OY — Yerning tabiiy yoʻldoshi; Yerga eng yaqin osmon jismi, undan oʻrtacha uzokligi 384400 km. Astronomik belgisi O. Oy orbitasi ekliptika tekisligiga oʻrtacha 5°8ʻ43» burchak ostida yotib, 4°58ʻ dan 5°20ʻ gacha oʻzgarib turadi. Oy Yer atrofida gʻarbdan sharqqa harakatlanib, biror yulduzga nisbatan toʻla aylanish davri uning siderik (yoki yulduz) davri deb ataladi. Bu davr 27,32 oʻrtacha Quyosh sutkasiga teng. Oy orbitasining ekliptika tekisligi bilan kesishish nuqtalari uning chiqish va tushish tugunlari deyiladi. Oy tugunlari ekliptika boʻylab Oyning hara-katiga qarama-qarshi yoʻnalishda (yaʼni gʻarbga tomon) siljib boradi va 18 yilu 7 oy (6793 sutka)da ekliptikani toʻla bir marta aylanib chiqadi. Oyning biror tugundan chiqib, yana shu tugunga qaytib kelishi orasida oʻtgan vaqt ajdar oyi deyilib, u oʻrtacha 27,21222 sut-kaga tengdir. Quyosh va Oy tutilishlarining davriyligi shu oy bilan bogʻliq.
Oy oʻz orbitasi bilan oʻrtacha 83°20ʻ burchak tashkil etuvchi oʻq atrofida aylanadi. Uning oʻz oʻqi atrofida aylanish davri (27,32 sutka) siderik oy (davr)ga teng, shu sababli Oy hamma vaqt Yerga bir tomoni bilan «qarab» turadi. Bu davrlarning bir xil boʻlib qol-ganligi tasodifiy emas. Yerning tortish kuchi Oyning oʻz oʻqi atrofida aylanishiga taʼsir koʻrsatib (sekinlatib), million yillar davomida uni Yer atrofida aylanish davriga tenglashtirilgan.
Oy uz oʻqi atrofida tekis aylangani holda Yer atrofida aylanish orbitasining turli nuqtalarida uning tezligi turlicha boʻladi, natijada Yerdan Karaganda Oy bir oz tebranib harakatlanganday koʻrinadi. Tebranish uzunlama boʻyicha 7°54ʻ, kenglama boʻyicha 6°50ʻ ni tashkil etadi. Bunday tebranish libratsiya deyiladi.
Oy shar shaklida boʻlib, radiusi 1737 km, yaʼni 0,2724 Yerning ekvatorial radiusiga teng. Oy sirti maydoni 3,8-107 km2ni, hajmi — 0,0743 = ʻ/49 Yer hajmini tashkil etadi. Oy sirtidagi nuqtalarning radiusini oʻlchash uchun libratsiyaga asoslangan kuchsiz stereoskopik effektdan foydalaniladi. Libratsiyani oʻrganish Oy ellipsoidining bosh yarim oʻklari farqini aniqlashga imkon berdi. Oyning qutbiy oʻqi Yerga yoʻnalgan ekvatorial oʻqdan 700 m, Yerga tomon yoʻnalishga perpendikulyar yoʻnalishdagi ekvatorial oʻqdan esa 400 m kichik. Shunday qilib, Yerning tortish kuchi taʼsirida Oy shaklida Yerga yoʻnalgan qabariklik hosil boʻlgan. Yerdan uchirilgan sunʼiy yoʻldoshlar harakat trayektoriyalarini oʻrganish asosida Oy massasi eng aniq hisoblangan: u Yer massasidan 81,3-marta kichik, yaʼni 7,35-1025 g. Oʻrtacha zichligi 3,34 g/sm3 (0,61 Yer oʻrtacha zichli-gi)ga teng. Ogʻirlik kuchining tezlanishi, Oy sathida Yerdagidan 6-marta kichik, yaʼni 162,3 sm/s2 boʻlib, Oy sathidan har bir km koʻtarilgan sari 1 0,187 sm/s2 ga kamayib boradi. Oyda birinchi kosmik tezlik 1680 m/s, ikkinchi kosmik tezlik 2375 m/s. Oyning tortish kuchi kichik boʻlganligi sababli, uning atrofida gaz qobigʻi va erkin holdagi suv boʻlishi mumkin emas.
Oy sirti birmuncha qora-oq rangda, uning albedosi (nurni qaytarish darajasi) 0,073, yaʼni Quyoshdan tushayotgan nurlarning faqat 7,3% ini qaytaradi. Oyning Yerdan oʻrtacha uzoqlikdagi koʻrinma yulduz kattaligi 12,7. Toʻlin Oy Quyoshga qaraganda 465000-marta xira. Oyning oʻz oʻqi atrofida Quyoshga nisbatan bir marta toʻla aylanish davri sinodik oy deyilib, u 29,53059 sutkani tashkil etadi. Oyning boshqa fazalarida esa uning yoritilishi yanada kam. Mas, 7 va 22 kunlik Oy yorugʻligi toʻlin Oy yorugʻligining 8% iga teng. Oyning rang koʻrsatkichi +1,2. Oy oʻz oʻqi atrofida Quyoshga nisbatan bir sinodik oyda bir marta toʻla aylanib chikali. Shuning uchun Oyda bir kunduzi va kechasi salkam 15 sutka davom etadi. Oyda atmosfera boʻlmaganligi uchun tuprogʻi t-rasi kunduzi (Quyosh koʻrinishiga nisbatan) +120°, kechasi — 150° gacha boradi. Radiotoʻlqinlar yordamida kuzatish shuni koʻrsatdiki, Oy tuprogʻi t-rasining bunday oʻzgarishi faqat sirtqi qatlamlarga xos boʻlib, bir necha dm chuqurliqsa t-ra deyarli oʻzgarmaydi.
«Oy geografiyasi»ni selenografiya fani oʻrganadi. Oyning mukammal xaritalari tuzilgan. Ayniqsa, Oyning Yerdan koʻrinadigan tomoni yaxshi oʻrganilgan, sirtidagi 32000 ta turli togʻ, krater va dengizlarga nom berilgan. Bundan tashqari, 200000 ga yaqin mayda nomlanmagan tuzilmalar Oy xaritasiga tushirilgan (1-rasm). Quvvatli teleskoplarda Oy sirtida kattaligi 100 m keladigan toshlar yoki yoriklarni koʻrish mumkin (2-rasm). Oddiy koʻz bilan Oy diskida «dengizlar» deb nomlangan katta-katta qora dogʻlar koʻri-nadi. Dengizlar chetidagi kichik shoxobchalar «qultiqlar», katta yorugʻ dogʻlar «qitʼalar» va oʻrtacha yorugʻlikdagi dogʻlar «botqoqliklar» deb ataladi. Bunday nomlarni 17-a. da yashagan italiyalik astronom Richcholi taklif qilgan. Oyni birinchi marta 1610-y. da G. Galiley teleskopdan kuzatgan, 1647-y. da Ya. Geveliy (Gdansk) birinchi Oy xaritasini tuzgan. Oy dengizlari oʻrtacha satxdan pastroq joylashgan, qitʼalari esa, asosan, togʻli r-nlardir. Kuzatishlar natijasida qitʼa va dengizlar boshqaboshqa modsalardan tashkil topgan, degan xulosaga kelindi. Oydagi eng katta dengiz «Boʻronlar okeani» deb ataladi. Oy xaritasida «Moʻl-koʻlchilik dengizi», «Sokinlik dengizi», «Bulutlar dengizi», «Ravshanlik dengizi», «Yomgʻirlar dengizi», «Moskva dengizi», «Orzu dengizi» kabi nomlar bor.
Oy sirti teleskopda benihoya notekis, oʻnqir-choʻnqir boʻlib koʻrinadi (3-rasm). Ayniqsa qitʼalarda zich joylashgan va baʼzan «dengizlar»da uchraydigan aylana yoki ellips shaklidagi halqasimon togʻlar koʻp. Diametrlari bir necha yuz m dan bir necha yuz km gacha keladigan halqasimon togʻlarning 30000 tadan ortigʻi Oy xaritalarida aks ettirilgan.
Baʼzi halqasimon togʻlar qoramtir moddalar bilan qoplangan. Ularga sirklar deb nom berilgan. Sirklarning maksimal diametri 250 km gacha yetadi. Oy sharsimon boʻlganligi sababli, katta sirklarning ichi teleskopda qabariq bulib koʻrinadi. Halqasimon togʻlar orasida, markaziy qismida chudili tepaliklar boʻlgan togʻlar ajralib turadi. Ular kraterlar deb ataladi. Odatda, kraterlar sirklardan kichik boʻladi, lekin diametri 100 km ga yetadiganlari ham uchraydi.
Oyda tizma togʻlar kraterlardan kamroq uchraydi. Oydagi tizma togʻlarga Yerdagi togʻlarning nomlari berilgan. Mac, Oy xaritalarida Alp, Karpat, Oltoy, Kavkaz va b. togʻlar bor. Oyning Jan. qutbi atrofida togʻlar benixrya koʻp, balandi Leybnis togʻi — 9 km. Oyning bizga koʻrinmaydigan tomonida togʻli joylar kup, krramtir tekislik va dengizlar juda kam. Oy orqa tomonining qitalarida diametri 200—500 km li katta-katta kraterlar kup. «Zond-3» yordamida olingan 5 mln. km2 ga yaqin hudud aks ettirilgan fotosuratda 484 tadan ortiq krater bor.
Oy sunʼiy yoʻldoshlari yordamida Oydan keltirilgan ayrim vulqon jinslarining yoshi qariyb 4,5 milliard yilligi aniqlandi. Bu yillar davomida Oyning tuzilishi, fizik tabiati, kimyoviy tarkibida katta oʻzgarishlar yuz bergan. Lekin shular asosida Oyning paydo bulishi haqida uzil-kesil biror fikr aytish qiyin. Oyning paydo boʻlishi va taraqqiyotini muxim maʼlumotlarga tayangan ilmiy gipotezalar asosida kosmogoniya fani tushuntiradi.
Oyni tadqiq qilishning yangi bosqichi Oyga sayyoralararo avtomatik stansiyalar (SAS)ni uchirishdan boshlandi. Oyni «Luna» va «Zond» tipidagi SASlar b-n, «Lunar Orbiter», «Serveyer» va asosan, «Apollon» dasturi yordamida tadqiqqilindi. Oyning toʻliq xaritasi va globusini yasash imkoni tugʻildi. 1966-y. 31 yanv. da uchirilgan SSSRning «Luna-9» KK 1966-y. 3 fev. da Oyga birinchi marta yumshoq qoʻndirildi. Uning yordamida Oy panoramasi Yerga uzatildi. Oy atrofida aylanuvchi sunʼiy yoʻldosh 1966-y. 31-martda uchirilgan «Luna-10» st-yasi bilan boshlandi. U 1966-y. 3-aprelda Oyning birinchi sunʼiy yoʻldoshiga aylantirildi. Oyga qoʻndirilgan SASlar Oy tuprogʻini, uning kimyoviy tarkibini va mexanik xossalarini, fizik sharoitini oʻrganishga imkon berdi. Maʼlum boʻlishicha, Oy sirtqi qismining zichligi 1,1 — 1,2 g/sm3 boʻlib, 1 kg/sm3 nagruzkagacha chidaydi. 1969-y. 21-iyulda Oyga birinchi marta amerikalik astronavtlar N. Armstrong va E. Oldrin «Apollon-11» (AQSH) kosmik kemasi yordamida uchirildi va Oy sirtiga qoʻndirildi. Keyingi «Apollon»larda uchirilgan 18 ta astronavtdan 10 tasi Oyga qoʻndirilib, ular Oyda tekshirish olib bordilar (5rasm) va u yerdan bir necha yuz kg tuproq, togʻ jinslari, kristallar namunalarini Yerga olib tushdilar (q. «Apollon»). 1970-y. 20 sent. da «Luna-16» st-yasi Oy tuprogʻini 35 sm chuqurlikkacha qazib, undan olingan namunalarni Yerga olib keldi. Oy tup-rogʻi va jinslaridan namunalar keyinchalik «Luna-20» va «Luna24» avtomatik stansiyalar tomonidan ham keltirib oʻrganildi (q. «Luna»). Oy sirtining fizik sharoitlari, tuproq namunalari,shuningdek, SSSRning «Lunoxod-1,2 («Luna-17» tomonidan Oyga 17.11,1970 va «Luna-21» tomonidan 16.1.1973-y. da eltilgan) i. t. laboratoriyalari tomonidan ham yaxshi oʻrganildi (q. «Lunoxod»). Bu apparatlar yordamida Oyda issiklik oqimining oʻzgarishi, magnit maydoni, radiatsiya darajasi, Quyosh «shamoli»ning tarkibi va intensivligi oʻrganildi.
Oyning kosmik apparatlar qoʻndirilgan xamma joyida Oy sathi regiolit bilan qoplanganligi aniklandi. Regiolit — yumshoq qoʻngʻir rangli tuproq qatlami boʻlib, qalinligi bir necha m dan bir necha oʻn m gacha. Regiolitning baʼzi boʻlaklarida meteorit zarralari topilgan. Yerga keltirilgan namunalar orasida ikki turli jinslarni uchratish mumkin: vulqon jinslari (lavalar) va meteoritlar tushganida maydalangan va erigan jinslar (shisha sinikdarini eslatuvchi jinslar — brekchiya). Vulqon jinslarining asosiy massasi Yerdagi bazaltlarga oʻxshaydi. Ularda plagioklaz, piroksen, ilmenit, olivin, shpinel, sirkon, apatit, metalli temir va mis uchraydi. Shuningdek, Oydan keltirilgan namunalarda norit, anortozit, datsit va kaliy, fosforlar borligi aniklandi. Oy tuprogʻida kremniy oksidi (SiO2) 44% ga yaqinni, temir oksidi (GʻyeO) — 19,5% ni, alyuminiy oksidi (A12O3) — 14% ni, titan oksidi (TiO2) — 4% ga yaqinini tashkil etadi. Jinslarning barcha turlari Oy qaʼrida uzoq vaqt davom etgan erish jarayonida hosil boʻlgan. Oy jinslari qator xossalari bilan Yernikidan farq qiladi. Ularda suv gʻoyat kam, natriy va uchuvchi elementlar esa juda oz mikdorda uchraydi, baʼzi namunalarda titan va temir juda koʻp.
Mamatmusa Mamadazimov.