OZODLIKDAN MAHRUM QILISH

OZODLIKDAN MAHRUM QILISH — jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxsni maxsus ajratilgan tarbiyaviy muassasalarda majburiy ravishda ja-miyatdan ajratishda ifodalanadigan jazo turi. Ozodlikdan mahrum qilish asosiy va eng ogʻir ja-zolardan biri hisoblanadi. U mahkumlarta nisbatan jiddiy cheklashlar qoʻllash bilan bogʻlikdir. Mahkum faqat jamiyatdan ajralib krlmasdan, balki harakatlanish, mehnat faoliyatini tanlash erkinligidan ham mahrum boʻladi, oʻz vaqtidan foydalanish imkoni-yati cheklanadi va h. k.

Ozodlikdan mahrum qilishning maqsadi aybdor (jinoyatchi)ni jamiyatdan ajratish yoʻli bilan uning jinoiy faoliyatini davom et-tirish imkoniyatini yoʻqotish, tarbi-yalash, shuningdek, boshqa beqaror fu-qarolarga ogohlantiruvchi taʼsir koʻrsatishdir. OʻzR Jinoyat kodeksi te-gishli moddasi sanksiyasi Ozodlikdan mahrum qilish toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan hollardagina ushbu jazo chorasi qoʻllaniladi.

Ozodlikdan mahrum qilish Oʻzbekiston Respublikasi JK moddasi bilan belgilangan doirada mu-ayyan muddatga sud tomonidan tayinla-nadi. Ozodlikdan mahrum qilish muddati 6 oydan 20 yilgacha belgilangan, bir necha jazolarni qoʻyish tartibida esa 25 yilgacha belgilanishi mumkin. Mahkumlar Ozodlikdan mahrum qilish jazosini turli tarbiyaviy muassasalarda oʻtaydilar, uning turlarini sud oʻz hukmida belgilab beradi. Ular manzil koloniyalar, umumiy, qattiq va maxsus tartibli koloniyalar yoki turmalar boʻlishi mumkin.


Lotin alifbosida maqola: OZODLIKDAN MAHRUM QILISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AYB
TOSHKENT
FRANSIYA
YER
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты