NIKOLAYEV VILOYATI

NIKOLAYEV VILOYATI — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1937-y. 22 sent. da tashkil etilgan. Mayd. 24,6 ming km2. Aholisi 1322,1 ming kishi (1997). Asosan, ukrainlar. Shuningdek, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. 19 tuman, 6 shahar, 19 shaharcha bor. Markazi — Nikolayev sh.

Relyefi tekislik; shim. dan jan. ga (Kora dengizga) pasaya boradi. Hududining koʻp qismi Kora dengiz boʻyi past-tekisligiga kiradi. Foydali qazilmalari: granit, gneys, oxdktosh, mergel, gil, kaolin, shagʻal, qum, qoʻngʻir koʻmir. Iqlimi moʻtadil kontinental. Iyulning oʻrtacha t-rasi 27°, yanv. niki —4, —5°. Yillik yogʻin miqdori 300—350 mm, shim. da 450 mm. Vegetatsiya davri 210 kun. Asosiy daryolari: Jan. Bug, Ingul, Ingules. Tuproklari shim. da oddiy qoratuproq, jan. da qoratuproq va toʻq kashtan tuproklar. Tabiiy dasht oʻsimliklari faqat jarlar yon bagʻirlaridagina saqlanib qolgan. Viloyat hududining 2% oʻrmon. Tulki, buri, malla to-vushqon, olaxurjun, yumronqoziq, kushlardan bedana, qirgʻovul, yovvoyi oʻrdak va gʻozlar, baliqchi, dasht dala toʻrgʻaylari bor. Dengiz va daryolarda baliq koʻp.

Sanoatining yetakchi tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik, qisman kemasozlik. Dizel, gidroapparatura, murakkab energetika asbob uskunalari, metall konstruksiyalar ishlab chiqariladi. «Dormashina» (Nikolayev) z-di skreper, buldozer, asfalt yotqizuvchi mashina va yoʻl mashinalari ishlab chiqaradi. Oziqovqat sanoati rivojlangan. Yengil sanoatning eng yirik korxonalari: trikotaj, parfyumeriyashisha k-tlari, tikuvchilik fkalari, poyabzal f-kasi, uysozlik k-ti, devor bloklari, gʻisht, cherepitsa, ohaktosh z-dlari bor.

Q. x. mexanizatsiyalashgan, koʻp tarmoqli. Gʻalla, sabzavot-poliz, kartoshka, texnika, yem-xashak ekinlari ekiladi, tokzorlar, bogʻ va mevazorlar, yaylov va pichanzorlar bor. Baliqchilik va baliq ovlash bilan shugʻullaniladi. Asalarichilik rivojlangan. Chorvachilikning yetakchi tarmogʻi — goʻsht-sut yetishtirish. Qoramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi. T. Y., avtomobil yoʻllari zich. Dengiz trans-porti muhim ahamiyatga ega. Porti — Nikolayev. 5 oliy oʻquv yurti, 2 muzey, 3 teatr, kutubxonalar bor.


Lotin alifbosida maqola: NIKOLAYEV VILOYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



UKRAINA
TOSHKENT
NIKOLAYEV VILOYATI
ROSSIYA
YEVROPA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты