NIKEL

NIKEL (nem. Nikel, lot. Niccolum) , Ni — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 28, at. m. 58,69. Tabiiy Nikel 5 ta barqaror izotop 58Ni (67,88%), 60Ni (26,23%), 61Ni (1,19%), 62Ni (3,66%) va MNi (1,04%) aralashmasidan iborat. Eng uzoq mavjud boʻluvchi sunʼiy radioaktiv izotopi — 59Ni (T1/2 = 105 yil). N. ni dastlab 1751-y. da shved kimyogari A. Kronstedt kashf qilgan va nom qoʻygan. «Nikel» nomi kupfernikel mi-nerali — Kupfernickel (NiAs) nomidan olingan (nem. Kupfer — mis. Nickel — jin). Bu mineral koʻrinishi bilan mis rudalariga oʻxshab konchilarni koʻp chalgitgani uchun shunday nom olgan. Ne-mis kimyogari I. Rixter 1804-y. ancha toza Nikel olishga muvaffaq boʻlgan.

19-a. ning 80-y. lariga qadar Nikeldan faqat zargarlikda va tanga pullar tayyorlashda foydalanilgan. Yangi Kaledoniyada va Kanadada Nikel rudalariga boy konlar ochilib, poʻlatga Nikel qoʻshilganida poʻlatning xossalari yaxshilanishi aniklanganidan keyin Nikel ishlab chikarish sanoati keng rivoj topdi. Massa jihatidan Yer poʻstining 8103%ini tashkil qiladi. Nikel tabiatda pentlan-dit (Fe, Ni)9S8, millerit NiS, nikelin NiAs, xloantin NiAs2, gerodorfit NiAsS, ulmanit NiAsSb nomli minerallar holida va b. metallarning sulfidlariga aralashgan holda uchraydi. Nikelning 50 dan or-tiq minerali maʼlum. Nikel ishlab chiqarishda, asosan, uning sulfidli mi-nerallari, sulfidli mis-nikel ru-dalari, garniyerit minerali (magniy va Nikelning oʻzgaruvchan tarkibli silikatlari) hamda magnitli kolchedan katta ahamiyatga ega.

Nikel — kumush kabi oq, yaxshi yassilanuvchan yaltiroq metall. Birikmalardan ajratib olingan kukun holidagi Nikelning tusi qoramtir. Nikelning 2 ta modifikatsiyasi maʼlum: geksagonal pan-jarali holda kristallanadigan a-N. va kub panjarali r-N. a-N. 250—300° da R-N. ga aylanadi. Nikel 0°dan 1200° ga qadar, asosan, r-N. shaklida boʻladi. Nikelning suyuklanish t-rasi 1455°, qaynash t-rasi 2900°, zichligi 8,9 g/sm1. N. xuddi temir va kobalt singari ferromagnit moddalar jumlasiga kiradi. Nikel kimyoviy xossalari jihatdan temir va kobaltga, mis x. amda asl metallarga oʻxshaydi. Valentligi 2 va 3 N. ning juda koʻp kompleks birikmalari maʼlum.

Sanoatda boshqa metallar bilan qotishmalar holida ishlatiladi. Mis, temir, xrom va b. elementlarning nikelli qotishmalari korroziyaga chidamli yuqori mexanik, magnit, elektr xossalarga ega. Shuning uchun Nikel krtishmalari atom reaktorlari qurishda ishlatiladi. Nikelning talaygina miqsori ishqorli akkumulyatorlar, korroziyaga chidamli qoplamalar, quvurlar uchun ketadi. Kimyo sanoatida kimyoviy qurilmalar va katalizatorlar tayyorlashda ishlatiladi.

Nikel organizm uchun zarur mikroelementlardan hisoblanadi. Oʻsimlik tarkibida 5,010»5%, quruklikdagi hayvonlar orga-nizmida l,0-10»6%, dengiz hayvonlari organizmida 1,6104% N. boʻladi. Nikel arginaza fermetini faollashtiradi va oksidlanish jarayoniga taʼsir koʻrsatadi.

Nikel birikmalari. Nikel galogenlar bilan birikib, asosan, digalogenidlar hosil qiladi.

Nikel diftorid, NiF2 — yashilsargʻish tetragonal panjarali kristallar. Suyuqlanish t-rasi 1452°, zichligi 4,72 g/sm3. Suvda oz eriydi. NiO, NiCl2 yoki nikelning boshqa bi-rikmalariga ftor taʼsir ettirib olinadi. Kimyoviy reaksiyalarda katalizator, tok manbalarida katod, lazer ma-teriallarning komponenti sifatida qoʻllanadi.

Nikel triftorid, NiF3 — KHF2 eritmasini elektroliz qilishda pushti rangli qoldiq koʻrinishida hosil boʻladi. Kuchli oksidlovchi, suvda parchalanib, undan kislorod ajratib chiqaradi.

Nikel dixlorid NiCl2 — yashil rangli trigonal panjarali kristallar. Suyuklanish t-rasi 1009°, zichligi 3,54 g/ sm3. Suvda yaxshi eriydi. Nikellashda, nikel kukuni olishda, katalizator sifatida, shuningdek, termosezgir boʻyoklar tayyorlashda ishlatiladi.

Nikel dibromid, NiBr2 — sargʻishjigarrang trigonal panjarali kristallar. Suyuklanish t-rasi 963°, zichligi 5,45 g/sm3; gigroskopik, suvda, spirtda yaxshi eriydi. Suvli erit-malaridan yashil rangli geksagidrat NiBr2-6H2O holida ajralib chiqadi.

Nikel diyodit, Nil2 — poʻlat kabi kulrang yoki qora rangli, trigonal panjarali kristallar. Suyuklanish t-rasi 797°, zichligi 5,83 g/sm3, gigroskopik, suvda, spirtda yaxshi eriydi. Geksagidrat Nil2 6N2O koʻk-yashil rangli kristall modda. Nikel bromid va nikel diyodit katalizatorlar va ter-mosezgir boʻyoqlar olishda qoʻllanadi.

Nikel oksidlaridan nikel monooksid, NiO toʻgʻrisidagina ishonchli maʼlumotlar bor. Olinish usuli va holatiga qarab NiO och-yashildan toʻq yashil ranggacha oʻzgaradi. a – va R-shakllari mavjud. Kuchsiz asos xossaga ega, suvda erimaydi. 2 valentli nikel tuzlarini 1000—1100° da qizdirish yoki nikelni kislorodli muhitda yoki havoda qizdirish yoʻli bilan olinadi.

Nikel karbonat, NiCO3 — yashil (zichligi 4,39 g/sm3) yoki sariq (zichligi 4,6 g/sm3) rangli kristallar. 300°dan yuqorida parchalanadi. Keramika va shisha i. ch. da pigment sifatida qoʻllanadi.

Nikel n i trat, Ni (NO3)2 — kub singoniyali yashil kristallar. Kizdi-rilganda avval 200—250° da Ni (NO2)2 gacha, soʻngra 300—350° da NiO gacha parchalanadi. Nikelli katalizatorlar olishda, metallarni nikellashda, rangli keramika i. ch. da ishlatiladi.

Nikel sulfat, NiSO4 — romb panjarali och sariq rangli kristall modda. Zichligi 3,65 g/sm3, suvda yaxshi eriydi. Havodan nam yutib asta-sekin yashil tusga kiradi. Suvdagi eritmalaridan romb panjarali zumrad tusli goʻzal kristall tuz — N. kuporosi NiSO4 7N2O holida ajralib chiqadi. Toza nikel olishda, galvano-texnikada, metallarni nikellashda ishlatiladi.

Nikel oltingugurt bilan NiS, NiS2, Ni2S2, Ni3S4, Ni6S5, Ni7S6 kabi sulfidlar hosil qiladi. N.-sulfidlari tabiatda millerit u — NiS. xizlevudit Ni3S2, godlevskit Ni7S6, polidimit Ni3S4, vo-esit NiS2, pentlandit Ni5 x Fe4+vS8 (0uglerod (P)-oksid SO2 bilan uchuvchan suyuq birikma — nikel tetrakarbo-nil (NiCO4) hosil qiladi. Bu modda qizdirilganda Nikel ajralib chiqaradi. Nikel rudalaridan Nikel ajratib olish usullaridan biri ana shu moddaning hosil boʻlishiga asoslangan.

Ad.: Perelman F. M., Zvorыkin A. Ya., Kobalt va nikel, M., 1975; Xudyakov I. F., Tixonov A. I., Deyev V . I ., Metallurgiya medi, nikelya i kobalta, t.2, 2 izd., M, 1977.

Temirjon Otaqoʻziyev.


Lotin alifbosida maqola: NIKEL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
KIMYO
YER
TOSHKENT
MINERAL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты