OLIY QISQICHBAQASIMONLAR

OLIY QISQICHBAQASIMONLAR (Malacostraca) — qisqichbaqasimonlar kenja sinfi. Bosh, koʻkrak va qorin boʻgʻimlarining soni doimiy, qorin oyoqlari rivojlangan. Bosh va koʻkrak boʻgʻimlari qoʻshilib, boshkoʻkrakni hosil qiladi. Boshida bir juft fasetkali koʻzlari, uzun va kalta moʻylovlari, 3 juft (bir juft yuqori va 2 juft pastki) jagʻlari boʻladi. Qorin boʻgʻimlari baʼzan oʻzaro yoki telson (dum plastinkasi) bilan qoʻshilib ketadi. Nafas olish va qon aylanish sistemasi yaxshi rivojlangan. Oshqozoni chaynovchi va filtrlovchi boʻlimlardan iborat; hazm bezi murakkab tuzilgan. Oʻzgarishsiz yoki metamorfoz orqali rivojlanadi. «Oliy qisqichbaqasimonlar» nomi bu hayvonlar uchun uncha mos kelmaydi. Chunki ularning murakkab tuzilish belgilari bilan bir qatorda tuban belgilari (mas, ikki shoxli qorin oyoklari) ham boʻladi. 13 taga yaqin turkumga boʻlinadi. 19,5 ming turi maʼlum. Juda keng tarqalgan; asosan, dengiz bentosida yashovchi va pela-gik hayvonlar. Chuchuk suvlarda daryo kisqichbakalari, suv xoʻtiklari, yonlab suzarlar tarqalgan. Ayrim turlari (zah-kashlar) parazit va kuruklikda yashaydi. Oziq-ovqat sifatida sanoat miqyosida ovlanadi (krevetkalar, langustlar, omarlar, Kamchatka krabi).


Lotin alifbosida maqola: OLIY QISQICHBAQASIMONLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Nelly - Bay [Wal-Mart Bonus Track]
YER
YUKSAK QISQICHBAQASIMONLAR
QISQICHBAQASIMONLAR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты