NORIN

NORIN — Oʻzbekiston va Qirgʻizistondagi daryo. Markaziy Tyanshandan boshlanadi. Uz. 807 km, havzasining mayd. 59,9 ming km2. Daryo Norin sh. dan 44 km sharkda Katta Norin va Kichik Norin daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Norin sh. dan 21 km oqib oʻtgach, unga oʻng tomondan Oʻnarcha daryosi, soʻngra Soʻnkoʻldan chiqib keladigan Koʻkjerti daryosi quyiladi. Shundan soʻng, eng yirik chap irmoqlaridan Otboshi daryosi, undan nariroqsa Olabugʻa daryosi kelib quyiladi. Toʻgʻuztoʻroʻ soyligiga oqib chiqqach, Norin da-ryosiga chap tomondan ancha yirik Koʻkiy-rim daryosi, 32 km oqib borgach, Koʻkoʻme-ren daryosi qoʻshiladi. Uzunaxmat va Qo-rasuv daryolari qoʻshilgach, daryo Fargona vodiysiga chiqadi. Shu yerdan boshlab uning suvi qisman sugʻorishga olinadi. Namangan sh. yaqinidagi Baliqchi qishlogʻi yonida Norin Qoradaryo bilan qoʻshilib Sirda-ryoni hosil qiladi. Norin yuqori oqimida keng vodiyda, Axala daryosining quyilish joyiga qadar chuqur va tor vodiyda juda tez oqadi. Norin sh. dan boshlab daryo vodiysida ikki yoqlama qayir hosil boʻlgan. Uzunaxmat daryosi quyilish joyiga yaqin daryo vodiysi tobora tora-yib, qoyali daraga aylanadi va Uchqoʻr-gʻon sh. dan oʻtgach, kengayib, konussimon yoyilmadan oka boshlaydi. Norinning oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi (Norin sh. yaqinida) 87,5 m3/sek, oʻrtacha oqim moduli 8,24 m3/sek. Daryosining eng katta maksimal suv sarfi 1936-y. 20-mayda 772 m3/sek, minimal oʻrtacha oylik suv sarfi 10,2 m3/sek. (1938-y. yanv.) boʻlgan. Norin qor-muzlik suvlaridan toʻyinadi. Katta Fargona, Katta Andijon, Shim. Fargʻona, Katta Namangan kanallari shu daryodan suv oladi. Norin juda katta energiya zaxiralariga ega. Daryoda Uch-qoʻrgon GES, Toʻqtaqul GES qurilgan. Norin boʻyida Norin, Toshkoʻmir, Uchqoʻr-gʻon sh. lari joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: NORIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
SIRDARYO
NAMANGAN VILOYATI
YER
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты