NOTA YOZUVI

NOTA YOZUVI, notatsiya — musiqa tovushlarining balandligi, uzunligi va b. xususiyatlarini ifodalovchi belgi (nota)lardan iborat yozuv usuli; musiqa asarining yozuv ifodasi. Nota yozuvi qadimdan turli xalqlar musiqa amaliyoti va ilmiy izlanishlarning mah-suli sifatida yuzaga kelgan (Qad. Misr, Bobil, Qad. Xitoy va b.). N. yo. ning bizgacha yetib kelgan dastlabki namunalari mil. av. 3-a. da Yunonistonda paydo boʻlib, harflar b-n ifodalanganligi uchun harfli Nota yozuvi deyilgan. Bunday Nota yozuvining maʼlum turini Oʻrta Osiyoda Forobiy ishlab chiqqan. Harfli Nota yozuvi tovushlar balandligi va parda tuzil-malarini aniqlashga yordam bergan. Nota yozuvining mukammalashishida koʻp mamlakatlarda yuzaga kelgan turli tabulaturalar muhim rol oʻynagan. Oʻrta Osiyoda Safiuddin al-Urmaviy (13-a.) tomonidan ud cholgʻu asbobi pardalariga moʻljallab yaratgan 2 xil tabulaturalar maʼlum boʻlgan. Ular jadval shak-lida boʻlib, tovushlar balandligi turli xarflar b-n, davomiyligi esa ra-qamlar (yoki nuqtalar) yordamida ifodalangan. 19a. oxirida Xorazmda «tanbur chizigʻi» deb nomlangan tabulatura shaklidagi Nota yozuvi joriy etilgan. Oʻrta asrlarda Yevropa cherkov vokal musiqasida nevma (matn soʻzlari ustiga koʻyilgan ohang yoʻnalishini koʻrsatuvchi maxsus belgi) larga asoslangan Nota yozuvi keng tarqaldi. Tovush balandligini aniqroq koʻrsatish uchun bu belgilar gorizontal chiziqlarga yozila boshlagan. 11-a. da Gvido dʻAresso mazkur Nota yozuvi turini takomillashtirib 4 chizikli Nota yozuvini kashf qilgan. 16-a. oxiridan gomofoniya uslubida generalbas usuli joriy etilgan. Unda bas ovozi tovushlari tagida yozilgan raqamlar muayyan akkordlarni ifodalagan. Hoz. Nota yozuvi 5 ta gorizontal chiziklar (nota yoʻli)ga (ularning orasiga, yuqorisi yoki pastiga) yoziladigan notalardan tashkil topgan. Notalar to-vushlarning uzun-qisqaligiga qarab oval shaklidagi boʻsh va qora doiracha (boshcha)lardan iborat boʻlib, ulardan dumli yoki dumsiz (yuqoriga yoki past-ga) chiziqchalar tortilib yoziladi. Notalar nomi 7 ta boʻlib, ular muayyan kalitlaritsa turlicha yoziladi. Yana q. Alteratsiya, Dinamika, Pauza.

Ad.: Akbarov Il., Muzika savodi, T., 1953; Rajabov I., Makrmlar masalayeiga doyr, T., 1963.


Lotin alifbosida maqola: NOTA YOZUVI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
MISR
YOZUV
MUSIQA
FOROBIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты