NEFT SANOATI — ogʻir sanoat sohasi. Neft va gaz konlarini qidirish, kon quduqlari qazish, neft va neft bilan aralash chiqadigan gazni qazib olish, neft gazini qayta ishlash, neftni quvurlar orqali joʻnatishni oʻz ichiga oladi. Neft sanoati neft quduqlarini mexanik usulda qazishga oʻtilgan davrdan (AQSH, 1859) rivojlana boshladi, deb hisoblanadi. Rossiyada 1-neft qudugʻi Kubanda 1864-y. da qazilgan. Neft sanoati Kanadada 1862-y. dan, Venesuelada 1917-y. dan, Eronda 1908-y. dan paydo boʻlgan.
Oʻzbekistonda dastlabki neft koni 1904-y. da ochilgan (Fargona vodiysidagi Chimyon neft konida 278 m chuqurlikdan sutkasiga 130 t neft olingan). Oʻsha yili Vannovsk (hoz. Oltiariq) t. y. styasida neftni kayta ishlash z-di ishga tushirildi. Oʻzbekistonda neft sanoatining paydo boʻlishi shu sanadan boshlanadi. Keyinroq Fargona botigʻida Yorqoʻton, Selroxs konlari ham ochildi, Chimyon-Vannovsk neft quvuri qurildi, neftni qayta ishlash z-di kengaytiriddi. Shu davrda rus va chet el kapitali neft qazib olish, uni kayta ishlash, neft mahsulotlarini sotishni toʻla oʻz nazoratiga oldi. «Santo» — Oʻrta Osiyo neft savdosi shirkati tashkil etildi. 1913-y. da jami 13 ming t neft qazib olindi. Oktyabr toʻntarishidan keyin neft konlari va neftni qayta ishlash korxonalari natsionalizatsiya qilinib, neft konlarini izlash, ishga tushirish ham shoʻrolar hokimiyati ix-tiyoriga oʻtkaziddi. Oʻzbekistonga boshqa respublikalardan, ayniqsa, Rossiyadan koʻplab mutaxassislar kela boshladi. Qoʻqon sh. da «Oʻzbekneft» (1924), Ter-miz sh. da «Termizneft» (1936) trestlari tashkil qilindi. Qoʻqon neft tex-nikumi (1935) ochildi. Urushgacha boʻlgan davrda Surxondaryo viloyatida ham neft konlari ochildi va ishga tushirildi (1935; Uchqizil, Xavdag). 1940-y. da mamlakatda neft olinadigan konlar soni 11 taga yetkazildi.
1941—45 y. larda yangi neft konlari (Fargʻona vodiysida Jan. Olamushuk, Polvontosh, Andijon) ochildi va tez fursatda ishga tushirildi. Oltiariq z-di kengaytirildi. Oʻsha davrda respublikada neft sanoatining infratuzylmasi ham vujudga keldi. 1941-y. da 196 ming t, 1945-y. da 478 ming t neft qazib olindi, 50-y. lardan neft konlarida telemexanizatsiya vositalari qoʻllanil-di, turbinali burgʻilash joriy qilina boshladi. 1959-y. da Fargʻona vodiysi va Surxondaryo viloyatidagi 9 neft konining oʻzidan 1460 ming t dan ziyod neft olindi. Usha davrda Buxoro-Xiva hududlarida topilgan neft konlari ishga tushirildi, ularning negizida neft va gaz qazib olish boshqarmasi tashkil etiddi. 70-y. lar boshidan ayrim neft konlaridagi zaxiralarning tugashi natijasida neft qazib olish kamaydi. Yangi neft konlarini topish uchun chu-qur quduklar qazish oʻzlashtirildi. Vo-ruxda 5200 m, Gʻumxonada 5670 m, Chust-Popda 5805 m, Mingbuloqda 6006 m oʻta chu kur neft quduklari burgʻilandi.
1985-y. da Buxoro-Xiva provinsiyasida yaxshi tarkibli, neft-gaz konden-satli Koʻkdumaloq koni ochildi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustakillikka erishganidan soʻng Neft sanoatini rivojlantirish masalasi muhim ishga aylandi. 1992-y. 23. dek. da neft va gaz sanoati hamda u bilan bogʻliq barcha korxona, tashkilot, muassasalar yagona boshkaruvga birlashtirilib, «Oʻzbekneftgaz» milliy korporatsiyam tashkil etildi. 1993-y. Fargʻona botigʻining oʻta chuqur qatlamlaridan (Mingbuloq tuzilmasidan) neft otilib chikdi (qidiruvburgʻilash ishlari davom etmoqda). Respublika neft sanoati xalq xoʻjaligining neftga boʻlgan talabini toʻliq qondirish imkoniyatlariga ega. Ayniqsa, Koʻkdumaloq koni jadal surʼatlar b-n ishga tushirildi. 1995-y. da Oʻzbekistonda 7 mln. t ga yaqin neft va kondensat qazib olindi. 1991—2003-y. larda Oʻzbekistonda neft va gaz kondensatini olish 2,8-marta oshdi (1990-y. da 2,81 mln. t; 1997-y. da 7,9 mln. t) va 1995-y. da neft importini tugatib, respublikaning neft mustaqilligini taʼminlashga imkon yaratdi. 2001-y. ning yanv. ga kelib Oʻzbekistonda 59 kondan neft olindi, 17 ta kon ishlatishga tayyorlangan va kon-servatsiyada. 13 ta kon qidiruv holatida. Neft qazib olish va konlarni izlab-tekshirish boʻyicha Oʻzbekiston — Malayziya qoʻshma korxonasi (Oʻz-Maloyl) (1994) tashkil etildi. Oʻzbekiston neft mustaqilligiga erishgach, chetdan neft va neft mahsulotlari tashib keltirishga zarurat qolmadi. 2000-y. da Oʻzbekiston Neft sanoatida gaz kondensata bilan birga 7,53 mln. t neft qazib olindi.
Neft-kimyo sanoatining rivojlanishi tufayli hoz. zamon iqtisodiyo-tida neftning ahamiyati ortib bormoq-da. Jahonda Neft sanoati AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Eron, Quvayt, Venesuela, Xitoy va b. mamla-katlarda rivojlangan.
Abdurahim Ortiqov.