OLIY NERV FAOLIYATI

OLIY NERV FAOLIYATI — hayvon va odam markaziy nerv sistemasi oliy bulimlari (bosh miya yarim sharlari pusti va pust osti markazlari)ning faoliyati; butun organizmning tashki muhit b-n normal munosabatda bulib turishini taʼminlaydi. Oliy nerv faoliyati termi-nini fanga I. P. Pavlov kiritgan. U O. n. f. ni «psixik faoliyat» bilan bir maʼnodagi tushuncha deb hisoblagan. Pavlov aytganidek, psixik faoliyatning hamma shakllari, jumladan, odam tafakkuri va ongi Oliy nerv faoliyati elementlaridandir. Oliy nerv faoliyati toʻgʻrisidagi taʼlimotni yaratuvchilardan biri — Pavlovning oʻtmishdoshi I. M. Sechenov boʻlgan. U «Bosh miya reflekslari» degan asarida (1863) psixik faoliyatning reflektor tabia-ti toʻgʻrisidagi gʻoyani rivojlantirgan. Yuqori darajada tashkil toptan hay-vonlar Oliy nerv faoliyati asosida markaziy nerv sistemasining yuqori qismlari (yuqori darajada tuzilgan umurtqali hayvonlarda va odamda — bosh miya katta yarim sharlarining poʻstlogʻi)da hosil boʻladigan shartli reflekslar hamda murakkab shartsiz reflekslar (instinktlar, emotsiyalar), yaʼni, asosan, poʻstloq osti nerv qosilalari tomonidan amalga oshiriladigan bosh miya faoliyatining shakllari yotadi. Shartsiz reflekslarning Oliy nerv faoliyati dagi roli shundaki, mazkur reflekslar asosida hamma shartli reflekslar hosil boʻlib-gina qolmay, balki shartli va shartsiz reflekslarning Oliy nerv faoliyati dagi ahami-yati hayvonot olamining tarixiy ri-vojlanish jarayonida oʻzgaradi. Pavlov fikricha, hatto yuqori darajada rivojlangan hayvonlar (mas, it, maymun)ning Oliy nerv faoliyati, asosan, hayvonlar bilan odamda umumiy boʻlgan birinchi signal sistemasining xilma-xil va turli-tuman shartli reflekslar yigindisidan iborat. Nutqning asta-sekin rivojla-nishiga qaramasdan birinchi signal sis-temasinmng shartli reflekslari bolalar hayotining dastlabki yillarida Oliy nerv faoliyatining asosiy fondini tashkil qiladi; keyingi oʻsish davrlarida esa odamning Oliy nerv faoliyati maʼlum oʻrinni egallaydi. Lekin odamda mehnat faoliyatining ijtimoiy shakllari rivojla-nishi munosabati bilan ikkinchi signallar paydo boʻldi va rivojlandi. Pavlov Oliy nerv faoliyatining quyidagi asosiy qoidalarini ishlab chiqqan:

1) shartli reflekslar yoki nerv tutashishlarining hosil boʻlishi;

2) shartli refleks kuchining qoʻzgʻalish kuchiga bogʻliqligi;

3) shartli qoʻzgʻatgichlarning yigʻindisi;

4) shartli reflekslar mustahkam boʻlmaganligi uchun, shartli qoʻzgʻatuvchining keskin kuchayishi yoki yangi qoʻzgʻatuvchining taʼsiri tufayli tormozlanishning oʻsishi; 5) nerv ja-rayonlarining bosh miya poʻstlogʻida tar-qalishi va konsentratsiyalanishi na-tijasida uning ayrim qismlari oʻrta-sida aloqaning vujudga kelishi hamda shartli reflekslarning umumlashishi va ixtisoslashishi;

6) qoʻzgʻalish va tormozlanishning poʻstloq manbalari oʻrtasidagi qarama-qarshi oʻzaro muno-sabatni taʼminlaydigan nerv jarayonlarining bir-biri bilan bogʻliq induk-siyasi.

Oliy nerv faoliyatida markaziy hodisa shartli reflekslar boʻlib, ular jahon neyrofiziologiyasi va eksperimental psixologiyadagi muqim tadqiqot obyekti hisoblanadi. Pavlov va uning xodimlari belgilagan Oliy nerv faoliyatining asosiy faktlari va izchilligining toʻgʻri ekanligi olimlarning koʻpgina ishlarida isbotlangan. Xususan, fiziolog P. K. Anoxin funksional sistema nazari-yasini ishlab chiqib, bu nazariyani funksiyalar evolyutsiyasiga tatbiq etdi, natijada evolyutsion jarayonning umumiy qonuniyati boʻlgan sistemogenez tushunchasini yaratdi.


Lotin alifbosida maqola: OLIY NERV FAOLIYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
MARKAZII NERV SISTEMASI
Hosila Rahimova - Hay-haya
OVQATLANISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты