OMONAT SHARTNOMASI

OMONAT SHARTNOMASI (OʻzR da) — shartnoma turlaridan biri. Bunda bir taraf (omonat saqlovchi) ikkinchi taraf (saklashga topshiruvchi) bergan ashyoni sakdash va bu ashyoni toʻla holda qaytarish majburiyatini oladi. Omonat saqlashdan asosiy maqsad ashyolarning butligini taʼminlashdan, unga oʻzga shaxslar tomonidan zarar yetkazilishi va oʻzlashtirib olinishidan asrashdan iborat. Shartnoma boʻyicha topshirilgan mulkning saklanishi va uni albatta butun holda qaytarilishi nazarda tutiladi. Omonat shartnomasi yozma shaklda boʻladi. Undan tashkari omonat saqlashga topshirishda beriladigan patta, tilxat, guvohnoma kabilar ham, agar unda omonat saqlovchi imzo qoʻygan boʻlsa, yozma shartnoma hisobiga oʻtadi (FK, 876-modda).

Omonat shartnomasi boʻyicha omonatchi ashyoga nisbatan mulk huquqiga, ashyoni tasarruf kilish huquqiga ega boʻla olmaydi, u faqat ashyoni saqlab berishi lozim. Omonat shartnomasida katna-shuvchi taraflar fukarolar va yuridik shaxs hisoblangan tashkilotlardir. Tashkilotlar oʻz ustav (nizom)larida nazarda tutilgan hollardagina omonat saklash faoliyati bilan shugʻullanishlari mumkin. Jismoniy xususiyatlari jihatidan omonat saklovchining ixtiyoridagi binoga yoki hududga joylashtirilishi mumkin boʻlgan buyumlargina Omonat shartnomasining predmeti boʻla oladi. Shu sababli kuchmas mulk va xajmi ulkan obyektlar buyicha Omonat shartnomasi tuzilishi mumkin emas. Bunday obyektni qoʻrikdash ishi qorovul va sh. k. bilan mehnat shartnomasi tuzish asosida amalga oshiriladi. Saqlanishi qonun hujjatlari b-n taqiklangan narsalar — qoradori, zaharli moddalar, har xil oʻqotar qurol va h. k. omonat saklash shartnomasining predmeti boʻlishi mumkin emas. FK ning 878-moddasiga muvofiq, omonat saklovchi ashyoni shartnomada kelishilgan muddat davomida saklashi shart. Agar Omonat shartnomasida muddat nazarda tutil-magan boʻlsa, ashyo shaxs tomonidan talab qilib olinguncha saklanadi.

Sotiboldi Boboqulov.


Lotin alifbosida maqola: OMONAT SHARTNOMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XUSUSIY MULK
YURIDIK SHAXS
YER
TOSHKENT
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты