NOVOKAIN BLOKADASI — periferik nerv sistemasi elementlariga novokain eritmasi (0,25% li) taʼsir ettirib davolash usuli. Novokainning nerv hujayrasiga ogʻriqsizlantiradigan va xiyol qoʻzgʻatadigan taʼsir koʻrsatish xususiyatiga asoslangan. A. V. Vishnevskiy taklif etgan (1929). Normal sharoitda va turli patologik holatlarda nerv sistemasinpng organizmda mod-dalar almashinuvi hamda hujayra va toʻqimalar hayot faoliyatini muntazam tartibga solib turuvchi taʼsiri Novokain blokadasi usuliga asos qilib olingan. Novokain blokadasi nint bir necha turi bor. Suyak singanida, turli jarohatlarda Novokain blokadasi ogʻriqsizlantirishning eng samarali usuli hisoblanadi. Bel, boʻyin, dumgʻaza blokadasi, shuningdek, gʻilof (oyoq-qoʻllarga) va qisqa blokada (patologik oʻchoqqa yaqin nervlarga) qoʻllanadi. Bunda novokain qovurgʻalararo nerv tolayaariga taʼsir etib, ogʻriq impulslari oʻtishini toʻxtatadi. Suyak singanda, baʼzi bir tomir va nerv kasalliklarida oyoq-qoʻl suyagi yaqinida joylashgan nervlarga (gʻilof blokada), qovurgʻalar singanda, koʻkrak qafasi jarohatlanganda boʻyindan oʻtadigan nervlarga, bachadon yalligʻlanganda esa dumgʻaza suyagidan oʻtadigan nervlarga, shuningdek, nevralgiya, mialgiya, miozitparla shpris bilan novokain eritmasi yubo-rib blokada qilinadi.