NOSHIRLIK, nashriyot ishi — nashriyotlar tashkil etish, kitoblar, gazeta, jurnallar, tasviriy sanʼat asarlari va b. bosma mahsulotlarini tayyorlash, nashr qilish va uni tarqatishga oid soha. Nashriyotlar chiqaradigan mahsulotining turiga qarab — kitob nashriyoti, kitob-jur. nashriyoti, gazetajur. nashriyoti va b., qanday oʻquvchilarga moʻljallanganligiga koʻra — ilmiy adabiyot, ommaviy adabiyot, bolalar adabiyoti, oʻsmirlar adabiyoti nashriyotlari va h. k. ga boʻlinadi; mavzusiga koʻra — universal va muayyan sohaga ixtisoslashgan nashriyotlar bor. Universal nashriyotlar (Mas, «Uzbekiston» nashriyoti) barcha xil yoki koʻp turdagi, ixtisoslashgan nashriyotlar (Ibn Sino nomidagi nashriyot va b.) muayyan soha boʻyicha kitoblar nashr etadi.
Kitobchilik ishi kitob bosish paydo boʻlishidan bir necha ming yillar oldin mavjud boʻlgan. Xususan, Oʻrta Osi-yoda mil. av. asrlardayoq kitobchilik ishlari b-n shugʻullanganlar. Bu yerda arablar istilosiga kadar anchagina nodir kitoblar yaratilgan (q. Kitob). Arab xalifaligi davrida ham bu ish taraqqiy etdi. Tarixchi, xushnavis, qogʻozchi, muqovasoz, bezovchi (lovah) va sh. k. kasb egalari yetishdi. Tarixchiyozuvchilar asarlarini ilgarigidek oʻzlari koʻchirib oʻtirmasdan bu ishni ulardan tez va yaxshiroq bajara oladigan mutaxassislarga topshiradigan boʻldilar. Km-toblarni, asosan, qoʻlda maxsus xushnavislar koʻchirib koʻpaytirganlar. Shu tariqa xattotlik sanʼati (kalligrafiya) yuzaga keldi va takomillashib bordi. Kitob betlarini turli oʻlchamdagi kataklarga boʻlish, sahifalarning chetlariga rang-barang chiziqlar, naqshlar chizish, kitob nomini muqovasiga va zarvaraqlariga oltin hal bilan yozish kitob bezagining odatdagi us-lubiga aylandi. Ahmad Fargʻoniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy va b. ning asarlari faqat mazmun jihatidan emas, kitobat sanʼati bilan xam nodir qisoblanadi. Ularning koʻplari jahondagi yirik kutubxonalarda qimmatli yodgorliklar sifatida saqlanadi.
Oʻrta Osiyoning moʻgʻullar tomonidan bosib olinishi (13-a. ning 1-yarmi) butun madaniy qayotda boʻlgani kabi kitob yaratish va tarkatish ishlarini ancha sustlashtirdi. Temuriylar hukm-ronligi davrida u yana kjealdi. Ayniq-sa, Shohrux, Ulugʻbek davrida adabiy faoliyatda, xususan, kitobchilik ishlarida katta oʻzgarishlar roʻy berdi. Shohruxning oʻgʻli Boysungʻur tashabbusi bilan Hirotda katta bir kutubxona-ustaxona tashkil etilib, unga uz dav-rining mashhur kotiblari, mukrvasozlari, rassomnaqqoshlari va b. kitob-soz mutaxassislar jalb etilgan. Ularga zarur kitoblarni koʻchirib yozish va koʻpaytirish vazifasi yuklangan edi. Ustaxonada har bir qoʻlyozma kitob bir necha mutaxassis qoʻlidan oʻtardi. Alisher Navoiy oʻzbek xalqi maʼnaviy xa-zinasini boyitgan asarlar yozish bilan birgalikda badiiy qoʻlyozma sanʼatini yanada rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi. 15-a. va 16-a. ning 1-yarmidagi badiiy qoʻlyozma sanʼatining uslub va anʼanalari keyingi yillardagi kalligrafiya sanʼatining asosini tashkil etdi. Minglab xattotlar shu davrning ustalaridan namuna oldilar, ularga ergashdilar (yana q. Kitobat sanʼati).
Nashriyot bosma mahsulotlari chiqaradigan korxona, muassasa sifatida Yevropada 16-a. da paydo boʻldi. Bosmaxonalarning yiriklashishi, ayrim kitoblar nashri ustida uzok, muddat ishlash, i. ch. ni texnika va mablag bilan taʼminlash, kitob savdosini tashkil etish zaruriyati maxsus kasb egalari — matbaachinoshirlar paydo boʻlishini taqozo qildi. 19-a. ga qadar nashriyotlar kitobchilik ishining barcha jarayonlari (tahririy ish, bosmaxona, reklama tarkatish va b.)ni oʻz ichiga olgan. 19-a. oʻrtalarida poligrafiya sanoati oʻsib, yangi, kuchli texnika bazasining vujudga kelishi bilan Noshirlikda nashriyot va poligrafiya korxonalarining ixtisoslashish jarayoni boshlandi. 19a. oxiri — 20-a. boshlarida nashriyotlar yalpisiga aksi-yadorlik jamiyatlari kabi tashkilotlarga aylandi, keyinroq kitob va gazeta-jur. nashriyotlari trestlari vujudga keldi. Rossiyada ham Noshirlik bilan shugʻullana-digan bir qancha firmalar boʻlgan.
19-a. ning 2-yarmida Rossiyaning chek-ka oʻlkalarida, jumladan, Turkistonda ham Noshirlik yuzaga kela boshladi. Turkis-tonda kitob nashr etish bilan dastlab podsho Rossiyasi statistika qoʻmitalari shugʻullandi. Bu qoʻmitalar Turkiston oʻlkasiga oid turli maʼlumotlar-ni, keyinchalik turkistonshunos rus olimlarining ilmiy ishlarini nashr qildirgan. 1868-y. dan 1910-y. gacha Tur-kistonda nashr etilgan kitoblarning asosiy qismini ruscha kitoblar tashkil etgan. Turkistonda kitoblar nashr etishda Toshkentdagi O. A. Porsev, V. M. Ilin, Samarqanddagi G. I. Demurov bosmaxonalari mashhur boʻlgan. 1910—17 y. larda oʻzbekcha nashr qilingan kitoblarning koʻplari shu bosmaxonalardan chiqqan. 1874-y. Xivada Muhammad Rahimxon II (Feruz) tomonidan tashkil etilgan bosmaxona to 1910-y. ga qadar kitob nashr etgan. Oʻlka aholisi oʻrtasida nodir qoʻlyozma asarlarni koʻplab nusxalarda nashr etib tarqatishda, ayniqsa, Toshkentda «Gʻulomiya», Namanganda «Isxrqiya» nomi bilan maʼlum boʻlgan bosmaxonalar muhim rol oʻynagan. «Gʻulomiya»ning tashkilotchisi Gʻulom Hasan Orifjonov oʻz faoliyatining dastlabki yillarida oʻrtaosiyolik buyuk mutafakkirlarning mashhur asarlarini nashr etishga eʼti-bor bergan. «Isʼhoqiya» bosmaxonasida uning tashkilotchisi maʼrifatparvar va rus tilining ilk targʻibotchilaridan Isʼhoqxon toʻra Junaydullo Eshonov koʻpgina asarlarni nashr etgan.
20-a. ning 10-y. larida Turkistonda kitob nashr ettirish va omma oʻrtasida tarqatish ishlari bilan shugʻullanuvchi shirkatlar, birlashmalar, firmalar paydo boʻldi. «Russkaya okraina», «Turkestanskoye tovariщyestvo pechatnogo dela», «Madaniyat», «Maktab», «Turkiston kutubxonasi» N. shirkatlari shular jumlasidandir. Bu shirkatlarga mahal-liy axrlining badavlat va maʼrifatparvar kishilari, jadidlar, shuningdek, ilgʻor kayfiyatdagi rus kishilari, tatar ziyolilari uyushgan edi.
Okt. toʻntarishidan soʻng bosmaxonalar musodara qilinib, davlat ixtiyoriga oʻtkazildi. 1918-y. Turkiston MIKhuzu-rida Milliy ishlar xalq komissariya-tida va Matbuot byurosida nashriyot boʻlimlari tuzilib, mahalliy tilda siyosiy adabiyotlar nashr etila boshladi. Turkiston ASSR Maorif xalq ko-missarligining nashriyot boʻlimi darsliklar chiqarishga harakat qildi. Shu davrda boshqa turli idoralar xam oz miqdorda bosma mahsulotlar chiqarardi. Kitoblar Turkiston matbuot mar-kaziy boshqarmasi («Turksentropechat») tomonidan bepul tarqatilardi. 1920-y. martda Turkiston MIK Turkiston davlat nashriyoti (Turkdavnashr) taʼsis etish haqida qaror qabul qildi. Bu Oʻrta Osiyodagi ilk kitob nashriyoti boʻlib, unga oʻlkadagi barcha nashr ishlarini birlashtirish, qogʻoz taqsimoti va bosmaxona jihozlarini nazorat etib, rahbarlik qilish vazi-falari yuklandi. Fuqarolar urushi ta-mom boʻlib, harbiy intervensiya tugatilgandan keyin barcha nashr ishlari yangi iqtisodiy siyosatga muvofiq qay-ta qurildi. XKS ning 1921-y. 28 noyab,dagi qarori bilan nashrlar pulli boʻlib, kitob savdosi joriy qilindi. Nashriyot va poligrafiya korxonalari xoʻjalik xisobiga oʻtdi. 1923-y. da Turkdavnashr Oʻrta Osiyo nashriyoti deb atala boshladi. Bu nashriyot 1921-y. dan 1924-y. gacha 1184 nomda 3 mln. dan ortiq nusxada kitob nashr etdi. Turkistonda nashriyot ishini yoʻlga qoʻyishda I. I. Geyer, Gʻulom Hasan Orifjonov, Isʼhoqjon Ibrat, Abdurahmon Sayyoh So-diqov, Mahmudxoʻja Behbudiy, Munav-varqori Abdurashidxonov va b. salmoqli hissa qoʻshdilar.
Oʻrta Osiyoda milliy-davlat chegaralanishidan soʻng (1925) Oʻrta Osiyo davlat nashriyoti negizida Oʻzbekiston davlat nashriyoti — Oʻzdavnashr (hoz. «Uzbekistan» nashriyoti) tashkil topdi. 1925-y. Oʻzbekistonda 334 nomda 1,5 mln. dan ortiq tirajda kitob nashr etildi.
30-y. lar nashriyot ishida keskin bu-rilish davri boʻldi. Nashriyotlar mah-sulotlarining gʻoyaviysiyosiy yoʻnalishda partiyaviylik hukmronligi mus-tahkamlandi. Marksizm-leninizm asarlarini oʻzbek tilida chiqarish maqsadida Oʻzbekiston K. P MK huzurida Partiya nashriyoti (Oʻzpartnashr) tashkil etildi. 30-y. larning 2-yarmida tegishli xalq komissarlari va tashkilotlarining ixtisoslashgan tarmoq nashriyotlari barpo etildi.
2-jahon urushi yillarida nashriyotlar front va mamlakat ichkarisidagi eqtiyojga muvofiq qayta qurildi. Uzbe-kistondagi 8 mustaqil nashriyot Oʻzdavnashrga birlashtirilib, matbaa korxonalari ham uning ixtiyoriga berildi. Ayrim muassasalarga qarashli nashriyotlar yopildi. Kitoblar nashri keskin qisqardi.
Urushdan keyingi yillar ixtisoslashgan nashriyotlarni tiklashga harakat qilindi. 1950-y. «Oʻquvpeddavnashr» (xrz. «Oʻqituvchi» nashriyoti) tiklandi; 1957-y. Adabiyot va sanʼat nashriyoti; 1959-y. Meditsina nashriyoti; 1960-y. «Yosh gvardiya», 1964-y. Nukusda «Qoraqalpogʻiston» nashriyoti, 1968-y. da Toshkentda Oʻzbek sovet ensiklopediyasi Bosh tahririyati ochildi. Nashriyot ishlariga rahbarlikni yaxshilash maqsadida 1963-y. Oʻzbekiston Ministrlar Soveta huzuridagi mat-buot komiteti tashkil etildi (1978-y. dan Oʻzbekiston Nashriyot, poligrafiya va kitob savdosi ishlari davlat komi-teti, keyinchalik Davlat matbuot qoʻmi-tasi). Nashriyotlar mahsulotlari kommunistik mafkuraga xizmat qilishga qaratildi. Shu maqsadda juda koʻp nomda va nusxada marksizm-leninizm asarlari, ijtimoiysiyosiy adabiyotlar nashr etildi. Ayni vaqtda Alisher Navoiyning 15 jildli asarlari, Hamza, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qaxdor, Komil Yashin, Mirtemir kabi yozuvchilarning saylanma asarlari, jahon mumtoz adabiyoti namunalari chiqarildi.
Lekin, sovetlar tuzumida Uzbekistondagi nashriyotlarning moddiy-texnika bazasi rivojlangan mamlakatlar da-rajasidan ancha orqada edi. Aksariyat bosmaxonalarda hamon qoʻlyozmalar qoʻrgʻoshin bilan quyuladigan harflarda te-rilardi. Bosish usullari ham eskicha. Shu sababli bosilgan kitoblarning matbaa ijrosi sifatsiz edi. Nashriyotlarda muxarrirlar «siyosiy xatolar» oʻtkazib yubormaslik uchun muk tushib qoʻlyozmakorrekturalarni qayta-qayta oʻqishar-di, ayniqsa, diniy, tarixiy adabiyotlarga «ehtiyot» boʻlishardi. Mana shu ehtiyotkorlik tufayli Oʻzbekiston FA «Fan» nashriyotida nashr etilgan Alisher Navoiyning akademik nashridan (15 jildli) «ilohiy» va b. mazmundagi sheʼrlar olib tashlandi va h. k. Nashriyotlarning yillik rejalari markazdan qatʼiy nazorat qilinardi. Ijtimoiy fanlardan mahalliy mualliflar darsliklar yozishlariga imkon qadar yoʻl berilmasdi. Markazda nashr etilgan darsliklar, asosan, tarjima qilinardi.
20-a. ning 50-y. lardan keyingi davrlarida Oʻzbekistonda nashriyot ishini, matbaachilikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishda Jalolxon Azizxonov, Fayzulla Yunusov, Vohid Valiyev, Toʻlqin Rustamov, Abdulla Urazayev, Aziz Klebleyev, Vali Rahim, Fayzulla Ergʻoziyev, Meli Joʻra, Yunus Yusupov, Nasrullo Oxundiy, Adham Akbarov, Ziyod Yesenboyev, Abduvosiq Abdu-valiyev, Islom Shogʻulomov va b. ning xizmati kattadir.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Noshirlikda keskin oʻzgarish boʻldi. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasining «Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida» qonuni (1996-y. 30 avg.) huquqiy asos boʻldi. Mazkur qonun asosida noshirlar oʻz faoliyatlarida, shu jumladan, noshirlik yoʻnalishini, mavzularini, ixtisoslashuvini, chiqariladigan mahsulot nusxasini belgilashda, muallifni tanlashda mustaqil faoliyat yuritadigan boʻldi. Yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtganidan va litsenziya olganidan keyin Noshirlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlishdi. Nashrga tayyorlangan qoʻlyozmalar va materiallarni senzuradan oʻtkazish bekor qilindi. Matbaa mahsulotini shartnoma asosida tarqatish joriy etildi. Nashriyotlar bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, xaridorgir kitoblar nashr etishga harakat qila boshladilar. Kitob mahsulotlari mazmun-mundarijasini belgilashda ularga toʻla erkinlik berildi. Oʻzbek tiliga davlat maqomi berilishi munosabati bilan oʻzbek tilidagi kitoblar salmogʻi oshdi. Amir Temur mavzui, buyuk mutafakkirlar, diniy, milliy kadriyatlar bilan bogʻliq oʻnlab kitoblar chiqarildi. Bolalar adabiyoti, ilmiy adabiyotlar nashriga, istiklol, milliy tafakkur gʻoyalari singdirilgan, sharqona odob-axloq, birodarlik, milliy gʻururni koʻtarishga undaydigan adabi-yotlarga, maktab darsliklari nashriga alohida eʼtibor berildi. «Oʻzbekiston» nashriyotida UzR Prezidenti I. A. Kari-movning iqtisodiy islohotlar, ularni amalga oshirish yullari, mamlakat ijtimoiy va maʼnaviy hayotni soglomlashtirish, milliy qadriyatlarni tiklash, anʼanalarni boyitish va sh. k. ga ba-gʻishlangan dasturilamal kitoblari nashr etildi (yana q. Kitob).
Kitob va b. bosma maxsulotlar nashr etishda nashriyot muallif bilan tegishli shartnoma — nashriyot shartnomasini tuzadi. Unda muallif kitob qoʻlyozmasini maʼlum muddatda topshirish majburiyatini, nashriyot esa uni nashr etish, tarqatish (ayrim hollarda bu majburiyatni olmaydi) va muallifga tegishli haq (gonorar) toʻlash majbu-riyatini oladi. Shartnomada kitobning adadi, chop etish muddati va b. majbu-riyatlar ham koʻrsatiladi.
Nashriyot faoliyati markazida muharrirlmk turadi. Muharrir nashriyot chiqarmoqchi boʻlgan kitob qoʻlyozmasini da-stlab oʻqib chiqib, oʻz xulosasini bera-di: tahrir uchun qabul qiladi; kamchiliklarini koʻrsatib qoʻlyozmani qayta ishlashga muallifga qaytaradi yoki umuman taxrirga noloyiq topadi. Muharrir koʻlyozmani taxrir qilishda ijtimoiysiyosiy, ilmiy va adabiy nuqtayi nazardan yondashadi. Bunday yondashuv undan muallifning individual uslubini sakdagan holda kitobning mazmuni va shak-lini takomillashtirishga qaratilgan muayyan bilim va ijodiy jarayonni talab qiladi. Nashriyot musahhihi imlo va b. grammatik xatolarni tuzatadi. Muharrir taxrir qilingan qoʻlyozmani matbaaga topshirishdan oldin nashriyot rassomi (badiiy muharrir) bilan kitobning badiiy bezagi ustida ish olib boradi. Ayni vaqtda texnik muxarrir bilan birgalikda tegishli shriftlar belgilanadi, bezaklar joylashtiriladi, qoʻlyozma yoki terilgan matn sahifalanadi va h. k. Nashriyotda tayyorlangan qoʻlyozma nashriyot (buyurtmachi) va bosmaxona (buyurt-mani bajaruvchi) oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida chop etish uchun mat-baaga topshiriladi.
Oʻzbekiston Noshirlik ishiga rahbarlik qilib kelgan OʻzR Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni takomillashtirish toʻgʻrisida»gi farmoni (2002-y. 3 iyul)ga binoan, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi etib qayta tash-kil etildi. Agentlik zimmasiga, bosh-qa vazifalar qatori, noshirlik ishlari va matbaachilikni keng miqyosda rivojlantirishga koʻmaklashish, amaldagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, noshirlik-matbaachilik faoliyatining i. ch.-texnika bazasini rivojlantirish va yangilash, standartlashtirish hamda serti-fikatsiyalash sohasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish topshirildi. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi boshqaruvining tashki-liy tuzilmasida quyidagi nashriyotlar kirgan: «Oʻzbekiston», «Oʻqituvchi», «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, «Choʻlpon», «Mehnat», Gʻafur Gʻulom nomidagi nashri-yot-matbaa ijodiy uyi, «Ijod dunyosi» nashriyot uyi, Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Ibn Sino nomidagi nashriyot, «Oʻzblanknashr». Bulardan tashqari, «Shark» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining «Yangi asr avlodi» nashriyot-matbaa markazi, Oʻzbekiston FA ning «Fan» nashriyoti, OʻzR Adliya vazirligining «Adolat» nashriyoti, Oʻzbekiston Respublikasi «Maʼnaviyat va maʼrifat» kengashining «Maʼnaviyat» nashriyoti, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining «Movarounnahr» nashriyoti, Oʻzbekiston Respublikasi Preziden-ti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining «Akademiya» nashriyoti, OʻzMU, Toshkent Islom un-ti va b. yirik oliy oʻquv yurtlarining na-shriyotlari faoliyat koʻrsatadi, shuningdek, xususiy, viloyat^ nashriyotlari ham Noshirlik bilan shugʻullanadi. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligida jami 58 nashriyot, 800 dan ziyod yirik va kichik bosmaxona roʻyxatdan oʻtgan (2003). Nashriyotlar kitoblari, asosan, Toshkent matbaa k-ti, Rangli bosma f-kasi, 1-Toshkent bosmaxonasi, Toshkent kitob-jurnal f-kasi, «Tezkor» bosmaxonasi, Yangiyoʻl kitob f-kasi, «Rastr» qoʻshma korxonasida, «Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosmaxonasida bosiladi. Nashriyotchilar va matbaachilar oʻz soxalariga zamonaviy noshirchilik, bosma usullar, yangi texnika joriy qilib bormoqdalar. Bosmaxonalar keyingi davrda texnologik jihatdan qay-ta qurildi. Korxonalar va tashkilotlar Germaniya, AQSH, Shvetsiya, Shveysariya, Buyuk Britaniya kabi matbaa sanoati ta-raqqiy etgan mamlakatlar bilan amaliy aloqalar oʻrnatishgan. Oʻzbekistonda 2002-y. jami 969 nomda 16,5 mln. nusxa kitob chiqarildi. 2002— 2003 oʻquv yilida jami 519 nomda 31,0 mln. nusxada maktab darsliklari chop etildi. Oʻzbekistonda Noshirlikka doyr masalalar, asosan, «Oʻzbekiston matbuoti» jur. da yoritiladi.
/Id.: Meli Joʻra, Noshirnoma, T., 1979; Abduvaliyev V., Nurli manzil, T., 1995; Shogʻulomov I., Saodat manzillari, T., 1996.
Murodjon Aminov, Oʻtkir Zokirov.