OZON

OZON (yun. ozon — hid tarqatuvchi) , O3 — kislorodning allotropik shakli. Ozon molekulasida 3 ta kislorod atomi bor. O. ni ilk bor 1785-y. da gollandiyalik fizik Van-Marum havo orqali elektr uchqunlari oʻtkazilganda oʻziga xos hid paydo boʻlishi va oksid-lovchi xossaga ega boʻlishligini topgan. Ozonning xossalari kislorodnikidan keskin farq qiladi. Koʻk tusli va odatdagi sharoitda portlovchi gaz. Qay-nash t-rasi — 111,8°, suyuqlanish t-rasi — 192,4°. Kuchli oksidlovchi va bekaror modda. Kaliy yodidning neytral eritmasiga Ozon taʼsir etganida, kaliy yodid oksidlanib, yod hosil boʻladi. Qora tusli qoʻrgʻoshin sulfid O. taʼsirida oksidlanib, oq tusli qoʻrgʻoshin sulfatiga aylanadi. Ozon baʼzi bir anor-ganik va organik moddalar bilan birik-kanda, ozonidlar (q. Peroksidlar) vujudga keladi. Ozon hosil qilish uchun maxsus asbob — ozonator ishlatiladi. Ozon havoda juda oz miqdorda (1 m3 da 1 m2) boʻladi. Yer yuzasidan uzoklashgan sayin Ozon miqdori ortib boradi va 20—25 km balandlikda maksimumga yetadi. Oksidlovchi, dezinfeksiyalovchi va bakteri-yalarni oʻldiruvchi xossalarga ega boʻlganligi uchun ichimlik suvini to-zalashda, oziqovqat sanoatida, oksidlovchi sifatida yogʻ va qogʻozni oqartirishda ham ishlatiladi. Ozonning havodagi konsentratsiyasi 5—10% dan osh-masligi kerak, chunki Ozon is gazi SO ga nisbatan ham zaxarlidir.

Mezosfera va stratosferadagi atomar kislorod (O) molekula holdagi kislorod (O2) bilan toʻqnashib, O, hosil qiladi: O+O2=O3, molekulalar toʻlqin uz. 200—300 nm boʻlgan fotonlarni yutadi. Bu juda muhim. Agar stratosfe-rada Ozon qatlami boʻlmasa, yuqori energiyaga ega boʻlgan qisqa toʻlqinli fo-tonlar Yer sathiga yetib qolar, undagi oʻsimlik va hayvonlar bunday yuqori energiyali nurga bardosh berolmagan boʻlar edi. «Ozon qalqoni» Yerda hayotni saklab qolishda muhim rol oʻynaydi. Lekin tovushdan tez uchadigan samolyotlarning ichki yonish dvigatellaridan chiqadigan yuqori harorat atmosferadagi kislorod bilan azotning reaksiyaga kirishishiga, azot monoksidining hosil boʻlishiga va u O. b-n reaksiyaga kirishib, «Ozon qalqoni»ga salbiy taʼ-sir etishiga olib keladi. Sovitkichlar, purkovchi gaz balonchalaridan chiqadigan xlorftometan ham xuddi shunday taʼsirga ega. «Ozon teshigi» iborasi shular tufayli kelib chiqqan.


Lotin alifbosida maqola: OZON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
KISLOROD
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI
OKEAN
HAVO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты