NIGERIYA

NIGERIYA (Nigeria), Nigeriya Federativ Respublikasi (Federal Republic of Nigeria) — Gʻarbiy Afri-kada Gvineya qoʻltigʻi sohilida joylashgan davlat. Mayd. 923,8 ming km2. Aholisi 129,93 mln. kishi (2002). Poytaxti — Abuja sh. Maʼmuriy jihatdan 36 shtat (state) va poytaxt okrugiga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Nigeriya — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1999-y. 29-mayda qabul qilingan. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka. aʼzo. Davlat boshligʻi prezident (1999-y. dan Olusegun Obasanjo). U umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 y. muddatga saylanadi va yana bir marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy assambleya (ikki palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.

Tabiati. Sohili kam parchalangan kambar pasttekislikdan iborat. Yer yuzasi shim. ga tomon balandlashib bo-radi. Yoruba, Udi, Jos platolari (eng baland joyi 1735 m) bor. Platolardan jan. da Niger va Benue daryo vodiylari joylashgan. Sharqiy qismining rel-yefi togʻlik, ayrim choʻqqilarining bal. 2000 m dan ortiq. Nigeriya hududi tektonik jihatdan Afrika platformasi tarkibiga kiradi. Zaminining metamorfik jinslari mamlakat maydonining 50% ni tashkil etgan. Ular tarkibida to-kembriy gneyslari, magmatit, amfibolit, kvarsit va slaneslar uchraydi. Sohil yaqinidagi botiqlar dengiz va kontinent choʻkindilari bilan toʻlgan.

Nigeriyaning Atlantika okeani sohilida neft va gaz konlari bor. Toshkoʻmir, lignit va qoʻngʻir kumir, niobiy (kolumbit), kalay, volfram, molibden, temir, boksit, marganes, asbest, qoʻrgʻoshin, pyx va uran rudasi konlari topilgan. Mamlakatning shim.-gʻarbida oltin konlari ham bor.

Iqlimi ekvatorial mussonli iklim. Shim. da dek. dan martgacha quruq shamollar esib turadi. Bahorda deyarli hamma joyda yomgʻir yogʻadi. Yillik yogʻin 500 — 4000 mm. Ichki mintaqalarda eng issiq oy (apr. yoki may)ning oʻrtacha t-rasi 25 — 33°, eng salqin oy (dek. yoki yanv.) niki 20—27°. Yirikdaryolari: Niger va uning irmoklari hamda Komadugu-Yobe. Ni-gerda kema qatnaydi. Chad koʻliga quyiladigan daryolari qurgʻoqchil mavsumda juda sayozlanib krladi. Tuproklari qizil-sariq, laterit, qizil laterit, qizil-qoʻngʻir, qora tusli va allyuvial tuproklar. Oʻsimliklarining aksari tropik oʻrmon va savannalardan iborat. Sohili kambar mangra oʻrmonlari bilan qoplangan. Daraxtlarni koʻplab qirqish natijasida tabiiy Urmonlar, asosan, qoʻrikxonalarda saqlanib qolgan. Hayvonot dunyosi boy: fil, karkidon, krp-lon, chiyaboʻri, yovvoyi mushuk, kiyik, jirafa va b. yashaydi.

Ahrlisi. Nigeriyada turli tillarda suzlashuvchi 200 ga yaqin xalq bor. Gvineya tillarida soʻzlashuvchi xalqlar — yoruba, igbo, ijo va nupelar koʻpchilikni tashkil etadi. Nigeriyada xausa tilida soʻzlashuvchi xalqdar anchagina. Kanuri, fulbe xalqlari qam yashaydi. Sharqiy bantoid tillarida soʻzlashuvchi xalqlardan ibibio va tivlar bor. Shahar aholisi — 35,2%. Aholisining yarmiga yaqini islom diniga, qolgan qismi xristian va mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Rasmiy tillari — ingliz va fransuz tili. Yirik sha-harlari: Lagos, Ibadan, Ogbomosho, Kano, Ivo, Kaduna, Port-Xarkort, Ilorin, Za-riya, Onicha va b.

Tarixi. Hozirgi Nigeriya xududida dastlabki aholi manzilgohlari paleolit davrida vujudga kelgan. Mil. av. 4—3-ming yillikdayoq bu joylarda silliklangan va sayqallangan tosh boltalar va sopol idishlar yasalgani maʼlum. 1-mingyillikda moddiy madaniyat nisbatan yuqori darajada boʻlgan. Mil. 8—10a. larda Nigeriya hududida xausa xalqining shahar-davlatlari (Kano, Katsina, Zariya va b.) vujudga kelgan. Benin qirolligi oʻsha davrdagi eng yirik davlatlardan biri boʻlgan. 13-a. da hozirgi Nigeriya hududiga fulbe qabilalari kelib, ular tezda xausalar bilan aralashib ketgan.

Nigeriya qududiga yevropaliklardan dastlab portugallar kelgan (1472). 1553-y. da Nigeriya soxdllariga dengiz tarafdan inglizlar kirib bordi. Yevropalik mustamlakachilar «qora tanlilarni ov qilib», N. xa-lklarining tabiiy taraqqiyot jarayonini susaytirdi. 1849-y. Beninda ingliz konsulligi paydo buldi. 1861-y. da inglizlar Lagosni egalladilar. 1870-y. lar oxirida mustamlakachilar Niger daryosi havzasida katta hududga urnashib ol-dilar. 1885-y. da «Oyl-rivers protekto-rati» (1893-y. dan Niger sohili protektorata*) tuzildi. 1906-y. da uning tarkibiga Lagos ham qushib olindi, shundan soʻng «Jan. Nigeriya mustamla-kasi va protektorati» deb atala boshladi. 1914-y. 1 yanv. dan hozirgi Nigeriya hududi «Nigeriya mustamlakasi va protektorati» nomini oldi. 20-a. boshidan inglizlar Nigeriyadan arzon mineral va q. x. xom ashyolari manbai sifatida foydalana boshladilar. Mustamlakachi maʼmurlarning jabr-zulmi va bedodligiga qarshi tez-tez gʻalayonlar boʻlib turdi.

1-jahon urushi (1914—18) dan soʻng Nigeriyada dastlabki ijtimoiysiyosiy tashkilotlar paydo boʻla boshladi. 1920-y. da Gʻarbiy Afrika Milliy kongressining Nigeriya boʻlimi tashkil etildi. 1922-y. da Nigeriyada birinchi siyosiy partiya — Milliy demokratik partiya tuzildi. 20-y. lar oxiri — 30-y. lar boshida yangi ommaviy tashkilotlar vujudga keldi. 2-jahon urushi davri (1939—45) da chetdan tovar keltirish keskin kamaydi, natijada mahalliy sanoatning oʻsishiga sharoit tugʻildi. Teri oshlash, ip gazlama toʻqish, meva va sabzavotni qayta ishlash korxonalari vujudga keldi. Mahalliy tadbirkorlar Nigeriyaga oʻz ichki ishlarini oʻzi boshqarish huquqi va siyosiy mustaqillik berilishini talab qila boshladi. 1944-y. avg. da dastlabki Umumnigeriya siyosiy partiyasi — Nigeriya va Kamerun Milliy ken-gashi (1962-y. dan Nigeriya fuqarolari Milliy kengashi) tuzildi. 1940-y. lar boshida Nigeriyada kasaba uyushmalari vujudga kela boshladi. 1945-y. da hali yaxshi uyushmagan ishchilarning birinchi ish tashlashi boʻlib oʻtdi. 1950—51 y. larda yana yangi partiyalar tuzildi. 1958-y. okt. da Londonda boʻlgan konstitutsion konferensiyada Nigeriyaning barcha joylaridan kelgan vakillar Nigeriyaga mustaqillik berishni Buyuk Britaniyadan talab qildilar. 1960-y. N. ga Britaniya Hamdoʻstligi tarkibida mustaqillik berildi. Shu yili Nigeriya BMTga qabul qilindi. 1963-y. 1 okt. dan Nigeriya federativ respublika deb eʼlon qilindi.

1964-y. 30 dek. da federal parlamentga saylov oʻtkazilib, yangi hukumat tuzildi. Ammo hukumat aholining turmush darajasini oshirish haqidagi vaʼdalarini bajarmay, milliy manfaatlarga zid siyosat yuritganligi ilgʻor kuchlarning norozilik kayfiyatini qoʻzgʻatdi. 1966-y. 15 yanv. da harbiy toʻntarish boʻlib, federal harbiy hukumat tuzildi. 1966-y. 29-iyulda yana harbiy toʻntarish boʻldi. Yangi hukumat federativ idora usulini darhol tikladi. Ammo, shundan keyin ham ketmaket harbiy toʻntarishlar sodir boʻlib, mamlakatning ijtimoiysiyosiy va iktisodiy taraqqiyotiga salbiy taʼsir qildi. Nihoyat, 1999-y. 20 fev. kuni parlament saylovi va oʻsha yil 27 fev. da prezident saylovi boʻldi. Harbiylar hokimiyatni yangi saylangan prezident Olusegun Obasanjoga topshirdilar.

Milliy bayrami — 1 okt. — Mustaqillik kuni (1960). N. OʻzR suverenitetini 1992-y. 11-martda tan oldi va oʻsha yil 28 avg. da diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi.

Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari. Demokratiya uchun ittifoq partiyasi, 1998-y. da tashkil etilgan; Umumxalq partiyasi, 1998-y. da tuzilgan; Xalq de-mokratik partiyasi, 1998-y. da asos so-lingan. Nigeriya mehnat kongressi, mamlakatning yagona markaziy kasaba uyushma tashkil oti, 42 tarmoq kasaba uyushmasini birlashtirgan, 1978-y. da tuzilgan.

Xujaligi. Nigeriya — yirik sanoat salohiyatiga ega boʻlgan afar mamlakat. Yalpi ichki mahsulot va tashki savdo qajmi jihatidan Afrikada 2-oʻrinda (JARdan keyin) turadi. Yalpi ichki mahsulotning yarmi sanoatda, taxm. 30% q. x. va xizmat koʻrsatish sohasida ishlab chikariladi. Nigeriya dunyoda neft eksport qiluvchi 10 ta yirik mamlakat jumlasiga kiradi, neft qazib olish sohasida Afrikada birinchi oʻrinni egallaydi.

Qishloq xoʻjaligi — mamlakat iqtisodiyotining asosi, iqtisodiy faol aholi yarmidan koʻprogʻining ti-rikchilik manbai. Eng ommaviy deh-qonchilik shakli jamoa dehqonchiligidir. Mamlakatdagi 8 mln. ga yaqin fermer xoʻjaligi q. x. mahsulotining 90% ni beradi. Haydaladigan yerlarning anchagina qismida oziq-ovqat ekinlari, asosan, ildizmevali va donli ekinlar yetishtiriladi. Dehqonchilikda dukkakli ekinlar, shakarqamish, sabzavot va hoʻl mevalar muhim oʻrin oladi. Eksport uchun moyli palma, kakao, yer yongʻoq, kauchukli oʻsimlik, paxta yetishtiriladi.

Chorvachilik, asosan, shim. da va quruq savannalar mintaqasida rivojlangan. Qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Shim. da yilqichilik, jan. da choʻchqachilik va hamma mintaqalarda parran-dachilik bilan shugʻullaniladi. Daryolarda, Chad koʻli va Gvineya qoʻltigʻi suvlarida qimmatbaho baliq turlari koʻp bulsada, baliq ovlash unchalik rivojlanmagan. Baliqchilik mahsulotlari mamlakat aholisi ehtiyojlarini qondira olmaydi. Oʻrmon xoʻjaligidagi asosiy yogʻoch zaxiralari Niger daryosi etaklarida va jan.-sharqiy dengiz so-hilida joylashgan. Daraxtzorlar 23 ming km2 ni tashkil etadi. Oʻrmonlar tartibsiz kesilishi natijasida qimmatbaho yogʻoch olinadigan daraxtlar kamayib ketdi. Mamlakatda oʻrmon xoʻjaligini tiklash tadbirlari ishlab chiqildi, yogʻoch eksport qilish taqiklandi.

Sanoatida konchilikasosiy oʻrinni egallaydi. Neft va tabiiy gaz, shuningdek, qalay va niobiy rudalari, toshkumir, temir rudasi va b. baʼzi turdagi foydali kazilmalar — N. konchilik sanoatining asosiy xom ashyo negizi. Ozroq miqdorda volfram, tantal, toriy, sirkon, uran, oltin, polimetall rudalar va b. lar ham qazib olinadi. Xilma-xil nometall kazilmalar orasida ohaktosh, kaolin, qurilishbop qum, shagʻal bor. Mahalliy temir ruda, toshkoʻmir, ohaktosh va utga chidamli gilmoya negizida metallurgiyani rivojlantirishga kirishildi. Jumladan, 2000-y. oxirida Ajaokutda Tropik Afrikadagi eng yirik metallurgiya k-tining birinchi navbati qurib bitikazildi. Neftni qayta ishlash z-dlari, «Pejo», «Folksvagen», «Fiat» va b. avtomobil z-dlarining yigʻuv liniyalari bor. Yiliga 9—10 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Niger daryosi buyidagi Kainji va Jebba GESlari, mamlakat jan. dagi yirik shaharlarda joylashgan issiklik elektr markazlari elektr energetikaning asosini tashkil qiladi.

I. ch. sanoati tuzilmasida oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoklari yetakchi rol uynaydi. Nigeriyada 95 ta toʻqimachilik f-kasi, oziq-ovqat korxonalari bor. Ob-juvoz z-dlarida palma, yer yongʻoq va chigit yogʻi ishlab chikariladi. Tamaki, meva-konserva, goʻsht-sut, qand-shakar i. ch. korxonalari, tegirmonlar mavjud. Yogʻochsozlik sanoati Sapeldagi yirik yogʻoch tilishfaner i. ch. k-tidan, Epadagi k-t va b. 400-mayda yogʻoch tilish korxonalaridan iborat. Nigeriyaning yirik shaharlarida mebel fkalari, gugurt va sellyuloza-qogʻoz korxonalari bar-po etildi. Mamlakat jan. dagi Nkala-gu, Port-Xarkort, Abeokut, Kalabar, Emen sh. larida sement, asbestsement taxtalar va quvurlar i. ch. zavodlari joylashgan. Lagos mashinasozlik va metall ishlash tarmoklarining yirik markazidir. Xalq hunarmandchiligi rivojlangan.

Transporti. Avtomobil va t. y. transporti yetakchi oʻrinda. Tashiladigan yuklarning 80% dan koʻprogʻi ularning hissasiga toʻgʻri keladi. T. y. lar uz. — 3,5 ming km, avtomobil yoʻllari — 124 ming km. Gʻarbiy (Lagos—Kano) va Sharqiy (Port-Xarkort—Kaduna) t. y. magistrallari dengiz sohilini mamlakatning ichkari tumanlari bilan tutashtiradi. Neft quvurlari uz. — 3000 km. Asosiy suv yoʻli — Niger daryosi va uning irmoqlari boʻlib, ularda de-yarli yil boʻyi kemalar qatnaydi. Ichki suv yoʻllarining uz. — 7,4 ming km. Asosiy dengiz portlari: Lagos (Apapa va TinKan-Aylende), Port-Xarkort, Bonni, Forkados, Burutu, Varri. Havo transporti 2-jahon urushidan keyin rivojlana boshladi. Lagos, Kano va Ilorinda xalqaro aeroportlar bor.

Tashqi savdosi. Chetga, asosan, neft, kakao, kauchuk, palma yongʻogʻi magʻzi, xom teri chiqariladi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, isteʼmol mollari, oziqovqat va b. keltiriladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Buyuk-Bri-taniya, AQSH, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Braziliya. Pul birligi — nayra.

Tibbiy xizmati. Davlatga qarashli tibbiy muassasalar bilan birga aralash va xususiy shifoxonalar ham bor. Federal sogʻliqni saklash vazirligi mamlakat mikyosida ommaviy profilaktika tad-birlarini oʻtkazish, mutaxassislar tayyorlash, tibbiyotdagi huquqiy qonunqoidalarga rioya etilishi uchun masʼul. Davolash va kasalliklarning oldini olish muassasalariga shtatlarning sogʻliqni saklash vazirliklari bevosita raxbarlik qiladi. Vrachlar Ibadan, Lagos, Ife, Enugu, Beninsiti, Zariyadagi tibbiyot maktablarida tayyorlanadi. Tibbiy hamshiralar, doyalar, tish vrachlari va texniklari tayyorlanadigan oʻnlab maktablar bor. Lagos, Kadun, Ibadan, Uzuakoli shlarida tibbiyot i. t. markazlari mavjud. Lagosda Jahon sogʻliqni saklash tashkilotining bezgakka qarshi kurash xalqaro markazi ishlaydi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Nigeriya mustaqillikka erishganidan keyin maorifni rivojlantirishga eʼtibor berila boshladi. Katta yoshdagi aholi savodsizligini tugatish maqsadida qisqa muddatli kurslar ochildi. 1976-y. da 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy 6 y. lik boshlangʻich taʼlim joriy etildi. Oʻqish mahalliy va ingliz tillarida olib boriladi. Oʻrta maʼlumot 5 y. lik. Xususiy oʻrta maktablar ham bor. 2—5 y. lik hunar-texnika maktablarida malakali ishchilar, 4 y. lik politexnikum va texnologiya kollejlarida esa oʻrta texnik xodimlar tayyorlanadi. 29 un-t bor. Zariya, Lagos, Ibadan, Ife, Nsuk-ka un-tlari eng yirik oliy oʻquv yurtlari hisoblanadi. Oʻkish — bepul. Koʻpgina un-tlarning sirtqi boʻlimlari bor. Nigeriya pedagogika tadqiqotlari kengashi, untlarning pedagogika f-tlari, in-tlari va tadqiqot markazlari, oshirilgan darajadagi baʼzi ped. kollejlari maorif va ped. fanlari soxasida i. t. ishlari bilan shugʻullanadi.

Ilmiy muassasalari: Lagosdagi Nigeriya fanlar akademiyasi (1977-y. da tashkil etilgan), Tibbiyot i. t. kengashi (1974), Milliy okeanografiya va dengiz tadqiqotlari in-ti (1975), Ibadandagi Nigeriya ijtimoiy va iqtisodiy tadqiqotlar inti (1950), Federal oʻrmonchilik markazi (1954), Tropik oʻsimliklar baynalmilal in-ti (1975), Oshodidagi Federal sanoat tadqiqotlari in-ti (1955), Beninsitidagi palma yogʻi in-ti (1939), Moordagi Federal q. x. tadqiqotlari markazi (1910), Vomdagi Federal veterinariya markazi (1924), Samarudagi q. x. tadqiqotlari inti (1924) va b.

Yirik kutubxonalari: Ibadan, Lagos un-tlarining kutubxonalari, Ife, Lagos, Beninsiti, Jos, Ilorin va b. shaharlardagi kutubxonalar, N. Milliy kutubxonasi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Nigeriya matbuoti — Tropik Afrikadagi dastlabki va eng rivojlangan matbuot. Ingliz va mahalliy tillarda 20 dan koʻproq gaz. va 10 haf-tanoma nashr etiladi. Koʻp nusxada chiqadigan eng nufuzli gaz. lar: «Gardian» («Posbon», ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1982-y. dan), «Deyli sketch» («Kundalik bayon» ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1964-y. dan), «Deyli tayme» («Kunduzgi vaqt», ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1925-y. dan), «Iroxin yoruba («Yoruba xalqi yangiliklari», yoruba tilida chiqadigan gaz., 1945-y. dan), «Nayjirian observer» («Nigeriya kuzatuvchisi», ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1968-y. dan), «Nayjirian tribyun» («Nigeriya minbari», ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1949-y. dan), «Neshnl konkord» («Milliy totuvlik», kundalik gaz., 1980-y. dan), «Nyu nayjirian» («Yangi nigeriyalik», ingliz tilida chikadigan kundalik hukumat gaz., 1965-y. dan). Nigeriya axborot agentligi (NAN), hukumat axborot agentligi, 1978-y. da tashkil etilgan. Hukumatga qarashli Nigeriya federal radiokorporatsiyasi 1978-y. da tuzilgan. Nigeriya telekoʻrsatuv xizmatiga 1976-y. da hukumat tomonidan asos solingan. 8 shtatda shtat hukumatlari qaramogʻidagi radio va telemarkazlar bor.

Adabiyoti xalq ogʻzaki ijodiyoti bilan uzviy bogʻlangan. Yoruba, ibo, xausa tillarida adabiy anʼanalar vujudga kelgan. Zamonaviy Nigeriya adiblarining koʻpchiligi ingliz tilida yozadi. 19-a. oxiri va 20a. boshlarida publitsistika shakllandi. 20-a. 20—40-y. larida va-tanparvarlik sheʼriyati (N. Azikiyove, D. Osadebey) yuzaga keldi. 30-y. larga kelib, dramaturgiya paydo boʻldi va xristian cherkovlari faoliyati bilan bogʻlangan bibliya mavzuida pyesalar yaratildi. 30—40-y. larda Nigeriyaning baʼzi shaharlari (Onicha)da kitob bozorlari paydo boʻldi. S. Ekvenzining ijtimoiy muammolarga bagʻishlangan «Shahar odamlari» (1954) romani va A. Tutuolaning yoruba folklori motivlari asosidagi «Mayxoʻr» (1952), «Ruhlar oʻrmonidagi hayotim» kabi asarlari Nigeriya prozasida yangi bosqich boʻldi. T. Alukoning «Qarindoshlar» (1968) romanida insonparvarlik gʻoyalari oʻz aksini topdi. O. Egbunaning «Uylanish masalasi» romanida zamonaviy axloqning anʼanaviy urf-odatlar bilan toʻqnashu-vi muammosi koʻtarilgan. Yosh adiblardan Ch. Achebening «Yemirish vaqti keldi», «Notinch hayot», «Xudoning oʻqyoyi» asarlari Nigeriya prozasining rivojlanish yoʻlini koʻp jihatdan belgilab berdi. 70—80-y. lardagi dramaturgiya va sheʼriyat ijtimoiy mazmun bilan boyidi, ularda yangi zamon nishonalari oʻz aksini topa boshladi (V. Shoyinkaning «Idanre» poemasi, «Oʻrmon raqsi», «Yoʻl» pyesalari, K. Okigboning «Osmon darvozasi», «Labirintlar» sheʼriy kitoblari va b.). 90-y. larda yangi isteʼdodli qalam sohiblari adabiyotga ki-rib keldi. «Blek Orfyu» va «Okike» kabi adabiy jur. lar nashr qilinadi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Xalq meʼmorligi tabiiy iklim sharoitiga moslashgan. Jan., jan.-sharq, jan.-gʻarbdagi tropik oʻrmonlarda uylar toʻgʻri toʻrtburchakli shaklda yogʻoch, loy, toʻqima novdadan quriladi, tomi ikki nishabli qilib, poxol va palma barglari bilan yopiladi. Markaziy Nigeriyada binolar aylana shaklida devori loydan, tomi poxol, shox-shabbadan konus shaklida ishlanadi. Savanna va chala choʻllarda uylar loydan toʻgʻri burchakli qilib, tomi yassi qilib quriladi. 13 — 15-a. larda shaharlar reja asosida qurildi. 14-a. da shim. da islom dini tarqalgach, masjidlar barggo qilindi. 2-jahon urushidan keyin Yevropa meʼmorligining taʼsiri kuchaydi. Binolar haykal, naqshlar bilan koʻproq bezatiddi. Nigeriya mustaqillikka erishgach, beton va metalldan qurilgan imoratlar quyosh toʻsqichli, peshayvonli va pan-jarali qilib milliy uslubda qurila boshladi (Ibadan un-ti binolari, Ka-dunadagi Oliy sud binosi va b.). Mu-handis va meʼmorlar Yevropada, shunin-gdek, Lagosdagi texnologiya kollejining, Nsukka va Zariya un-tlarining meʼmorlik f-tlarida tayyorlanadi.

Nigeriya shim. da topilgan Nok madaniyati mahsuli boʻlgan goʻzal haykaltaroshlik va oʻymakorlik asarlari mil. av. 1-ming yillikka mansub deb hisoblanadi. Mil. boshlarida Ife va Benin sanʼatining ilk namunalari — sopol va bronza haykallar ishlangani maʼlum. Nigeriya xalqlari yogʻochdan sanamlar, ajdodlar, cha-vandozlar, bolali ayollar haykalchalarini qadimdan yasab kelganlar. Nigeriyada yangi tasviriy sanʼatni rivojlantirishda A. Onabolu, O. Idax, F. Idexen, F. Idubor, B. Envonvu kabi haykalta-rosh va rassomlar salmoqli xizmat qildi, ularning asarlarida mahalliy anʼanalar davom ettirilgani va zamonaviy Yevropa sanʼati yutuqlari ijo-diy oʻzlashtirilgani koʻzga tashlanadi. Rassomlar orasida D. Nvoko, Yu. Gril-lo, J. Akolo, A. Ekong, A. Lasekan va b. shuhrat qozongan.

Badiiy hunarmandchilik rivojlangan. Yaxlit yogʻochdan odam va hayvon qiyofasi tasvirlangan, goʻzal naqsh solinib, manzaralar oʻyib ishlangan roʻzgʻor anjomlari, gʻaroyib shakldagi sopol, shisha va charm idishlar, zar-garlik buyumlari tayyorlanadi. Bida oynasozlari naqshli idishlar, Kano zargarlari oltin va kumush bezaklar, na-qshli bilaguzuklar yasaydilar. Benin-Sitida bronza quymalar va fil suyagi oʻymakorligi anʼanalari sak^panib qolgan. Niqob (marosimlarda, karnavallarda taqiladi), oʻyma naqshli kursilar tayyorlash, matolar toʻqish, kashtachilik, naqqoshlik sanʼati rivoj topgan. Novda, poxol va qamishdan savat hamda bordon toʻqish, yogʻochdan yelpigʻich, qovoq poʻstlogʻidan turli guldor idish va qoshiqlar yasash keng tarqalgan.

Musiqasi. Nigeriya musiqiy madaniyatining xilma-xilligi bu yerdagi xalq anʼanalarining xususiyatlari bilan bogʻliq. Professonal musiqa sanʼati oʻrta asrlarda tarkib topgan. Qabila kek-salari rahbarligida yoshlar marosim raqslari va qoʻshiqlarini, sozandalik sirlarini oʻrganar edi. Arab sayyohlarining guvoxlik berishicha, oʻrta asr hukmdorlari saroylarida sozanda, xonanda va raqqosalarni saqlaganlar.

19-a. da mustamlakachilik siyosati va xristian daʼvatkorlarining faoliya-ti oqibatida bir qancha mahalliy dinlar b-n birga diniy musiqa ham yoʻq boʻlib ketdi. Yevropa musiqasining taʼsiri kuchaydi. Nigeriya cholgʻu asboblari orasida baraban eng koʻp tarqalganidir. Yelkaga osiladigan naqsh va haykalchalar bilan bezatilgan bir membranali, qoʻltiq ostiga osiladigan ikki membranali barabanlar, ngedegvu deb ataladigan chang mavjud. Arablar orqali nay, qoʻshnay, doyra, ud, sitra, algant kabi cholgʻu asboblari kirib kelgan.

Mustaqillikka erishilganidan soʻng professional musiqa madaniyati rivojlandi. Nigeriyada oʻziga xos kompozitorlar maktabi vujudga keldi. A. Yuba, F. Sovande, S. Akpabot, A. Bankole, A. Fiberezima va b. kompozitorlar mashhur. Folklor anʼanalaridagi spektakllarda xalq qoʻshiklari va musiqasi yangraydi. Yubaning «Oʻrmon parilari», «Abiku» va «Alatangana» raqs dramalari bunga misol boʻla oladi. T. Oyelana «Adufe», «Qondagi sexr» spektakllariga musiqa yozdi. Nigeriyaning dastlabki operasi — «Orukoro» Fiberezima qalamiga mansub.

Teatri. Nigeriyada yashovchi xalqpar anʼanaviy teatr tomoshalarining asosini maishiy va marosim raqslari tashkil etadi. Qishloqlardagi bayram va tan-tanali ayyomlarda milliy libos va niqob kiyib yurishgan, afsonaviy mazmundagi oʻyinlar oʻtkazib kelingan. Ularda tabiat kuchlarini ifodalovchi ilohlar, ajdodlarning arvohlari, afsona qahramonlari ishtirok etgan. 19-a. oʻrtalarida shu asosda zamonaviy teatr shakllana boshladi. Yoruba teat-rining asoschilaridan biri, shoir va qoʻshiqchi Xubert Ogunde 1944—45 y. larda sayyor teatr jamosini tashkil etib, uning uchun nasihat va targʻibot ruhidagi pyesalarini yozdi. Mustaqillik yillarida bu truppa professional sayyor jamoaga aylandi. Dramaturg va rej. Duro Ladipning 60-y. larda tuzgan teatr truppasi keyinchalik «Milliy teatr» nomini oldi. Havaskorlik drama teatrlarida esa Yevropa drama-turgiyasi va sahna texnikasidan foy-dalanila boshladi. Bir qancha shtatlarda yangi jamoalar tuzilgan.

Kinosi. 1945—47 y. larda bir necha hujjatli lentalar suratga olindi. 1960y. lar boshida rej. Sh. Olushola televideniye uchun bir qancha adabiy asarlarni va teatr spektakllarini ekranlashtirdi. Shundan keyin yaratilgan hujjatli filmlarning ayrimlari Toshkentdagi xalqaro festivallarda namoyish etidsi. Birinchi toʻla metrajli filmi «Ikki kishi va echki» (1966) dir. «Shaxu Garbay» (1971), «Ikki taqdir» (1972), «Loray bobo» (1973), «Ovu-Arusun» (1974), «Qora maʼbuda» (1977), «Aye» (1979), «Pul hukmronligi» (1981), «Ozodlik uchun» (1981) va b. badiiy filmlar yaratildi. Mamlakatda 200 ga yaqin kinoteatr bor. Yiliga 6—8 badiiy film ishlab chiqariladi.


Lotin alifbosida maqola: NIGERIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
TOSHKENT
FRANSIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты