NEYRODERMIT

NEYRODERMIT (neyro… va yun. derma — teri) — terining nerv-allergik ka-salligi. Qattiq qichishish, tugunchali toshmalar — papulalar toshishi, zararlangan soha terisining qalin tortishi b-n kechadi. Neyrodermitga, asosan, nerv sistemasining funksional oʻzgarishlari, irsiy omillari, meʼda-ichak kasalliklari, ichki sekretsiya bezlari fao-liyati hamda moddalar almashinuvining buzilishi va h. k. sabab boʻladi. Neyrodermitning cheklangan, diffuz (tarqoq) va atipik shakllari bor.

Cheklangan Neyrodermitda terining maʼlum bir sohasi qattiq qichishadi. Zararla-nish oʻchogi boʻyinning orqa va yon kismi, jinsiy aʼzolar, dumbalar orasidagi burmalar va katta boʻgʻimlarning bukuvchi yuzasida boʻladi. Qichishish kuchayganda terida mayda tugunchalar paydo boʻlib, yuzasi kepakli tangachalar bilan qoplanadi. Keyinchalik tugunchalar bir-biri bilan qoʻshilib, kattaginajoyni egallashi mumkin. Toshmalar och pushti, qoʻngʻir tusda, yassi va yumalok, shaklda boʻladi. Teri asta-sekin kalin tortib zichlashadi. Oʻtkir yalligʻlangan oʻchoqlarda shilinishlar kuzatiladi. Hadeb qashlana berish natijasida chiqqan qon qotib, qora qoʻtir boʻladi. Ka-sallik uzoq davom etadi.

Diffuz Neyrodermitda, asosan, yuz, boʻyin, qoʻl va oyoq bukilmalari, jinsiy aʼzolar va sonning ichki yuzasi zararlanadi. Dastlab och pushti rangli tugunchalar paydo boʻladi va infiltratlanadi. Teri quruq, usti mayda kepakli tangachalar b-n qoplanadi. Tananing tabiiy burmalarida yoriklar yuzaga keladi.

Terining kuchli qichishishi, toshmalar toshishi, nerv sistemasi faoliya-tining buzilishi va b. N. ga xos belgilardir. Kuchli qichishish bemor uyqusining buzilishiga, nevrotik holatga olib keladi. Kasallik koʻpincha faslga bogʻliq, u, asosan, qishda zoʻrayib, yozda remissiya xrlatida boʻladi. Neyrodermit bronxiol astma, vazomotor rinit va b. allergik kasalliklar bilan birga kechishi mumkin. Ekssudatli Neyrodermit ham bor, bunda toshmalar namlanib turadi, ular tushib ket-gach, oʻrni anchagacha qizarib turadi.

Bitami nlar, gormonlar, tinchlantiradigan dorilar, maz va b., shuningdek, fizioterapevtik muolajalar buyuriladi.


Lotin alifbosida maqola: NEYRODERMIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TERI
TERI KASALLIKLARI
JINSIY HAYOT
IRSIY KASALLIKLAR


Комментарии 1

Risolat
Men shu kasalik bn ko‘p vaqtdan bera davolanaman lekin davo topmadim har yilli davolanaman yana paydo bo‘laveradi
10 мая 2023 22:22

Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты