NASHA

NASHA (Cannabis) — nashadoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻt oʻsimliklar turkumi; yigiriladiganlub tolali, moyli ekin. Vatani — Markaziy Osiyo. Tolasi va moyi uchun mil. av. 1-ming yillikdan ekib kelingan. Bir-biriga juda yaqin 3 turi bor: mada-niy yoki ekma Nasha (C.sativa) — tola olish uchun Rossiya, Belorussiya, Ukraina, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida, Hindistonda ekiladi, yovvoyi holda Mongoliya, Afgʻoniston, Hindiston, Pokiston, Xitoyda oʻsadi; hind N. si (C.indica) — Eron, Turkiya, Suriya va b. mamlakatlarda urugʻidan quyuq moy, bargi va poyasi chekiladigan nasha (narkotik mahsulot — gashish) va urgʻochi toʻpgulidan marixuana olish uchun yetishtiriladi, yovvoyi holda Oʻrta Osiyo, Pokiston, Afgʻoniston, va b. mamlakatlarda oʻsadi; yovvoyi Nasha (C.ruderalis) — Oʻrta Osiyo, Gʻarbiy Sibir, Volgaboʻyida bahori ekinlar orasida, partov yerlarda begona oʻt si-fatida koʻp oʻsadi.

Madaniy Nashaning ildizi oʻq ildiz. 1,5—2,0 m chuqurlikka kirib boradi. Poyasi 1—5 m gacha yetadi, diametri 10 — 30 mm, 7—8 boʻgʻinli, nisbatan issiq-sevar, namsevar oʻsimlik. Naviga qarab vegetatsiya davri 65—160 kun. Ikki uyli (erkak va urgʻochi oʻsimlikka boʻlinadi), chetdan changlanadi. Barglari panjasimon, yashil, bandlari qizgʻ-ish-binafsharang. Gultoʻplami shingil, urgʻochi oʻsimliklarida gʻuj, barg qoʻltiqlarida, erkak oʻsimliklarida esa yon shoxlarining uchlarida joyla-shadi. Gullash davri 15—25 kun davom etib, erkak oʻsimlik gullari urgʻochi oʻsimlik gullaridan 4—7 kundan keyin ochiladi. Mevasi ikki pallali, bir urugʻli yongʻoqcha, yuzasi silliq, diametri 2—5 mm. 1000 dona urugʻi vazni 10—26 g. Urugʻi 1—2° da unib chiqadi, 8—10° da maysalanadi, —5, —6° sovuqqa chidaydi, 19—25° da yaxshi rivojlanadi. Shonalash-gullash davrida suvni kup talab qiladi. Erkak oʻsimliklari erta yetiladi. Tolasi poya poʻstlogʻida joylashadi, dagʻal, yoʻgʻon, ammo juda pishiq, nam oʻtkazmaydi. Po-yasida 27% gacha tola bulib, undan da-gʻal gazlamalar, qop-qanor, arqon tayyorlanadi. Urugʻida 30—35% moy, 18 — 23% oqsil mavjud. Moyi qandolatchilikda, konserva, qayta ishlash, lok-boʻyoq sanoatida, sovun tayyorlashda ishlatiladi. Kunjarasi mollarga beriladi. Tola olish uchun yoppasiga qatorlab, urugʻ olish uchun keng qatorlab ekiladi. Tolasi uchun gullash davrida uriladi. Suvda ivitilib, kuri-tiladi va tolasi ajratib olinadi. Oʻrta Osiyoda kadimdan narkotik modda beradigan hind Nashasi chilim chekishda ishlatilgan.

Ad:. Yormatova D., Oʻsimlikshunoslik, T., 2000; Vinogradov B. I..,Atabayeva X., Dementyev A. A., Rasteniyevodstvo (praktikum), T., 1987.

Halima Otaboyeva.


Lotin alifbosida maqola: NASHA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HINDISTON
XITOY
ROSSIYA
POKISTON
UKRAINA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты