OKOP

OKOP (rus. okop — xandaq, chukur) — harbiy ishda — jonli kuchlar va jangovar texnikani dushman oʻtidan pana qiladigan, jangovar marra (pozitsiya) vazifasini ugaydigan xarbiy muhandislik inshooti. Bobur va Shayboniyxon qoʻshinlarida Okop «moʻljar» istilohi b-n ataladi. Toʻfang va miltiqning paydo boʻlishi (16-a. 1-yarmi) natijasida Okopga ehtiyoj sezildi. Okopning keyingi taraqqiyoti oʻyiq stvolli qurollarning paydo boʻlishi bilan bogʻliq(19-a. 2-yarmi). Odatda, Okop bir kishi, boʻlim, pulemyot, minomyot, toʻp, tank va b. uchun moʻljallangan boʻladi. Bir kishilik Okop yotgan odam koʻrinmaydigan darajadagi oʻlchamda (110—150 sm chuqurlik, 150— 170 sm uzunlikda) kaziladi. Bir kishilik Okop oʻzaro birlashtirilib, boʻlinma uchun okop hosil qilinadi. Boʻlim O. lari atrofi tuproq bilan shibbalangan chukurlik (transheya), 1—2 kishiga moʻljallangan oʻq otish joylari, qoʻl pulemyoti uchun maydoncha, shaxsiy tarkib uchun oddiyroq pana joy, oʻq-dorilar qoʻyiladigan tokchalardan iborat boʻladi. Minomyot, toʻp, tank va b. uchun qurilgan Okopda oʻt ochish maydonchasi, ekipaj (raschyot) uchun pana joy, jangovar texnikaning Okopga kirishi va chiqishi uchun yoʻlak hamda brustver (tuprok, koʻtarma) boʻladi. Okop barcha turdagi jangovar xarakatlarda, ayniqsa, mudofaada keng kullaniladi. Okop singuvchi radiatsiyani ancha qaytaradi, zarb toʻlqinini va yorugʻlik nurining shikastlash doirasini ka-maytiradi. Okopni qoʻshinlar oʻz kuchi va maxsus Okop kavlash mashinalari bilan kaziydi. Okopning devorlari chim, taxta, shox-shabba va b. narsalar bilan mahkamlanadi. Transheya va aloqa yoʻllarining himoya kuvvatini oshirish uchun baʼzan ularning usti yopiladi. Togʻli joylarda Okop tosh va xarsanglardan terib hosil qilinadi. Yer portlatilib, chukurlik ochiladi. Mustahkam boʻlishi uchun toshlar orasiga tuprok,, baʼzan kum solingan qoplar joylashtiriladi. Barcha xildagi Okop joyning tabiiy koʻrinishiga moslab niqoblanadi. Ommaviy qirgʻin kurollari, kimyoviy, biologik (bakteriologik) kurollar mavjud boʻlgan hoz. sharoitda Okop oʻz ahamiyatini ancha yoʻqotdi, lekin hozir ham sharoit taqozosi bilan Okopdan foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: OKOP haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BOBUR
JANGOVAR TARTIB
YER
HARBIY SANʼAT
PULEMYOT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты