ORTOPEDIYA

ORTOPEDIYA (orto… va lot. paideia — parvarish qilish) — tibbiyotning bir sohasi. Tugʻma nuqsonlar, shikastlar va turli kasalliklar oqibatida tayanch harakat aʼzolari shakli va funksiyasining buzilishini aniklash, davolash va oldini olish yoʻllarini oʻrganadi. Hoz. Ortopediya faniga fransuz vrachi N. Andri (1658—1742) asos solgan. Ortopediya uzoqtarixga ega. Umurtqa pogʻonasining qiysha-yishi, maymoik, son suyagining boʻksa boʻgʻimidan chiqishi, singan va chiqqan suyaklarni solish va toʻgʻrilash usullari Gippokrat asarlaridayoq mufassal bayon etilgan edi.

Kdd. zamon vrachlari Asklepiy, Galen va b. xam Ortopediyaga koʻpgina yangilik kiritdilar. Oʻsha davrda taklif qilingan «lordoz» (umurtqa pogʻonasining oldinga qiyshayishi), «kifoz» (orqaga qiyshayishi), «skolioz» (yonboshga qiyshayishi) kabi terminlar Ortopediyada shu kunga qadar oʻz mohiyatini saqlab qoldi. Oʻrta Osiyo olimlaridan Abu Ali ibn Sino, Abdulqosim Abdurahmon va b. oʻz asarlarida silash usullarini tasvirladilar va singan qoʻl yoki oyoqqa gips bogʻlov qoʻyishni amalda tatbiq etdilar. Fransuz xirurgi A. Pare esa qoʻl yoki oyoq suyaklarining sinishi, chiqishi, umurtqa pogʻonasining qiyshayishi, tugʻma maymoklik va b. ning kelib chiqish sabablarini tasvirladi, turli davo usullarini taklif etdi.

18-a. oxirlarida maxsus ortopedik davolash muassasalari tashkil topdi. Singan qoʻl-oyoq suyagini davolashda Yevropada birinchi marta gips qoʻllanila boshladi. Ortopediyada konservativ davo usullaridan redressatsiya, singan qoʻl-oyoqni choʻzish, gips bogʻlov qoʻyish, silash, davo mashqlari va b. dan ham keng foydalaniladi. Antiseptika, aseptika, narkoz, keyinchalik rentgenografiyaimt rivojlanishi bilan Ortopediyada osteotomiya, osteosintez, artroplastika, muskul paylarini koʻchirib oʻtqazish kabi operativ metodlar ham qoʻllaniladi.

1806-y. da rus xirurgi Ye. O. Muxin xarakat aʼzolari xirurgiyasini tasvirlab berdi. N. I. Pirogov O. sohasida ilmiy asarlar, N. Ellinskiy desmurgiya toʻgʻrisida qoʻllanma, N. I. Studen-skiy «Ortopediya kursi»ni yaratdi va h. k. Rus vrachi I. V. Rkliskiy birinchi bor suyakni pardasi ostidan arralab operatsiya qildi. Bu davrda son va tizza protezlari takomillashtirildi. 19-a. oxirida V. I. Kuzmin singan va bit-magan suyaklarni nikel shtiftlar bilan biriktirish usulini amalda tatbiq etdi. 1900-y. da Peterburg Harbiy-tibbiyot akademiyasida birinchi Ortopediya kafed-rasi va klinikasi tashkil etilib, 1906-y. da in-tga aylantirildi.

Oʻzbekistonda bu soha 20-y. larda rivojlana boshladi. 1926-y. da Oʻrta Osiyo un-tining tibbiyot f-tida suyak sili va ortopediya dotsentlik kursi joriy etilishi, 1930-y. da fizioterapiya in-tida Ortopediya klinikasi ochilishi, uning 1931-y. da Ortopediya, travmatologiya va suyak sili i. t. institutiga aylantirilishi travmatologiya va ortopediya muammolari ustidagi tadqiqot ishlarining rivojlanishiga imkon berdi. 1940-y. in-t ber-kitildi, lekin uning klinikasi Toshkent tibbiyot in-ti tarkibida oʻz faoliyatini davom ettiraveradi.

2-jahon urushi yillarida Oʻzbekistonda koʻplab gospitallar ochildi, yaradorlarni davolash, ularni hayotga, meh-natga qaytarish yoʻlida respublikamiz mutaxassislari prof. O. Sh. Shokirov, prof. N. M. Shomatov va b. katta tajriba orttirdilar. Bu Oʻzbekistonda suyak jarroxligi va protezlash sohalarining rivojlanishiga asos boʻldi.

Urushdan keyingi yillarda i. t. ishlari tobora chuqurlashtirib borildi. Oʻzbek olimlari tomonidan jarohatlarni davolashda suyak plastikasi qilish (N. M. Shomatov), sharq tabobati usullarini qoʻllash (O. Sh. Shokirov) ustida chuqur ilmiy ishlar olib borildi. Shu bilan bir qatorda Oʻzbekiston uchun juda muhim muammo — bolalarda tugʻma majruxliklarning oldini olish va davolash masalasiga katta eʼtibor berildi. N. M. Shomatov boshchiligidagi olimlarning harakatlari natijasida Oʻzbekistonda bolalar or-topediyasi xizmati tashkil topdi.

70—80-y. larda Oʻzbekistonda oʻlka patologiyasi deb hisoblanadigan keng tarqalgan ortopedik kasalliklarni davolash ustida i. t. lar olib borildi. Qoʻl-oyoklarning kuyishdan keyingi shakl oʻzgarishlarini teri plastikasi yordamida davolash (K. X. Tagirov, B. M. Mirazimov, R. F. Bashkinova, S. M. Mannonov), bolalar serebral falaji (B. V. Shavarin), suyak sinishini (Oʻ. S. Islombekov), osteomiyelit kasalligini (Sh. Sh. Hamroyev, Sh. B. Turgʻunov) davolash boʻyicha qilingan ilmiy ishlar mamlakatda travmatologiya va ortopediya fanining rivojlanishida katta rol oʻynadi.

OʻzRda ortopedik kasalliklarni Ilizarov usulida davolash boʻyicha i. t. lar prof. B. M. Mirazimov nomi b-n bogʻliqdir. Hozir Ortopediya masalalari b-n Travmatologiya va ortopediya i. t. instituta, shuningdek, barcha tibbiyot intlaridagi ortopediya va travmatologiya kafedralari shugʻullanadi.

Shahob Hamroyev.


Lotin alifbosida maqola: ORTOPEDIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
TIBBIYOT
UMURTQA POGʻONASINING QIYSHAYISHI
FRANSIYA
BERUNIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты