OROL DENGIZI — Oʻrta Osiyodagi eng katta berk shoʻr koʻl. Maʼmuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan koʻproq jan.-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston), shim.-sharqiy qismi Qozogʻiston hududida joylashgan. Oʻtgan asrning 60-y. larigacha Orol dengizi maydoni orollari bilan oʻrtacha 68,0 ming km2 ni tashkil etgan. Kattaligi jihatidan dunyoda toʻrtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqori koʻl va Afrikadagi Viktoriya koʻlidan keyin), Yevrosiyo materigida (Kaspiydan keyin) ikkinchi oʻrinda edi. Dengiz shim.-sharkdan jan.-gʻarbga choʻzilgan, uz. 428 km, eng keng joyi 235 km (45° sh. k.) boʻlgan. Havzasining mayd. 690 ming km2, suvining hajmi 1000 km3, oʻrtacha chuq. 16,5 m atrofida oʻzgarib turgan. Havzasining kattaligi uchun dengiz deb atalgan. Orol dengizi yuqori pliotsenda Yer poʻstining egilgan yeridagi botiqda hosil boʻlgan. Tubining relyefi (gʻarbiy qismini qisobga olmaganda) tekis. Orol dengizida juda koʻp yarim orol va qoʻltiqlar boʻlgan. Shim. qirgʻoklarida eng katta qoʻltiqlaridan Chernishev, Paskevich, Sarichigʻanoq, Perovskiy, jan.-sharqiy va sharqiy qirgʻoqlarida Tushbas, Ashshibas, Oqsagʻa, Suluv va b., Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladigan joylarida Ajiboy, Tolliq, Jiltirbas qoʻltiklari, Qulonli va Moʻynoq yirik yarim orollari boʻlgan. Orol dengizida qadimdan suv sathi goh koʻtarilib, goh pasayib turgan. Keyingi geologik davrda Sariqamish va Oʻzboʻy orqali Orol dengizi suvi vaqt-vaqti bilan Kaspiyga quyilgan, suv sathi ancha baland boʻlib, jan. vajan.-sharqidagi bir necha ming km2-maydonli sohil suv ostida boʻlgan. Orol dengizi unchalik chuqur emas. Chuqur joylari gʻarbiy qismida. Qoraqalpogʻiston Ustyurta yonida chuq. 69 m gacha yetgan.
Koʻlning sayoz joylari uning jan., jan.-sharqiy va sharqiy qismlariga toʻgʻri kelgan.
Orol dengizi qirgʻoklarining morfologik tuzilishi juda murakkab. Ular bir-biridan baʼzi xususiyatlari bilan farqlanadi. Shim. qirgʻogʻi baland, ayrim yerlari past, chuqur qoʻltiqlar bor. Sharqiy qirgʻogʻi past; qumli, juda koʻp mayda qoʻltiq va orollar boʻlgan. Jan. qirgʻogʻi Amudaryo deltasidan hosil boʻlgan.
Gʻarbiy qirgʻogʻi kam qirqilgan va Ustyurt chinkidan iborat. Orol dengizida 300 dan ortiq orol boʻlgan. Ularning 80% dengizning jan.-sharqiy qismida. Eng kattalari Koʻkorol (273 km2), Vozrojdeniye (216 km2) va Borsakelmas (133 km2) edi. Dengizga Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladi. 60-y. largacha yiliga Amudaryo Orol dengiziga 38,6 km3, Sirdaryo esa 14,5 km3 suv olib borgan. Suv balansida yogʻinlar ham muhim oʻrin egallagan. Dengiz akvatoriyasiga yiliga 82—176 mm yogʻin yogʻadi. Atrofdan dengizga yiliga 5,5 km3 yer osti suvlari qoʻshilib turgan.
Dengiz choʻl zonasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m qalinlikdagi suv bugʻlanadi. Bu esa keyingi davrda dengizga daryolar olib kelgan suv, yogʻin va yer osti suvlaridan ortikdir. Shuning uchun iklimiy oʻzgarishlar natijasida Orol dengizi suvining sat-hi yillar davomida oʻzgarib turgan. Mas, 1785-y. dan dengizda suv sathi koʻtarila boshlagan boʻlsa, 1825-y. dan pasaygan, 1835—50 y. larda yana koʻtarilgan, 1862-y. kamaygan. Koʻkorol 1880-y. da yarim orolga aylanib qolgan. 1881-y. suv sathi pasaygan. 1885-y. dan Orol dengizida suv sathi yana koʻtarila boshlagan. 1899-y. ga kelib Koʻkorol ya. o. orol boʻlib qolgan. 1919-y. dengiz mayd. 67300 km2, suv mikdori 1087 km3 boʻlgan boʻlsa, 1935-y. ga kelib mayd. 69670 km2, suvning mikdori 1153 km3 ga koʻpaydi. Keyingi bir yarim asr mobaynida dengiz suvi sathi ancha oʻzgargan.
Orol dengizida suv sathining yil davomida oʻzgarib turishi Amudaryo va Sirdaryoning bahor-yoz paytlarida toshishi bilan bogʻliq. Bahorgi yomgʻirdan ham dengiz sathi koʻtariladi. Suvi sathining yil davomida oʻzgarish amplitudasi urtacha 25 sm ga teng boʻlgan. Suvining shoʻrligi oʻrtacha 10 — 11 %«. Suvdagi tuzlarning koʻp qismini osh tuzi va sulfatli magniy tuzi tashkil etgan. Kimyoviy tarkibiga koʻra, suvi Kaspiy dengizi suviga oʻxshash. Orol dengizi suvining tarkibidagi tuz 11 mlrd. t ga yaqin deb baholangan. Bu tuzlar sanoat ahamiyatiga ega. Dengiz suvi, ayniqsa, markaziy qismida juda tiniq. Suvi, xususan, qishda tiniq boʻladi. Yoz oylarida ham 24 m chuqurlikkacha dengizning tubi koʻrinadi. Suvining rangi koʻpgina qismida koʻk, qirgʻoklariga yaqini koʻkimtir tusda. Amudaryo bilan Sirdaryoning quyilish joyida suvi loyqa. Dengiz dek. oʻrtalaridan mart oxirigacha muzlaydi. Yozda suvning yuqori qismidagi t-rasi 27° ga yetadi. Chuqurlik ortishi bilan t-ra tez pasayadi. Yozda 1 m chuqurlikda t-ra 8°ga oʻzgaradi. Dengiz ustida havoning urtacha t-rasi yozda 24—26°, qishda —7°, — 13,5°. O. d. sazan, choʻrtan, soʻvʼyan, sudak, oqchavoq, laqqa, taran (leshch), pilmay Orol dengizining kosmosdan olingan surati (2002-y.).
Dengizda navigatsiya mavsumi 7 oy davom etgan. Aralsk va Moʻynoqkabi yirik portlari faoliyat koʻrsatgan. Orol dengizi atrofida aholi kam boʻlgan. Aholi, aso-san, baliqchilik bilan va, qisman, chor-vachilik, ondatra urchitish va sabzavot-polizchilik bilan shugʻullangan. Oʻtgan asrning 90-y. larigacha dengizdan baliqovlangan. Aralsk va Moʻynoq sh. lari va bu shaharlar atrofida koʻp sonli baliq ovlash xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatgan, Amudaryo deltasida, Avan posyolkasida (Koʻkorol o.), Bugun po-syolkasida (sharqiy sohil), Uyali va Uzunqir orollarida baliq tuzlash z-dlari ishlab turgan.
Orol dengizini birinchi marta A. I. Butakov 1848—49 y. larda tadqiq etgan va xaritaga tushirgan.
Orol dengizi suvining sathi Amudaryo va Sirdaryo suvining rejimi bilan bogʻlikligidan, bu ikki dare suvi sugorishga qancha koʻp sarflansa, dengizda suv shuncha kamaya borgan. Ayniqsa, oʻtgan asrning 60-y. laridan sugʻoriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi na-tijasida dengizga Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv mikdori yildanyilga kamaya bordi. Oqibatda dengizda suv sathi jadal surʼatlarda pasaya boshladi.
Orol dengizida suv sathi pasayishining uning suv yuzasi va suv sigʻimiga taʼsiri Orol dengizida suv sathining pasayishi suv balansi elementlarining qiymatlariga ham keskin taʼsir koʻrsatdi: 1911—60 y. larda dengiz sathi oʻrtacha 53,04 m ni tashkil etib (Boltik, sistemasida), daryolar dengizga quyadigan suv mikdori 56 km3, dengiz yuzasiga yogʻgan atmosfera yogʻinlari mikdori esa 9,1 km3 ga teng boʻlgan. Sarflanish, yaʼni chiqim esa, asosan, bugʻlanishdan iborat boʻlib, shu davrda oʻrtacha 66,1 km3 ni tashkil etgan. Shu davr ichida suv balansida salbiy farq qayd etilgan: dengiz har yili 1 km3 dan, 1911—60 y. lar davomida 50 km3 hajmdagi suvni yoʻqotgan.
Hoz. kunda Orol dengizi 3 boʻlakka boʻlingan: birinchisi — kichik va sayoz shim. qismi (shoʻrligi — 8—13g/l); ikkinchisi — nisbatan kattaroq maydonga ega boʻlgan va sayoz sharqiy qismi (shoʻrligi — 69 — 72 g/l); uchinchisi — eng chuqur hisoblangan gʻarbiy qismi (shoʻrligi — 68-69 g/l).
Ad.: Berg L. S, Aralskoye more, SPB,1908; Shuls V. L., Mashrapov R., Oʻrta Osiyo gidrografiyasi, T., 1969; Rafikov A. A.,Tetyu yan G. F., Snijeniye urovnya Aralskogo morya i izmeneniye prirodnыx usloviy nizovyev Amudari , T., 1981; Glazove kiy A. F., Aralskiy krizis, M., 1990; Akramov 3., Rafikov A. A., Proshloye, nastoyaщyee i buduщyee Aralskogo morya, T., 1990; Xikmatov B. F., Izucheniye dinamiki elementov vodnogo balansa i mineralizatsii Aralskogomorya, Dissertatsiya na soiskaniye akademicheskoy stepeni magistra gidrologii, T., 2003.
Fazliddin Hikmatov Dauletboy Aytboyev.