OLAMUSHUK ADIRI

OLAMUSHUK ADIRI — Fargʻona bo-tigʻining jan.-sharqiy qismi (Andijon viloyati hududi)da joylashgan adir. Jan. va jan.-sharkda Oʻsh-Aravon adirorti botigʻi, gʻarbda Aravon — Shahrixon yoy-ilma konuslari orasida. Gʻarbda Andijon adiri bilan tutashgan, shim. da Qoradaryoga yaqinlashadi. Olamushuk adiri jan.gʻarbdan shim.-sharqqa 15 km masofaga choʻzilgan, eni 300—700 m, eng baland joyi 919 m. Atrofidagi tekisliklardan 300—400 m ga koʻtarilgan, jan.-sharqiy yon bagri tikroq.. Yon bagʻirlari koʻplab quruqsoylar va jarliklar bilan kesilgan. Tektonik jihatdan braxiantiklinal struktura. Paleogen, neogen va toʻrtlamchi davr konglomerati, loytosh, qumtosh, qumoq jinslardan tashkil topgan. Ular quyi yerlarda qalin lyossimon jinslar b-n qoplangan, relyefi tekisroq. Adirning quyi qismi toʻrtlamchi davrda sodir boʻlgan yangi tektonik xarakatlar natijasida koʻtarilgan. Iklimi qurgʻoqchil, yozi issiq, yillik yogʻin 20—300 mm. Tuprogʻi boʻz tuproq. Rang, koʻngʻirbosh, shaytonkovush kabi oʻsimliklar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan qoʻshoyoq, boʻrsiq, jayra, tulki, kalamush, kaltakesak, ilonlar va b. uchraydi. Tabiiy boyliklardan neft, tabiiy gaz, oltingugurt bor. O. a. yerlari yaylov sifatida ham foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: OLAMUSHUK ADIRI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANDIJON VILOYATI
YER
TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты