NEYTROFILLAR

NEYTROFILLAR (lot. neuter – u ham, bu ham emas va yun. phileo — sevaman) — umurtqali hayvonlar va odam qoni leykotsitlarining bir xili. Neytrofillar protoplazmasi rangsiz yoki och pushti, qizgʻish-binafsha rangda, donador. Oʻrtacha kattaligi 9—12 mkm. Neytrofillar yetilib borishiga qarab quyidagilarga ajratiladi: miyelotsitlar, yosh Neytrofillar, tayoqcha oʻzakli Neytrofillar va segment oʻzakli N. N. promiyelotsitlardan yetilishiga qarab oʻzga-rib boradi, asosiy oʻzgarishlar oʻzagida kuzatiladi: dastlab oʻzakda botiq hosil boʻladi, keyin oʻzak bukilgan tayoqchani eslatadi, soʻngra orasida ingichka koʻprikchalari bor segmentlarga (3 tadan 5 tagacha) boʻlinadi. Neytrofillar fagotsitoz qilish va gumoral omillar i. ch. xususiyatiga ega, shuning uchun mikrofaglar guruhiga kiritilgan. Katta yoshli odamlarda tayoqcha oʻzakli Neytrofillar 1—6% ni, segment oʻzakli Neytrofillar 47—72% ni tashkil qiladi. Sogʻlom odam qonida yosh Neytrofillar uch-ramaydi. Har xil patologiyalarda segment oʻzakli Neytrofillarning segmentlanmagan Neytrofillarga nisbati oʻzgaradi. Mas, bu koʻrsat-kich kamaysa, Neytrofillarning chap tomonga sil-jishi (koʻpgina yalligʻlanish jarayonlari, leykotsitozda), koʻrsatkich koʻpaysa, oʻng tomonga siljishi, leykopeniya kuzatiladi (ogʻir kechuvchi anemiyada). Har xil kasalliklarda Neytrofillarning xajmi, protoplazmasi va donadorligi oʻzgarishi mumkin. Qrnda N. miqdorining koʻpayishi neytrofillyoz deb ataladi.


Lotin alifbosida maqola: NEYTROFILLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
XITOY
OKEAN
Dj Piligrim - Seni sevaman


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты