NUKLONLAR

NUKLONLAR, nukleonlar — atom yadrosini tashkil qiladigan zar-ralar — proton va neytronlarning umumiy nomi. Proton va neytron massasi deyarli birbiriga teng (tr=938,2 MeV va tp=939,5 MeV) boʻlgani, proton va neytron spini boʻlib, oʻzaro kuchli taʼsirlarda bir xil zarradek taʼsirlangani uchun proton va neytron bitta zarra (nuklon)ning ikki elektr xrlati deb qaraladi. Nuklonlar, asosan, uchta kvant soni — barion zaryadi (V=1), ajiblik kvant soni (^=0) va izotopik spin (/ = j) bilan ifodalanadi.

Spinlari biror yoʻnalish boʻyicha joylashgan Nuklonlar oqimi Nuklonlarning qutblangan dastasi deyiladi. Nuklonlarni qutblashning bir necha usuli mavjud. Mas, sekin harakatlanuvchi pro-tonlarning qutblangan dastasini maxsus ion manbai yordamida olish; yadro va elektromagnit sochilish hodisasi nati-jasida nuklonlarni qutblash va h. k.

Nuklonlarning turli xil sochilishi nuklon spinining yoʻnalishiga va taʼsir qiluvchi kuchlarga bogʻliq. Shuning uchun sochilishigacha nishonga tushuvchi qutblanmagan dastani qutblangan va qutblanmagan Nuklonlar oqimidan iborat deyish mumkin. Nishondan sochilgandan keyin esa bu ikki komponentning in-tensivligi birbiridan farq qiladi, demak, Nuklonlarning qutblangan dastasini ajratib olish mumkin boʻladi. Radio-toʻlqinlar zarralarida ham qutblangan dastani hosil qilish mumkin. Bu zar-ralar energiyasi va intensivligi cheklangan (107—10ʻ nuklon/yexter dan kam) boʻlishiga qaramay, tez neytronlar dastasini olishda eng qulay vositadir. Nuklonlarning qutblangan dastasidan koʻpgina tadqiqot ishlarida, yadro kuchlarining oʻzaro taʼsirlashuvchi zarralarning spinlariga bogʻlikligini aniqlashda foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: NUKLONLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MAYDON KVANT NAZARIYASI
FIZIKA
TOSHKENT
ATOM FIZIKASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты