlar subyekti. Odam ij-timoiy mehnat asosida shakllangan tafakkur va nutqqa ega boʻlishi, mehnat qurollari yasashi va atrof muhitga faol taʼsir koʻrsata olishi bilan boshka tirik mavjudotlardan farq qiladi. Odamni antropologiya fani oʻrganadi.

Odamning hayvonlardan farqi. Zoologiya sistemasiga koʻra, hoz. aqlli odam (Homo sapiens) turi xordalilar tipi, sut emizuvchilar sinfi, primatlar turkumiga kiritiladi. Bosh miyasining yirikligi, tirnoqlarining yassi boʻlishi, bosh barmoklarining boshka barmoqlarga qarama-qarshi qoʻyilishi, skelet va organlarning tuzilishi, ona qornida rivojlanishi, rudiment va atavistik belgilarning oʻxshashligiga binoan, odam odamsimon maymunlar oilasiga kiritiladi. Bundan tashqari, odam bilan odamsimon maymunlarning kasalliklari va parazitlari xam oʻxshash.

Odam odamsimon maymunlardan oyoklarining qoʻlga nisbatan uzunligi, umurtqa pogʻonasida boʻyin, koʻkrak, bel, dumgʻaza egiklari va tovon gumbazining boʻlishi, chanoq suyagining kengayganligi, koʻkrak qafasining oldingi tomondan yassilanganligi, oyoq barmoklarining bir qator joylashganligi va b. morfologik belgilari bilan farq qiladi. Maʼnoli nutqqa ega boʻlishi tufayli Odam bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining nutq bilan bogʻliq qismlari kuchli rivojlanadi; tovush hosil qiluvchi apparat O. uchun oʻziga xos tuzilishga ega. Bosh skeleti miya qismining yuz qis-miga nisbatan yirik boʻlishi, gavda-sida junlarning yoʻqolib ketishi ham Odam uchun xos belgi hisoblanadi.

Odamning kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishi toʻgʻrisida turli fikrlar va nazariyalar mavjud. Odam bilan bogʻliq qad. rivoyatlar va qad. diniy kitoblarga koʻra, Odamato va Momohavo Yer yuzidagi dastlabki odamlar boʻlgan. Zardushtiylik dinida Odam tabiatning bir boʻlagi, unda vujudga kelgan va yana unga qaytadi dey-iladi. Islom diniga koʻra, xudo «oʻzining eng erka va erkin bandasini tiriklik olamiga sardor qilib yuborgan», yaʼni Odamni loydan oʻzining yerdagi oʻrin-bosari (xalifasi) sifatida yaratib, unga oʻz ruhidan jon ato etgan, unga akl-idrokbergan. Tabiiyot fanlarining rivojlanishi bilan Odamning paydo boʻlishi toʻgʻrisida ilmiy fikrlar paydo boʻla boshladi. Fransuz olimi J. Lamark birinchi boʻlib Odamning paydo boʻlishini umumiy tarzda tushuntirib berdi. Uning fikricha, Odam daraxtda yashashdan yerda yurishga oʻtgan maymunsimon ajdodlardan kelib chiqqan. Ingliz olimi Ch. Darvin odamning paydo boʻlishi muammosini evolyutsion nuktai nazardan talqin qilib, Odam bilan odamsimon maymunlar uzoq umumiy ajdodga ega ekanligini koʻrsatib berdi. Uning fikricha, antropogenezda ham biologik omillar, yaʼni yashash uchun kurash, irsiy oʻzgaruvchanlik va tabiiy tanlanish amal qiladi. Lekin, koʻpchilik olimlarning fikricha, antropogenezda biologik omillar bilan bir qatorda ijtimoiy omillar (ijtimoiy hayot, ijtimoiy mehnat), ayniq-sa, uning soʻnggi bosqichlarida katta ahamiyatga ega boʻlgan.

Tik yurishga oʻtish Odam evolyutsiyasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, chunki tik yurish tufayli qoʻllar tayanch vazifasidan ozod boʻlib, mehnat qurollari yasab, uni ishlatadigan organga aylangan. Mehnat qurollarining paydo boʻlishi esa Odam tafakkurini kengaytirgan, uning tabiatga qaramligini kamaytirgan. Mehnat faoliyatining rivojlanishi b-n ant-ropogenezda biologik omillar taʼsiri kamayib ijtimoiy omillar ahamiyati orta borgan.

Antropogenezda ijtimoiy hayot katta ahamiyatga ega boʻlgan. Odam ajdodlari azaldan tuda boʻlib yashashgan. Qoʻl mehnat organiga aylana borishi bilan ular jamoa boʻlib yashashga oʻtishgan, yaʼni birgalikda ovga chiqishgan, oʻzlarini himoya qilishgan; bolalarini tarbiyalashgan, ularga hunar oʻrgatishgan. Olovning kashf qilinishi, ovqatni pishirib yeyilishi Odam jagʻ suyaklari va chaynash muskullari vaznini kamaytirib, jagʻlarning harakatlanishini osonlashtirgan, nutqning rivojlanishi uchun imkon yaratgan. Maʼnoli nutqning paydo boʻlishi esa Odam tafakkurini kengaytirgan; O. lar oʻrta-sidagi oʻzaro munosabatlarning tezla-shuviga olib kelgan. Bu jarayonlar tufayli, bosh miyaning vazni, katta yarim sharlar poʻstloq qismining sa-thi ortgan, natijada ong, tafakkur va nutq rivojlangan. Taxminlarga koʻra, dastlabki Odamlar bundan 1—2 mln. yil ilgari, hozirgi Odam bundan 40 ming yil ilgari paydo boʻlgan.

Odam evolyutsiyasining asosiy yoʻnalishlari. Mezozoy erasida hasharotxoʻrlar orasidan parapiteklar (maymunsimon hayvonlar) ajralib chiqqan. Ulardan keyinchalik yarim maymunlar, maymunlar va driopiteklar (daraxtda yashovchi maymunlar) kelib chiqqan. Iklim so-vib, oʻrmonlarning siyraklashib borishi bilan driopiteklar yerda yashashga oʻtishgan. Odam paydo boʻlishining 1-bos-qichi maymunsimon hayvonlarning 2 oyokda yurishga oʻtishidan iborat. Bu bosqichda oldingi oyoqlar tayanch vazifasidan ozod boʻlib, qoʻlga aylangan. Xuddi shu yoʻl bilan avstralopiteklar (jan. maymunlar) kelib chiqqan. Ular bundan 3—5 mln. yil ilgari Jan. va Sharqiy Afrika hamda Jan. Osiyoda yashagan. Antropogenezning 2-bosqichi ongli ravishda mehnat quroli yasashga oʻtishdan iborat. Eng qad. odam pitekan-troplar (maymun Odamlar) bundan 1 mln. yil avval yashagan. Ular skeleti krl-diklari Yava oroli, Afrika va Jan. Yevropadan topilgan. Pitekantroplar tuda boʻlib, gʻorlarda yashashgan; juda sodda tosh qurollar yasashgan; olovdan foydalanishgan. Ulardan keyinroq yashagan sinantroplar (xitoy odami) va neandertallar tosh va suyakdan qurol yasashni bilishgan, hayvon terisini yopinib yurishgan. Ularning bosh miya-si pitekantroplarga nisbatan yirik-roq boʻlgan. Neandertallar skeleti krldiklari dastlab Germaniyaning Neandertal daryosi yaqinidan, keyinchalik Afrika, Osiyodan, jumladan, Surxondaryo vodiysidagi Teshiktosh gʻoridan topilgan. Neandertallar bundan 150 ming yil avval taxm. 100 kishidan iborat guruh boʻlib, gʻorlarda yashashgan. Eng soʻnggi neandertallar bundan 28 ming yil ilgari hozirgi Odamlar ora-sida yashagan. Ular imo-ishoralar va oddiy soʻzlar yordamida muloqot qilish-gan; tosh, suyak va yogʻochdan mehnat qurollari yasashgan. Neandertallar orasida dastlabki mehnat taqsimoti paydo boʻlgan, deb taxmin qilinadi.

Hoz. odamlar (kromanyonlar)ning dastlabki vakillari bundan 30—40 ming yil avval paydo boʻlgan. Ular dastlab Fransiya jan. dagi Kro-Manyon qish-logʻidagi gʻordan topilgan. Kromanyonlar boʻyining bal. (180 sm), miya qutisi hajmining kattaligi (160 sm3), pesho-nasining keng va tik boʻlishi, qosh usti boʻrtigʻining boʻlmasligi, iyagining rivojlanganligi bilan sinantrop va pi-tekantroplardan farq qiladi. Ular urugʻ va jamoa boʻlib yashagan; boshpana qurishni, hayvonlar terisidan kiyim tikishni bilishgan; nutki rivojlangan. Kromanyonlar hoz. Odamlar bilan birga aklli Odam turiga kiradi.

Aklli Odam turi Yer yuzida keng tarqal-gan, lekin bir tekis tarkalmasdan, populyatsiyalar (irklar)ni hosil qilgan. Kromanyonlar davrida mehnat qurollarining yanada takomillashuvi sunʼiy yashash muxitining yaratilishi tufayli Odam evolyutsiyasida biologik omillar taʼ-siri keskin kamayib, ijtimoiy omillar taʼsiri kuchayadi. Antropogenez jarayonida serpushtlik kamayib, jinsiy balogʻatga yetish sekinlashdi, bolalik davri va Odamning umri uzaydi. Hozirgi Odamning paydo boʻlishi bilan tabiiy tanlanishning tur hosil qilish funksiyasi ham tugadi. Lekin Odam jismoniy tipining turgʻunligi nisbiy boʻlib, tur do-irasida morfologiya va funksiyalar turli yoʻnalishda oʻzgarib turadi. Agar bu xidsagi oʻzgarishlar ontogenezning tezlashuvi bilan bogʻliq boʻlsa, akseleratsiya deyiladi. Hoz. davrda tibbiyot fanlarining rivojlanishi Odam organizmini klonlash va uning genofondini oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlgan ijtimoiy va etnik masalalarni oʻrtaga tashlamokda.

Anatomo-fiziologik xususiyatlari. Odam gavdasi xam barcha xordalilar singari 2 tomonlama simmetriyaga ega boʻlib, bosh, boʻyin, tana, oyoq va qoʻllarga boʻlinadi. Bu boʻlimlar ham yana tegishli qismlarga ajratiladi. Xususan, bosh boʻlimi miya qutisi va yuzga, tana — koʻkrak, qorin va orqaga, qoʻl — yelka, tirsak, bilak va panjaga; oyoq — son, tizza, boldir va panjaga boʻli-nadi. Odam gavdasi bichimida yosh, jins va shaxsning oʻziga xos xususiyatlari namoyon boʻladi. Mac, erkaklar gavdasi nisbatan yoʻgʻon va yirik, chanogʻi tor, yelkasi keng; ayollar gavdasi, aksincha, nozik, kalta, chanogʻi yelkaga nisbatan kengroq boʻladi. Gavda tuzilishining dolxomorf (daroz), braximorf (kalta), ular oʻrtasida mezomorf (oʻrta boʻy), astenik (novcha, xipcha, ozgʻin), giperstenik (semiz, pa-kana), normostenik (normal) tiplari mavjud.

Odam gavdasi teri bilan qoplangan. Teri organizmni himoya qiladi, ayirish va termoregulyatsiya funksiyasida ham ishtirok etadi. Skelet tayanch funksiya-sini bajaradi, organizmga shakl berib turadi. Suyaklar, ularni tutashtirib turuvchi paylar hamda muskullar bilan birga tayanchharakat sistemasini hosil qiladi. Odam skeleti kalla (miya qutisi, yuz), tana (umurtqa pogʻonasi, qovurgʻalar, toʻsh), qoʻl (yelka, bilak, tirsak, panja), oyoq (son, katta va kichik boldir, oyoq panjasi), yelka kamari (oʻmrov, kurak) va oyoq kamari (chanoq) suyaklaridan iborat. Tayanchharakat sistemasi tayanch, gavdani tik tutish, harakatlanish hamda himoya (miya qutisi, umurtqa pogʻonasi, koʻkrak qafasini hosil qiluvchi, cha-noq suyaklari) funksiyasini bajaradi. Kalla suyagi miya qutisi va yuz boʻlimiga boʻlinadi. Miya qutisi pe-shona, ikkitadan tepa va chakka, ensa, ponasimon va gʻalvirsimon yuz suyaklari bir juftdan yuqori jagʻ va yonoq, burun, kuz kosasi suyaklaridan iborat. Yuqori va pastki jagʻlar tishlar b-n birgalikda ogʻiz boʻshligʻini qosil qiladi. Kalla suyagining yuz qismida chaynash muskullari; koʻz, burun va ogʻiz atrofida mimika muskullari joylashgan. Umurtqa pogʻonasi 33—34 ta umurtqadan iborat boʻlib, boʻyin (7 ta umurtqa), koʻkrak (12), bel (5), dumgʻaza (5), dum (4—5) boʻlimlari bor. Dumgʻaza va dum umurtqalari oʻzaro harakatsiz, boshqa umurtqalar chala harakatchan qoʻshiladi. Koʻkrak umurtqalari, 12 juft qovurgʻalar va toʻsh suyagi koʻkrak boʻshligʻini oʻrab turadigan koʻkrak qafa-sini hosil qiladi. Koʻkrak boʻshligʻi pastki tomondan diafragma orqali qorin boʻshligʻidan ajralgan. Koʻkrak qafasi devori ichki tomondan yupqa plevra parda bilan (q. Nafas), oʻpka ham xuddi shunday plevra bilan qoplangan. Koʻkrak boʻshligʻida yurak, yirik qon tomirlari, oʻpkalar, ularga keluvchi traxeya, bronxlar, qiziloʻngach joylashgan. Koʻkrak qafasi devorining oldingi qismini koʻkrak muskullari qoplab turadi. Koʻkrakning chap va oʻng tomonida sut bezlari boʻladi. Qovurgʻalarning umurtqalar va toʻsh suyagi b-n yarim harakatchan birikkanligi va qovurgʻalar orasidagi muskullarning qisqarishi sababli koʻkrak qafasining kengayishi va torayishi nati-jasida nafas olish sodir boʻladi. Bel umurtqalari, keyingi qovurgʻalar va chanoq suyagining oldingi uchiga qorinning serbar muskullari biri-kadi. Krrinning oldingi va yon de-vorlari muskullardan iborat. Bu mus-kullar ichki organlarni ushlab turadi va qorin pressini hosil qildi. Qorin boʻshligʻini yuqoridan diafragma, pastdan chanoq suyagi chegaralab turadi. Diafragma ostida jigar va oʻt pufagi, ulardan chaprokda osh-qozon va taloq, pastrokda ingichka ichak joylashgan. Ingichka ichakni oʻng, chap va yuqori tomondan yoʻgʻon ichak (chambar ichak) oʻrab turadi. Qorin boʻshligʻi devorini ichki tomondan yupqa qorin pardasi qoplab olgan. Qorin boʻshligʻining orqa tomonida, bel umurtqalarining 2 yonida bir juft buyrak joylashgan. Umurtqa po-gʻonasiga parallel ravishda uning chap tomonidan qorin aortasi, oʻng tomonidan pastki kovak vena oʻtadi. Qorin boʻshligʻining pastki qismi chanoq boʻshligʻiga aylangan. Unda qovuq, toʻgʻri ichak va ichki jinsiy organlar (ayollarda bachadon, tuxumdonlar va naylar; erkaklarda prostata bezi, urugʻdonlar va urugʻ oʻtkazuvchi naylar) joylashgan. Odam qoʻlining juda murakkab harakatlar qilishga moslashganligi boʻgʻimlarning silindrsimon, sharsimon, chigʻirsimon harakatchan birikishi va ularni harakatga kel-tiradigan muskullarning xilma-xil tuzilishiga bogʻliq.

Embrional rivojlanishi. Ota va ona jinsiy qujayralarning qoʻshilishi, yaʼni otalanishdan keyin hosil boʻlgan zigota 2 jinsning belgilariga ega boʻladi. Zigota boʻlinishga kirishishi b-n embrional rivojlanish boshlanadi. Urugʻlanishdan soʻng 6 kun oʻtgach, murtak bachadon boʻshligʻiga oʻtib, uning shilliq pardasiga oʻrnashib oladi. Embrion pardasi va bachadon devoridan yoʻldosh shakllanadi. Embrion kindik orqali yoʻldosh bilan tutashgan boʻladi. Yoʻldosh orqali ona organizmi bilan embrion oʻrtasida moddalar va gazlar almashinuvi sodir boʻlib turadi. Odamning ona qornida rivojlanishi oʻrtacha 280 kun, yaʼni 9 oydan koʻproq davom etib, bola tugʻilishi b-n tugallanadi. Shu davrning dastlabki 8 haftasi murtaklik (embrion) davri, krlgan qismi xrmila davri deyiladi (q. Homiladorlik). Embrionlik davrida murtak pardalari hosil boʻladi, yoʻldosh shakllana boshlaydi, boʻlgʻuv-si homilaning toʻqimalari va organlari shakllanadi; hatto ulardan ayrimlari ishlay boshlaydi (1-oy oxirida embrion yuragi ishga tushadi). Embrion boʻyi 2 mm ga yetganida uning oʻq organi — xordasi va nerv sistemasining asosi boʻlgan nerv nayi yuzaga keladi. Bir vaqtning oʻzida embrion varaklari xam shakllanib, ektodermadan nerv sistemasi, sezgi organlari, teri epi-teliysi, ogiz boʻshligʻi va orqa ichak epiteliysi; mezodermadan yurak, kon tomirlari, skelet, muskullar, ayirish va jinsiy organlar; endodermadan ovqat hazm qilish sistemasi, hazm bezlari, nafas organlari hosil boʻladi. Rivojlanishning 5-haftasidan boshlab qoʻl va oyoq, 7-haftada barmoqlar shakllana boshlaydi, 8-haftada embrion tashki koʻrinishdan Odamga oʻxshaydi; bu davrda uning boʻyi 4 sm, ogʻirligi 4—5 g boʻladi. 9-haftada embrion organlarining shakllanishi tugallanadi. Shu davrdan boshlab embrionlik davri tu-gallanib, homila davri boshlanadi. Homila tugʻilgandan soʻng Odam chaqaloqlik, goʻdaklik, bolalik, oʻspirinlik, yetuklik, qarilik, keksalik davrlarini oʻtadi. Bolalik davrining uzoq davom etishi, jinsiy balogʻatga yetish davrida boʻyiga oʻsishning tezlashuvi odam individual rivojlanishiga xos xususiyat hisoblanadi. Bolalik davrining Odam umriga nisbati 1:5 ga teng boʻladi. Odamda jinsiy dimorfizm gavdaning umumiy oʻlchami va ayrim qismlari proporsiyasida (ayollarda chanoqning, erkaklarda yelkaning kengligi), gavda ayrim qismlarining rivojlanishi (ayollarda teri osti yogʻ qavatining, erkaklarda skelet va muskullarning yaxshi rivojlanganligi hamda muskul tolalari va yogʻ hujayralarining yirik boʻlishi)da namoyon boʻladi.

Ad.: Alekseyev V. P., Stanovleniye chelovechestva, M., 1984; Mavlonov O., Biologiya, T., 2003; Ahme do v N., Sodiqo-va Sh., Normal anatomiya, normal fiziologiya, T., 2003.

Karim Almatov, Ochil Mavlonov, Baxtiyor Toʻrayev, Muhsim Valixonov.


Lotin alifbosida maqola: ODAM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BIG RUSSIAN BOSS, Young P&H - NO HOMO SAPIENS
YER
UMURTQA POGʻONASI
BIOLOGIYA
SKELET


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты