NEYROFIZIOLOGIYA

NEYROFIZIOLOGIYA — fiziologiyaning bir boʻlimi. Nerv sistemasi reflektor prinsipda ishlashi haqidagi tasavvur 17-a. da fransuz fiziologi R. Dekart, 18-a. da chex fiziologi Y. Proxaska tomonidan ilgari surilgan. Biroq Neyrofiziologiya fan sifatida 19-a. ning 1-yar-midan, nerv sistemasi tajriba usullari bilan oʻrganila boshlangandan soʻng shakllandi. 19-a. boshlarida Shotlandiya anatomi va fiziologi Ch. Bell (1811) hamda fransuz fiziologi F. Majandi (1822) birbiridan bexabar orka miyaning orqa ildizi kesilgandan soʻng sezgi, oldingisi kesilgandan keyin harakat yoʻqolishini anikladi. Shundan soʻng u yoki bu funksiya nerv sistemasining kayerida joylashganligini aniklash uchun miyaning turli tuzilmalarini kesish, keyinchalik ularga sunʼiy yoʻl bilan taʼsir etish usulidan keng foydalanildi. I. M. Sechenov (1863) tomonidan markaziy tormozlanish, yaʼni nerv sistemasining maʼlum mar-kazi taʼsirlanishidan uning faol qolati — qoʻzgʻalishini emas, balki soʻnishini vujudga keltiradigan hodi-saning kashf etilishi Neyrofiziologiya rivojida muhim bosqich boʻldi. Markaziy nerv sistemasi funksiyasini oʻrganishda N. Ye. Vvedenskiy, V. M. Bexterev, ingliz fiziologi Ch. Sherrington va b. ning hissasi katta. Yuraktomir faoliyati va nafasni boshkarishda bosh miya so-pining rolini rus olimlari F. V. Ovsyannikov, N. A. Mislavskiy, shuningdek, fransuz fiziologi P. Flurans, miyacha rolini Italiya olimi L. Lyuchiani anik/tgan. Bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻi funksiyasini eks-perimental tekshirishni I. P. Pavlov boshlab berdi, shu bilan birga poʻstloqda sodir boʻladigan nerv jarayonlarini obyektiv qayd qilish imkoniyatlarini koʻrsatdi (q. Oliy nerv faoliyati). Rus fiziologi A. A. Uxtomskiy Neyrofiziologiyaga dominanta prinsipi haqidagi tushunchani kiritdi. Bioelektr potensiallarini qayd qilish metodining kashf etilishi va ishlab chiqilishi tufayli Neyrofiziologiyada nerv hujayralari faoliyatini va qoʻzgʻalish hamda tormozlanish tabiatini oʻrganish masalalari ilgari su-rildi.

Hoz. Neyrofiziologiya oldida nerv sistemasining integrativ faoliyatini oʻrganish masalalari turibdi. Bu nerv sistemasini kesish va turli qismlarini olib tashlash, uning elektr potensiallarini ichki va sirtqi elektrodlar yordamida sinash, nerv strukturasiga elektr va t-ra taʼsir ettirish va b. metodlarga asoslangan. Miya sopi retikulyar for-matsiyasining aktivlashtiruvchi hamda tormozlovchi taʼsirini kashf etish va batafsil aniklash, somatik va visse-ral funksiyalarni birlashtirib turadigan oliy markazlardan biri boʻlgan miya limbik sistemasining tavsif etilishi, nerv hamda endokrin sistemaning boshkarilish mexanizmi gipotalamusaapshmni aniklash va b. kashfiyotlar Neyrofiziologiyaning yutuklaridandir. Nerv sistemasi faoliyatining hujayra mexanizmini mufassal oʻrganishda mikroelektrod texnika xdmda elektron mikroskopiya yaxshi natija bermoqda. Mikroelektrodlarni neyron ichiga kiritib, turli tipdagi neyronlarda qoʻzgʻalish va tormozlanish qanday paydo boʻlishi, bu jarayonlarning hujayra ichidagi mexanizmi qay tarz-daligi, bir hujayra aktivligi bosh-qasiga qanday oʻtishi toʻgʻrisida maʼlumotlar olingan. Nerv sistemasi us-tida olib boriladigan eksperimentlar asosida baʼzi neyron va nerv turlarining modelini yasash rivojlanmoqda. Zamonaviy Neyrofiziologiya neyrokiber-netika, neyrokimyo, neyrobionika (q. Bionika) kabi fanlar bilan chambarchas bogʻlangan.

Ad.: Babskiy Ye. B. va b., Odam fiziologiyasi, T., 1972; Majidov N. M., Troshin V. D., Profilakticheskaya nevrologiya, 1-4 t., T., 1995-98.


Lotin alifbosida maqola: NEYROFIZIOLOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
ChEXIYA
FIZIKA
XITOY
TIBBIYOT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты