OLTIN OʻRDA

OLTIN OʻRDA, Joʻji ulusi — 13-a. ning 40-y. lari boshida Joʻjixonning oʻgʻli Botuxon (1238—1255) tomo-nidan asos solingan davlat. 1224-y. Joʻji ulusi Xorazm, Shim. Kavkazdan iborat edi. 1236—40 y. larda Botuxonning yurishlari natijasida Volga bulgʻorlari yurti, Dashti Qipchoq, Qrim, Gʻarbiy Sibir, Oltin Oʻrdaga qoʻshib olindi. Rus knyazlari Oltin Oʻrdaga karam boʻlib, xiroj toʻlab turganlar. Rus manbalarida bu davlat Oltin Oʻrda, Sharq manbalarida Joʻji ulusi deb atalgan. Oltin Oʻrda markazi Botuxon davrida Quyi Volgada, Saroy Botu edi. Berkaxon (1255—66) davrida Saroy Berkaga koʻchirildi. Oltin Oʻrda oldin moʻgʻul qooniga qaram boʻlib, Botuning inisi Berka davrida mustaqillikka erishdi. Saroy Botu, Saroy Berka, Urganch, Sudak, Qofa (Feodosiya), Azoq sav-do markazlari edi. Oltin Oʻrdani xon bosh-qargan. Zarurat tugʻilganda qurultoy chaqirilgan. Davlat ishlari bilan beklarbegi shugʻullangan. Devon ishlarini vazir boshqargan. Soliq yigʻish dorugʻa ixtiyorida boʻlgan. Zarur paytlarda bosqoqlar joʻnatilgan. Yana quyidagi mansab va amallar boʻlgan: alpaut (zodagon), tuman, tumanbegi, elchi, bosqoq, devon bitikchisi, tamgʻach (boj yigʻuvchi), tirnoqchi (tarozi-bon), shusunchi (taʼminotchi), yurtchi (meʼmor), yoʻl arachi (yoʻl noziri), tutqovul (qorovul), koʻpirchi, kemachi, yomchi, ovchi.

Qoʻshinlarga tumanbegi, noʻyon (amir), yuzboshilar qoʻmondonlik qilganlar. O. Oʻ. Joʻjining 14 nafar oʻgʻlining 13 ulusidan iborat edi. Ular oʻz uluslarini mustaqil boshqarishga intilganlar. Mustaqillik harakati Mangu Temur (1266—82) vafotidan keyin kuchaydi. Tuda Mangu (1282—87), Talabugʻa (1287—91) xonliklari davrida tumanbegi Noʻgʻayning nufuzi koʻtarildi. 5 yil oradan oʻtgach, yana isyon koʻtarildi. Unga Oʻzbekxon (1312—42) barham berdi. U va vorisi Jonibek (1342—57) davrlari Oltin Oʻrda harbiy salohiyatining eng kuchaygan davri boʻldi. Hokimiyat markazlashdi. Uluslar viloyatlarga aylantirildi, ularni amirlar boshqargan; qurultoylar chaqirilmay qoʻygan. Oʻzbekxon davrida Oltin Oʻrda qurolli kuchlari 300 mingga yetgan. Lekin, ichki ziddiyatlar 1357-y. Jonibekxonning oʻldirilishi bilan yana yuzaga chikdi. Shundan 1380-y. gacha 25-marta xon almashdi. 14-a. ning 60-y. larida Xorazm mustaqil davlat boʻlib ajralib chikdi. Polsha va Litva davlati Dnepr daryosi havzasini bosib oldi. Hojitarxon (Astraxon) xonligi tashkil topdi. Faqat Toʻxtamish davri (1380—95) ga kelib isyonlar toʻxtadi. 1382-y. u Moskvani egallab, oʻt qoʻydi. Movarounnahrga tahdid sola boshladi. Amir Temurning 1389, 1391, 1395—96 y. lari Toʻxtamishga qarshi yurishlari Oltin Oʻrdani holdan toydirdi. Idiqu Oltin Oʻrdani tiklashga hara-kat qildi, natija bermadi. 15-a. ning 20-y. larida Sibir xonligi, 40-y. Noʻgʻay Oʻrda, 1438-y. Qozon xonligi, 1443-y. Qrim xonligi, 60-y. larda Qozoq xonligi tashkil topdi. 1480-y. Ahmad Rusni boʻysundirishga urindi. 16-a. boshlarida Oltin Oʻrda quladi.

Ad.: Grekov B. D., Yakubovskiy A. Yu., Oltin Oʻrda va uning qulashi, T., 1964; Safargaliyev M. G. Raspad Zolotoy Ordы, Saransk, 1960; Rizaetdin Faxret-din, Xanы Zolotoy Ordы, Kazan, 1995 Naim Norqulov.


Lotin alifbosida maqola: OLTIN OʻRDA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
TOSHKENT
XORAZM VILOYATI
MOʻGʻULLAR ISTILOSI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты