NEGIZ

NEGIZ — soʻzning shaklini hosil qilish uchun asos boʻlib xizmat qiladigan til birligi; soʻzning «oʻzak + yasovchi qoʻshimcha» shaklidagi qismi (ish — oʻzak, chi — soʻz yasovchi qoʻshimcha, demak: ishchi — negiz), undan keyin qoʻshiladigan qoʻshimchalar soʻzning grammatik shaklini hosil qiladi. Negizning hosil boʻlishi yangi lugʻaviy birlik bilan aloqador. Oʻzbek tilida qoʻshimchalar oʻzakdan keyin qoʻshiladigan xususiyatga ega boʻlganligidan, Negiz asosan «oʻzak + yasovchi qoʻshimcha» shak-lida boʻladi, lekin boshqa tillardan kirgan old qoʻshimchalar mavjudligi va bu qoʻshimchalarning soʻz yasovchilarga mansubligi Negizning «old qoʻshimcha + oʻzak» (badavlat), shuningdek, «old qoʻshimcha + oʻzak + yasovchi» (notinch) shakllari ham borligini koʻrsatadi. Demak, Negiz morfemalarning qoʻshilishidan hosil boʻladi, yaʼni qoʻshimcha or-qali oʻzakdan Negiz yaratiladi yoki bir Negizdan boshqa Negiz hosil qilinadi (Mas, temirchilik soʻzida temir + chi = birlamchi Negiz, temirchi + lik ikkilamchi Negiz va yasama soʻz tushunchalari oʻzaro aloqador, lekin boshqa-boshqa hodisalardir. Baʼzi adabiyotlarda asos, oʻzak-negiz terminlari ham Negiz soʻzining si-nonimi sifatida qoʻllanadi.

Nemat Mahkamov.


Lotin alifbosida maqola: NEGIZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
GRAMMATIKA
XITOY
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты