ORGANIK MODDA

ORGANIK MODDA — 1) kimyoda – organik birikma, yaʼni uglerodning boshqa elementlar bilan birikishidan hosil boʻlgan birikma;

2) geologiyada — tabiiy organik birikmalarning murakkab aralashmasi; tuproq, dengiz va koʻl choʻkindilari, choʻkindi togʻ jinslari, shuningdek, yer usti va yer osti suvlari tarkibida bir oz miqdorda boʻladi. Organik moddaning bosh manbai, asosan, oʻsimliklardir. Organik moddaning gumus, sapropel va liptobolit xillari bor. Choʻkindi jinslarda oʻrta hisobda 15—20 kg/m3 chamasida boʻladi. Kumir va yonuvchi slaneslarning asosiy massasini tashkil etadi; neft va yonuvchi gazlarning manbai deb hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: ORGANIK MODDA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
NEFT
YER OSTI SUVLARI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты