ONKOLOGIYA

ONKOLOGIYA (yun. onkos — shish, oʻsma va… logiya) — tibbiy-biologik fan; odam, hayvon va oʻsimliklarda onkogenezni nazariy, eksperimental va klinik jihatdan oʻrganadi va oʻsmalarni aniqlash, davolash hamda oldini olish usullarini ishlab chiqadi. Eksperimental va klinik Onkologiya farq qilinadi. Onkologiya 20-a. da eksperimental tibbiyot yutuqlari (oʻsma hujayralarini koʻchirib oʻtkazish, keyinchalik esa tashqaridan taʼsir etib, hayvonlarda oʻsmalar hosil qilish) asosida shakllandi. Oʻsmalar insoniyatga juda kadimdan maʼlum (Gippokrat, K. Galen), unga oid dastlabki yozma manbalar mil. av. Misr, Xitoy va Hindistonda topilgan. Onkologiyaning rivojlanishida, ayniqsa, Gippokrat, Ibn Sino, nemis olimi R.

Virxov, rus olimlari M. A. Novinskiy, N. N. Petrov va b. ning xizmatlari katta. Eksperimental Onkologiya (M. A. Novinskiy asarlaridan boshlangan, 1876) va nazariy Onkologiyada oʻsma hosil qiluvchi omil turiga qarab 3 asosiy yoʻnalish: virus Onkologiyasi (fransuz olimi A. Borrel, 1903, amerikalik olim F. P. Raus, 1911), kimyoviy Onkologiya (yapon olimlari K. Yamagiva va K. Itikava, 1915) va radiatsion Onkologiya (fransuz olimi A. Lakassan, 1932) va b. shakllandi. Rus olimi L. A. Zilber oʻsmalarning virus-genetik nazariyasini ishlab chikdi. Klinik Onkologiyaning jadal rivojlanishi xirurgiya, radiologiya, kimyoterapiya, immunologiyaning muvaffaqiyatlari bilan bogʻliq. Gippokrat xavfli oʻsmalar kelib chiqishida tashqi omillarga alohida ahamiyat bergan, bunda u bemorga ruhiy va jis-man sifatlarini mujassamlashtirgan xrlda, har biriga xos (individual) yon-doshish kerakligini aytgan.

Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari» kitobida oʻzining shaxsiy eksperimental va klinik tajribalari bilan birga oʻsmalarning kelib chiqishi, belgilari, ularni taniy olish va davolash usullarini qam bayon qilgan.

R. Virxovning hujayra patologiyasi nazariyasi tibbiyot, jumladan, Onkologiya tarixida keskin burilish yasadi.

Eksperimental Onkologiyaning asoschisi M. A. Novinskiy dunyoda birinchi boʻlib hayvonlarda xavfli oʻsmalarni biridanbiriga koʻchirib oʻtkazib, oʻsmalarning eksperimental shtammlarini hosil qilish uchun yoʻl ochdi. N. N. Petrovning nazariy va amaliy Onkologiyaga qoʻshgan hissasi ulkan. Uning «Oʻsmalar xaqida umumiy taʼlimot» (1910) monografiyasi Onkologiya tarixida shifokor-onkologlarning ilk dasturi boʻlib qoldi va oʻsmalar haqidagi bilimlarning keng tarqalishiga olib keldi.

Oʻzbekistonda Onkologiya fanining rivojlanishi P. F. Borovskiy, L. D. Vasilenko va b. olimlar nomi bilan bogʻliq. 1931-y. da Toshkentda Oʻzbekiston rentgen-radiologiya va oʻsma i. t. instituti ochilib, 1940-y. gacha faoliyat koʻrsatishi, 1946-y. da Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-tida Onkologiya kafedrasi ochilishi, 1958-y. da Oʻzbekiston Rentgenologiya, radiologiya va onkologiya i. t. instituta tashkil etilishi, respublikadagi barcha tibbiyot in-tlarida onkologiya kafedralari faoliyat koʻrsata boshlashi Onkologiya sohasida keng koʻlamda tadqiqotlar olib borilishiga imkon berdi.

Oʻzbekiston onkologlari tomonidan oʻsmalar bilan birga uchraydigan kasalliklar, quyosh nurining oʻsma toʻqimalaridagi almashinuvga taʼsiri (J. M. Abdurasulov, K. Ye. Nikishin vab.), oʻsma kasalliklari epidemiologiyasi va on-kologik yordamni tashkil etish (N. Q. Murodxoʻjayev, K. G. Bobrina), xavfli oʻsmalar immunologiyasi masalalari (A. I. Nikolayev), oʻsmalarni rentgenologik (J. M. Abdurasulov), ultratovush (A. A. Fozilov) va radioizotop (N. Q. Murodxoʻjayev) usullar orqali aniqlash yoʻllari takomillashtirildi.

Xavfli oʻsmalarning eksperimental, kimyoviy va radiatsion kanserogenezi masalalari, onkologik kasallarni operatsiya qilib davolash ishlari yoʻlga qoʻyiladi. Onkologiya markazida oʻsmani ultratovush, elektr magnit maydoni (SVCH, UVCH), lazer nuri va fizik omillar yordamida mahalliy hamda umumiy giperterapiya usullarini qoʻllagan holda kompleks davolashning yangi usullari ishlab chiqildi.

Onkologiya fani hoz. 3 yoʻnalishda rivojlantirilmokda:

1) normal hujayradan rak hujayraga oʻtish mexanizmini fundamental usullar orqali yechish;

2) aholi oʻrtasida ushbu kasallikka mo-yil boʻlgan va klinik belgilari yuzaga chikmagan kishilarda raknn immunologik usullar bilan aniklash;

3) xavfli oʻsmalarni immunologik usullar bilan davolashni takomillashtirish.

Xavfli oʻsma koʻpincha oʻlim bilan tugaydi. Shuning uchun deyarli hamma mamlakatlarda unga qarshi kurash olib boriladi. Bu ishga Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Xalqaro rakka qarshi kurash ittifoqi va agentligi rahbarlik qiladi.

Hoz. Oʻzbekistonning yirik shahar va qishloqlarida Onkologiya dispanserlari va markazlari faoliyat koʻrsatmoqda. OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligi Onkologiya markazi, respublika va shahar onkologiya dispanseri, shuningdek, tibbiyot intlarining Onkologiya kafedralarida Onkologiyaning eng dolzarb masalalari ustida i. t. ishlari olib boriladi.

Narimon Murodxoʻjayev.


Lotin alifbosida maqola: ONKOLOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
TIBBIYOT
XITOY
FRANSIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты