NON SANOATI

NON SANOATI — oziq-ovqat sanoati tarmogʻi. Nonning turli navlarini, buxanka, bulka va teshikkulcha, par-hez, diabetik va shifobaxsh non turlarini i. ch. ga ixtisoslashgan. Oʻzbekis-tonda novvoylik kadimiy tarixga va boy anʼanalarga ega.

Non deyarli har bir oilada tayyorla-nishiga qaramay shaharlar va yirik qishloqlarda yirik novvoyxonalar aholining yopilgan nonga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlashda muhim mavqeda turgan. Novvoylik kasbhunarning bir turi sifatida rivojlangan. 1929-y. da Samarqand va Toshkent sh. da dastlabki non pishiradigan sanoat korxonalari qurilgach, novvoychilik ozik,-ovqat sanoati tarmogʻiga aylandi. Keyingi yillarda Qoʻqon (1930), Qarshi (1936), Termiz (1940), Buxoro (1946), Urganch (1955), Namangan (1961) kabi yirik shahar xamda shaharcha, tuman markazlari, yirik qishloqlarda non z-dlari, novvoyxonalar qurildi. Oʻzbekistonda Non sanoati yevropacha non xillarini ishlab chiqaradigan non z-dlari va novvoyxonalarni qurish yoʻnalishida rivojlandi. 1960—85 y. larda Toshkent, Jizzax, Nukus, Angren kabi shaharlarda katta (100 t/sutka) va oʻrta (30 t/sutka) quvvatga ega boʻlgan 15 ta non z-di kurilib ishga tushirildi. Non sanoati korxonalarida milliy nonlarni sanoat usulida i. ch. imkoniyatini beradigan pechlar (Bruver-Salixov, Danko-Semyonov pechlari) oʻrnatildi. Toshkent, Samarqand va Fargʻona sh. laridagi non pishirish korxonalari tubdan qayta qurildi. Zamonaviy xamir tayyorlov agregatlarining oʻrnatilishi, uzluksiz xamir taqsimlovchi tizimlar, un va yordamchi mahsulotlarni (tuz, xa-mirturush suti, shakar, yogʻ) idishsiz saqlash qurilmalarining barpo etilishi Non sanoatining rivojlanishiga yordam berdi. Shuningdek, obi non ishlab chikaruvchi sexlar yiriklashtirilib, savdo doʻkonlariga ega boʻlgan yangi sexlar qurildi. 1986-y. non korxonalarining umumiy quvvati 1886,7 t/sutka non mahsulotlarini tashkil etdi (milliy nonlar hissasi 18% boʻldi). 1987-y. non korxonalari respublika Oziq-ovqat sanoati vazirligidan Don mahsulotlari vazirligi tasarrufiga oʻtkazilgach, firma doʻkonlariga ega boʻlgan kichik novvoyxonalar tizimini tashkil etishga ustuvor ahamiyat berildi. Non sanoati korxonalarida non, non-bulka, makaron va qandolatchilik mah-sulotlari ishlab chikarila boshladi. 1988-y. da mamlakatda 29 ta yirik non z-dlari ishladi.

Respublika mustaqillikka erishganidan soʻng, ayniqsa, shahar aholisini non bilan barqaror taʼminlash maq-sadida Non sanoati korxonalarini zamonaviy uskunalar bilan qayta jihozlash, non turlarini koʻpaytirish yoʻnalishlarida muhim ishlar amalga oshirildi. Daha va guzarlarda kichik non korxonalari ishga tushirildi. 1995-y. da «Oʻzdonmahsulot» davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi tarkibida 4 non i. ch. birlashmasi (Toshkent, Yangiyoʻl, Fargʻona, Qarshi), 21 non z-di ishladi va bir sutkada 1300 t dan ziyod non mah-sulotlari ishlab chiqarildi. «Oʻzdonmahsulot» tizimida har biri sutkada 3 t dan 120 t gacha non i. ch. quvvatiga ega boʻlgan 200 dan ortiq non z-dlari va kichik novvoyxonalar faoliyat koʻrsatadi (2003). Ularda dunyodagi eng ilgʻor «Vinkler» (Germaniya) va «Ekmasan» (Turkiya) kabi firmalarning zamonaviy jihozlari oʻrnatilgan. Hoz. «Tansiq non» (Toshkent), «Buxoro non», «Samarqand non», «Nukus non», «Rizq» (Andijon), «Qarshi non» aksiyadorlik jamiyatlari tizimdagi yirik non z-dlari hisoblanadi. Non i. ch. korxonalari faqatgina yirik shaharlarda emas, balki qishloq joylarida ham rivojlangan. Ayni paytda «Oʻzbekbirlashuv» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida 844 ta non i. ch. sexlari, 3 mingga yakin tandir (novvoyxona) va kichik korxonalar bor. Ular tomonidan bir yilda 160 ming t non mahsulotlari tayyorlandi (2002). Oʻzbekiston N. s. korxonalarida 300 xildan koʻproq non ishlab chiqariladi.

Jahonda Italiya, Germaniya, Tur-kiya, AQSH, Xitoy va b. mamlakatlarda Non sanoati rivojlangan. Kishi boshiga oʻrtacha yillik non isteʼmol qilish koʻrsat-kichlari Italiya, Daniya, Germaniyada 70—82 kg ni, Buyuk Britaniya va Fran-siyada 42—45 kg ni tashkil etadi (2002). Gʻofir Mirzayev.


Lotin alifbosida maqola: NON SANOATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
FRANSIYA
XITOY
SAMARQAND


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты