OOLITLAR

OOLITLAR (yun. oon — tuxum va lithos — tosh) — temir, marganesning yumaloq va ellips shaklidagi oksid va silikat birikmalari. Oolitlar tarkibida, odatda, kalsit, dolomit, aragonit, rodoxrozit, leptoxlorit va b. minerallar ham boʻladi. Mayda (mikroskopik) zarra holidan noʻxat kattaligigacha oʻlchamda uchraydi. Oolitlarning 2—5 mm kattalikdagilari pizol itlar deb ataladi. Oolitlarning markaziy qismiga, koʻpincha, mayda qum zarralari yoki hayvon chigʻanoklari joylanib, ularning atrofida qat-qat Oolitlar toʻplangan boʻladi. Oolitlar okean, dengiz va kaynar buloklar tubida vujudga keladi. Rossiyada (Ural va Kerch ya. o.) temirli Oolitlar (temir rudasi xili) konlari bor. Oʻzbekistonda temirli Oolitlar paleogen gil qatlamlarida topilgan.


Lotin alifbosida maqola: OOLITLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OKEAN
YER
ROSSIYA
MINERAL
TINCH OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты